Bandlikni davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish holatining tahlili
Download 455.5 Kb.
|
BANDLIKNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH IQTISODIY MEXANIZMINI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifasi
Kurs ishining maqsadi. “Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo, keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim:
– ochiq iqtisodiyot, sogʻlom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; – iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish; – iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash; – “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; – valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; – iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni roʻyobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashimiz shart. Avvalo, inflyatsiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas. Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur” deb O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining Oliy majlisga murojatnomasida takidlab o‘tdi.1 Kurs ishining vazifasi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tobora bozor munosabatlariga kirib borayotgan sharoitda ishlab chiqarishga ilmiy texnika taraqqiyoti yangiliklarini kiritish strategiyasini tuzib biluvchi, loyihalarni ishlab chiquvchi va ularni taxlil qilishni biluvchi mutaxassislarni tayyorlash muxim axamiyatga ega. “Har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz mas'ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas'uliyat bilan bajarishni ta'minlashdan iborat. Shunday davr keldi. Ana shu talabni, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakat strategiyasi loyihasini keng muhokama qilish davomida kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, 2017 yil uchun mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning o‘n bitta eng muhim ustuvor vazifasini belgilashni taklif etaman” – dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev2. Hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo‘lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. Valyuta siyosati va pul muomalasini tartibga solish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, yangi voqyelikda makroiqtisodiy sohada shakllanayotgan shart-sharoitlar pul-kredit siyosatida ham muhim o‘zgarishlarning amalga oshirilishiga asos bo‘ldi. O‘rta muddatli istiqbolda inflyasiyaning past va barqaror darajasi ta'minlanishi makroiqtisodiy mutanosiblikning muhim omili bo‘lib, mamlakatda ijtimoiy holatni yaxshilash, investitsion faollikni rivojlantirish va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun zaruriy sharoit yaratadi. Ichki narxlar barqarorligini ta'minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz davomiy pul-kredit siyosatining yuritilishi aholi va biznes vakillari daromadlari xarid qobiliyatini saqlab qolish, ularning ishlab chiqarish, investitsiya, jamg‘arish va iste'mol borasida qarorlar qabul qilishlari uchun qulay iqtisodiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Iqtisodiyotda ichki narxlar barqarorligini ta'minlash bilan birga Markaziy bank tomonidan mamlakatimizda bank va to‘lov tizimini rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kelgusida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlab boradi. Ta'kidlash joizki, faqatgina pul-kredit siyosatida amalga oshiriladigan islohotlar iqtisodiy o‘sishning asosiy manbai bo‘la olmaydi. Pul-kredit choralari asosan qisqa muddatli ahamiyat kasb etib, iqtisodiyotdagi yalpi talab va taklif hajmlaridagi qisqa muddatli tebranishlarni yumshatish va ishlab chiqarish tafovutlarini1 qisqartirishga xizmat qiladi.3 Iqtisodiy o‘sishning fundamental asoslarini mustahkamlash, ishlab chiqarish omillari unumdorligini oshirish, energiya iste'molini pasaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiyalash hamda uning tashqi sharoitlarga bog‘liqligini kamaytirish va raqobat muhitini rivojlantirish vazifalari, o‘z navbatida, tizimli tarkibiy islohotlarni va samarali soliq-byudjet siyosatini amalga oshirishni taqozo etadi. Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari Markaziy bank uchun o‘rta muddatli istiqbolda dasturiy hujjat hisoblanadi. Ushbu hujjat orqali Markaziy bank keng jamoatchilikka pul-kredit sohasidagi o‘z maqsadlarini e'lon qiladi. Asosiy yo‘nalishlarda pul-kredit siyosati qaysi tamoyillar va usullar orqali amalga oshirilishi yoritiladi, iqtisodiy rivojlanishning ichki va tashqi sharoitlari hamda inflyasion jarayonlarga baho berilib, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili va prognozlari keltiriladi. O‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini yuritishda inflyasiya darajasini pasaytirib borish bilan birga inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish Markaziy bankning diqqat-e'tiborida bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, Markaziy bank pul-kredit siyosati o‘rta muddatli istiqbolda “o‘tish davridagi” pul-kredit siyosati rejimida amalga oshirib boriladi. Kelgusi davrda pul-kredit siyosati oraliq va operatsion maqsadlarini belgilashda istiqbolga yo‘naltirilgan (forward looking approach) tamoyillarga asoslaniladi. Pul-kredit siyosati instrumentlari faqatgina bozor mexanizmlari asosida takomillashtirilib, ularni qo‘llashda moliyaviy aktivlarning narxiga (prie based approach) ta'sir etish usullaridan foydalaniladi. Download 455.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling