Bank auditi
-mavzu. Tijorat banklari daromadlari, harajatlari va foydasi auditi
Download 351.87 Kb.
|
Bank auditi-fayllar.org
6-mavzu. Tijorat banklari daromadlari, harajatlari va foydasi auditi
Reja: 1. Bankning daromad va xarajatlarini tekshirish tartibi 2. Bunda oxirgi sanaga bank kunlik balansi olinib, daromad va xarajatlar ahvoli tahlil qilinadi. Bularni ko‘rishda daromad va xarajatlar smetasi tuzilishi va unga amal qilinishi taqqoslangan holda tekshirilib, zaruriy izohlar berib o‘tiladi. Daromadlarning o‘z vaqtida tegishli higobvaraqlarda to‘g‘ri aks ettirilishi, daromad va xarajatlarning har bir moddasining jami daromadlardagi hissasi birma-bir tahlil qilinadi. Bundan tashqari daromad va xarajatlarni o‘tgan davr bilan taqqoslagan holda ham tahlil qilinadi. Bank daromadlarining qonuniyligini tekshirish audit tekshiruvlarinnig asosini tashkil qiladi. Bank daromadlarining har bir hisobi alohida tekshirilib, natijalari hisobotda aks ettirilishi kerak. Daromadlarni foizli va foizsiz qismlarga bo‘lib, ularning hissasi aniqlanib, har biri alohida tekshiriladi. Kreditlar bo‘yicha foizli daromadlarni tekshirishda kreditlar uchui foizlar qayta hisoblanib ko‘riladi. Ularning stavkalari kredit shartnomalari bilan solishtiriladi. Komission daromadlar (debet borot) ham qayta hisoblab chiqiladi (tanlov asosida), ulariing shartnomalar asosida undirilayotganligiga ishonch hosil qilish maqsadida shartnomalarning tuzilishi, ularning shartnomada ko‘rsatilgan foizlar bo‘yicha undirilganligi tekshiriladn. YUqoridagi tartibda bank daromadi barcha moddalarining har biri alohida tekshirilib, hisobotda aks ettiriladi. Bank xarajatlari ham foizli, foizsiz va operatsion xarajatlarga bo‘linib, ularnnng hissasi aniqlanadi va har bir qism bo‘yicha hisobvaraqlar alohida tekshiriladi. Talab qilib olinguncha dspozitlar (50100), jag‘arma depozitlar (50000), muddatln depozitlar (51100) bo‘yacha xarajatlar tuzilgan shartnomalar va foiz stavkalari bilan solishtirilgan holda tanlov asosida qayta hisoblab chiqiladi. Olingan kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar (53100, 53600, 54100 va h.) ham yuqoridagi tartibda shartnomalar asosida tanlov yo‘li bilan qayta hisoblab ko‘riladi. Komission xarajatlar va xizmatlir uchui xarajatlir (55100, 55300, 55800, 55900 va h.) oxirgi sanaga to‘liq talqin qilinib), birlamchi hujjatlar bilan solishtirish yo‘li bilan tekshiriladi. Operatsion xarajatlar ham birlamchi xujjatlar asosida tasdiqlanadi, yani barcha hisobvaraqlar bo‘yicha talqinlar talab qilinib, birlamchi xujjatlar bilan solishtiriladi. Jumladan, 56100 - «Ish xaqi va xodimlarga boshqa xarajatlar» - hisobi bo‘ylcha ish xaqlari shgat jadvali bo‘yicha o‘rnatilishi, ularni hisoblanishi, to‘lanishi, hamda ushlangan soliqlarning va ushlanmalarning to‘g‘riligi tekshiriladi. Xodimlarga qilingan boshqa xarajatlar ham qonuniy berilganligiga hisobotda izoh beriladi. Qolgan barcha operatsion xarajatlarning har biri alohida yuqoridagi tartibda tekshirilib, hisobotda izoh beriladi. Balansdan tashqari hisobvarqlar bo‘yicha operatsiyalarni tekshirish natijalari ham hisobotda o‘z aksini topishi zarur. Bundan tashqari buxgalteriya hisobi va hisoboti amaliyotlarini tekshirishda filial tomonidan soliqlarning hisoblanishi va to‘lanishi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 18 martda 677-son bilan ro‘yxatga olingan Markaziy Bankning 98-V-sonli «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan soliqlarni to‘lash Tartibiga asosan to‘liq qayta hisob-kitob qilib ko‘riladi. Bankning daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarni kamaytirishga bog`liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Odatda, banklar o`z zimmasiga operatsiya xarajatlari, ustama foizlarga ketgan mablag`lar, shuningdek, kredit riski bilan bog`liq bo`lgan yo`qotishlarni qoplash uchun ajratmalarni oladilar. Buxgalteriya hisobi to`g`risidagi qonunga binoan mamlakatimizda hisoblash tamoyiliga asosanib bank daromadlari va xarajatlari hisobga olinadi va hisobda aks ettiriladi. Tijorat banklari buxgalteriya hisobi boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlar buxgalteriya hisobidan farq qiladi. Uni o`zining maxsus hisobvaraqlar rejasi mavjud va bank daromadlari va xarajatlari mana shu hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Respublikamiz yirik tijorat banklarida foizsiz daromadlar hajmidagi salmog`i 50 foizdan yuqori darajani tashkil etmoqda. Jahon banki ekspertlarining fikriga ko`ra, tijorat banklari yalpi daromadining kamida 70 foizi foizli daromadlardan tashkil topishi lozim. 7 Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasida xarajatlar 50000- 56902 hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Dastlab foizli xarajatlar 50100-54904 hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Ularning tarkibi quyidagicha: - talab qilib olinguncha depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar - jamg`arma depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar - muddatli depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar - O`zbekiston Respubikasi hisobvaraqlari bo`yicha foizli xarajatlar - boshqa banklarning hisobvaraqlari bo`yicha foizli xarajatlar - bankning tugallanmagan akseptlari bo`yicha foizli xarajatlar - qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar - uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar - chiqarilgan qimmatli aog`ozlar bo`yicha foizli xarajatlar - qimmatli qog`ozlar bilan oshiriladigan REPO operatsiyalari bo`yicha foizli xarajatlar - boshqa foizli xarajatlar Tijorat banklari daromadlari va xarajatlarini audit qilishda har bir balans moddalari shaxsiy hisobvaraq aylanmalari bilan solishtirib chiqishdan boshlanadi. Auditor bankka kelgach dastlab bank bosh buxgalteridan bankning kunlik balansni so`raydi. Undagi qoldiqlarni birma-bir tekshirib chiqadi. Balans va uning moddalari shaxsiy hisobvaraqlar qoldiqlariga tengligi tekshirilgach, auditor dasturlar tengligini tekshirishni boshlaydi. Hamkorbank filialida IABS dasturi va RS_Bank dasturlari ishlatiladi. Har bir berilgan kredit ikki dasturda ham bir xil kiritilishi va ulardagi qoldiq doimo teng bo`lishi lozim. Auditor har doim dastur bilan ish yuritadi. Uning ishchi dasturi taxminan quyidagicha bo`ladi: 7 Jahon Banki axborotnomasi II bob 7-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling