Bank asosiy vositalarining mazmuni va ularning turlari; bank asosiy vositalarining hisobi. Reja: Kirish


Download 92.63 Kb.
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi92.63 Kb.
#1478787
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bank asosiy vositalar


Bank asosiy vositalarining mazmuni va ularning turlari; bank asosiy vositalarining hisobi.
Reja:
Kirish.
1.Bank asosiy vositalar tahlilining maqsad va vazifalari.
2.Bank asosiy vositalari tahlilini tashkil etish axborot manbalari hamda meyoriy xuquqiy asoslari.
3 Bankda asosiy vositalarning kirimi hamda chiqimi tahlili.
4. Bankda asosiy vositalarni samaradorligini ko’rsatkichlari tahlili.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank faoliyatining barqarorligi, uning raqobatbardoshliligi va istiqbollari ko‘p jihatdan o‘tgan davrda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlashga bog‘liq. Istiqbolni belgilash tahlilga asoslanmog‘i lozim.
«Bank faoliyati tahlili» fani bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni uzluksiz ravishda o‘rganadi. O‘rganishda ko‘rsatkichlarni guruhlash, taqqoslash, bog‘lash, induksiya, deduksiya, sintez, korreliyatsiya – regrission tahlil kabi usullardan foydalaniladi.
Tahlil natijasida erishilgan yutuqlarning sabablari, faoliyatning samarali va samarasiz qirralari o‘rganiladi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatlari yaratiladi. Tahlil jarayoni faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi, va u bankning likvidliligi, daromadliligini oshirish va mijozlar ishonchini qozonishga asos bo‘ladi.
«Bank faoliyati tahlili» fanidan o‘z va chetdan jalb etilgan mablag‘lari tarkibi tuzilmasi, dinamikasi va ular o‘rtasidagi mutanosibliklar o‘rganiladi.
Bank aktivlari tahlilga keng e’tibor qaratiladi. Asosiy maqsad yuqori foyda olishdan iboratligini inobatga olgan holda bank daromadlari va xarajatlari tarkibini o‘rganadi. Foydani tashkil etish va unga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.
Keyingi yillarda banklar tomonidan to‘lanadigan soliqlarning turlari, ularning faoliyat samaradorligiga ta’siri chuqur talqin qilindi. Banklarning raqobatbardoshligini aniqlashda ularning likvidliligi va to‘lov qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Tahlil davomida banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatiga ta’sir etuv chi omillar to‘liq o‘rganiladi. Har qanday tahlildan maqsad kamchiliklarni aniqlash va ularni tugatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
«Bank faoliyati tahlili» fani «Pul, kredit va banklar», nazariy fanining amaliy davomi bo‘lib, «Bank ishi, «Bank menejmenti va marketingi», «Bank auditi», «Banklarda buxgalteriya hisobi» kabi fanlar bilan uzviy ravishda bog‘liq holda o‘rganiladi.
O‘quv qo‘llanma, «Banklar faoliyati tahlili» jarayonlarini o‘rganishda iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtlari va kollejlar talabalari, qiziquvchi iqtisodchilarga xizmat qiladi. Oliy o‘quv yurtlari talabalari, auditorlar, bank xodimlari va boshqa qiziquvchilar uchun ham foyda keltiradi degan umiddamiz.


Download 92.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling