Bank asosiy vositalarining mazmuni va ularning turlari; bank asosiy vositalarining hisobi. Reja: Kirish
Bankda asosiy vositalarning kirimi hamda chiqimi tahlili
Download 92.63 Kb.
|
Bank asosiy vositalar
3. Bankda asosiy vositalarning kirimi hamda chiqimi tahlili.
Pul aktivlari deganda boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag’larini olish huquqi, masalan, bankdagi depozitlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar anglashiladi. Nomoddiy aktivlar — xodimlarni qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, litsenziyalar sotib olish, savdo belgilarini ishlab chiqarish natijasida firma ega bo’ladigan boyliklardir. Qimmatbaho qogozlarga qilinadigan investitsiyalar por-tfel investitsiyalari, fizik aktivlariga qilinadigan investitsiyalar esa real investitsiyalar, deb ataladi. Investitsiyalarning har ikki turi ham korxonalar barqa-ror ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega. Portfelli investitsi-yalar muammolari moliyaviy menejment sohasida chuqur o’rganilishini ta‘kidlagan holda, bu o’quv qo’llanmamizda ko’proq real aktivlarga qilinadigan investitsiyalarga to’xtalamiz. Real aktivlarga qilinayotgan investiyalarni tayerlash va tahlil qilish asosan firmaning maqsadlariga, ya‘ni investi-siya yordamida firma nimaga erishmoqchiligiga bogliq. TTTu nuqtai nazardan investitsiyalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: I. Iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalardan asosiy maqsad usku-nalarini almashtirish, xodimlarning malakasini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini samarali hududlarga ko’chirish asosida firmalarning xarajatlarini kamaytirish uchun sharoit yaratishdan iborat. II. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalashdan maqsad mavjud quv-vatlar xdsobiga oldindan shakllangan bozorlar uchun tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. III. YAngi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish uchunqilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalar ilgariishlab chiqarilmagan tovarlar va ko’rsatilmagan xizmatlarturlarini vujudga keltirish yoki ilgari ishlab chiqarilgantovarlar bilan yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi. IV. Davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarishuchun qilinadigan investitsiyalar. Masalan, ekologiya va mahsu-lot standartlari talablarini bajarish uchun sarflanadigan investitsiyalar. Investitsiyalarni bunday tasniflashda tavak-kalchilik darajasi har xil bo’lishi asos qilib olingan. YUqorida keltirilganlardan birinchi va to’rtinchi tur investitsiyalarida tavakkal xavfi darajasi past, qolgan ikki-'tasida esa yuqori hisoblanadi. Bozorda avval ma‘lum bo’lmagan mahsulotni ishlab chiqarish va yangi bozorlarni egallash uchun investitsiya sarfi katta tavakkalchilikni talab qiladi. SHu sababli ham uchinchi guruh investitsiyalari tavakkal xavfi eng yuqori bo’lgan investitsiyalardir. Ishlab chiqarishni kengaytirishga qilingan investitsiya-larda tavakkal xavfi yangi ishlab chiqarishga qilingan inves-titsiyalarga qaraganda pastroq. Ayni paytda samaradorlikni oshirishga qilinadigan investitsiyalar bozor allaqachon kabul qilgan tovarlarning sifatini oshirish, tannarxini kamayti-rishni ko’zda tutgani uchun ham, ularda tavakkal xavfi daraja-si ikkinchi va uchinchi guruhlar investitsiyalarinikidan ancha past bo’ladi. Xuddi shu kabi davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarishga sarflangan investitsiyalarning tavak-kal xavfi darajasi ancha kichik hisoblanadi. Download 92.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling