Bank auditi


-mavzu. Naqd pul va kassa operatsiyalarining auditi


Download 351.87 Kb.
bet15/44
Sana09.01.2022
Hajmi351.87 Kb.
#263535
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Bog'liq
Bank auditi-fayllar.org

3-mavzu. Naqd pul va kassa operatsiyalarining auditi 
 
Reja: 
 
1.  Naqd pul va boyliklarni audit qilish tartibi 
2.  Naqd  pul  va  boyliklarni  saqlash  binolari  va  ularni  qo’riqlanish 
auditi 
3.  Kassa va kassa operatsiyalarini auditi 
 
 
1.  Naqd pul va boyliklarni audit qilish tartibi 
 
Bank  kassalaridagi  mavjud  pul  va  boyliklar  to’satdan,  bir  kunning  o’zida, 
barcha  boyliklar,  ular  bilan  o’tkaziladigan  operatsiyalar,  pul  va  boyliklar  sanash 
chog’ida  but  saqlanishini  to’liq  audit  qilish  imkoniyatini  ta’minlaydigan,  hamda 
boyliklar  yashirilishi,  pul  va  boshqa  boyliklardan  kamomad  borligini  yashirishga 
imkon qoldirmaydigan izchillikda audit qilinadi. 
Audit  qilish  boyliklar  but  saqlanishi  uchun  javobgar  bo’lgan  mansabdor 
shaxslarning  ishtirokida  o’tkazilishi  hamda  bank  muassasalarida  operatsiyalar 
amalga oshirilishining odatdagi maromini buzmasligi kerak. 
Auditdan  o’tkazish  paytida  Yuqori  lavozimdagi  mansabdor  shaxslar  yo’q 
bo’lsa,  bu  holat  dalolatnomada  alohida  qayd  ztiladi,  umumiy  dalolatnoma  audit 
rahbarining, hamda mas’ul rahbarlarning imzolari bilan tasdiqlanadi. 
Audit  qilish  razberi  bank  muassasasiga  kelganidan  aylanma  (operatsiya)  va 
kechki  kassalarda,  qayta  pul  sanash  kassasida  va  kassirlar  bilan  inkassatorlarning 
javobgarligida  bo’lgan  jamiki  naqd  pulni,  zaxira  fondlarida  bo’lgan  pul  bileti  va 
tangalarni, chet el valyutasi va boshqa boyliklarni o’z nazoratiga qabul qiladi. 
Audit qilish rahbari, uni o’tkazishga kirishar ekan, mansabdor shaxslarning 
xuzurida Naqd pul bo’lgan barcha omborlarni uzining lavozimiga doir surg’uchli 
muxr  bilan  muxrlab  chiqadi.  Kassa  tarmogida  joylashgan  boshqa  omborlar  esa 
audit boshlangan payt ularda pul va boyliklar yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun 
ko’zdan kechiriladi. 

Download 351.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling