Bank auditi
-mavzu. Auditorlik risklari va auditorlik xulosalalari
Download 351.87 Kb.
|
Bank auditi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditorlik riski
- 5% deb qabul qilingan.
10-mavzu. Auditorlik risklari va auditorlik xulosalalari
Reja: 1. Auditorlik faoliyati bilan bog’liq risklar 2. Auditorlik xulosalari va ularning turlari 1. Auditorlik faoliyati bilan bog’liq risklar Audit va moliyaga oid ayrim manbalarda «risk» atamasi turlicha tarjima qilib qo’llanilmoqda («tavakkalchilik», «xatarlilik», «xavf- xatar», «tahlika», «g’ov» va h. k. ). Auditorlik faoliyatiga nisbatan bunday tarjimalar «risk» atamasining asl mohiyatini to’liq ochib bermaydi. Bu borada biz professor T. S. Malikov fikriga qo’shilamiz (31. 5-bet). Umuman murakkab ilmiy atamalarni ularning mohiyatini ifodalamaydigan tarjimalar bilan almashtirmasdan, birinchi marta qo’llanilganida izohlagan holda, keyinchalik aslini qo’llash maqsadga muvofiq. №9 - «Muhimlik va auditorlik riski» nomli AFMS ga muvofiq: Auditorlik riski – bu auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha auditorlar tomonidan sub’ektiv aniqlanadigan, moliyaviy hisobotda, uning ishonchliligi tasdiqlanganidan so’ng xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda bunday kamchiliklar haqiqatan ham yo’q bo’lgan-da, unda kamchiliklar mavjud deb tan olinish ehtimolidir. Faraz qilaylik, agar auditor salbiy xulosa bersa yoki xulosa berishdan voz kechsa o’zini xavf-xatar ostiga qo’ymas-ligi mumkin. Ammo bu noto’g’ri fikr, chunonchi, auditor uchun bu holda mijozlarini yo’qotish xavfi vujudga keladi. Bundan tashqari, auditor har qanday, hatto, mijoz-tijorat bank moliyaviy hisobotini to’liq tasdiqlaydigan xulosa berganida ham, u shartnoma majburiyatlari bilan bog’liq xavf-xatarni o’z zimmasiga oladi. Auditorlik faoliyatida uchraydigan bunday xavf-xatarlar yigindisini keyinchalik auditorlik risklarning maqbul to’plami deb atash mumkin. Ma’lumki, har qanday malakali va puxta o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi ham auditorlik riskini to’liq bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun auditorlik amaliyotida uning ( auditorlik riskining) maqbul chegarasi 5% deb qabul qilingan. Ya’ni, auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan yuzta auditorlik xulosasidan beshtasi munozarali masalalar bo’yicha noto’g’ri xulosalar bo’lishi mumkin. Bunday risk ya’ni, 5% miqdorda noto’g’ri xulosa berish ehtimoli auditorlik tashkiloti uchun muhim hisoblanmaydi va uning raqobatbardoshligini pasaytirmaydi. Aksincha, bu ko’rsatkich (5%)ni yanada pasaytirishga urinish behuda kuch va mablag’ sarflashga olib keladi hamda raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Umuman auditorlik riskining maqbul to’plamiga quyidagi shart-sharoitlar asosiy ta’sirini ko’rsatadi. Download 351.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling