2. Mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shakllari ham auditorlik risklarning
maqbul to’plamiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ochiq turdagi aktsiyadorlik
jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarinikiga
qaraganda aktsiyadorlarining ishonchini ko’proq qozonganligi bois, auditorlik
riskini pasaytirishi mumkin. Bu ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarida har xil
mulkdorlar mavjudligi bilan izohlanadi. Shuningdek, aktsiyadorlarning manfaatlari
har doim ham bir-birinikiga mos kelavermaydi va shuning uchun ham ular bir-
birlarini nazorat qilib turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |