Bank faoliyati indd
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
42.y.Bank-faoliyati-tahlili-oquv-qollanma-T.M.Qoraliyev-T.-2016y.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karaliyev T. Bank faoliyati tahlili.
- UDK: 336.71(075) KBK 65.262.1 K24
UDK: 336.71(075)
KBK 65.262.1 K24 UDK: 336.71(075) KBK 65.262.1 K24 Ta q r i z c h i l a r : D.A. Saidov – TMI, «Bank ishi» dots.,i.f.n. M. Raximov – O‘zbekitson Respublikasi Banklar Asostsiatsiyasi qoshi- dagi «Axbor reyting» kompaniyasi bo‘limi boshlig‘i Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi o‘quv metodik birlashmalar faoli- yatini muvo qlashtiruvchi Kengash nashrga tavsiya etgan Karaliyev T. Bank faoliyati tahlili. T.M.Karaliyev va boshqalar. O‘quv qo‘llanma. Moliya instituti. T.: – 2012. – 136 b. ISBN 978-9943-4017-4-7 Ushbu o‘quv qo‘llanma kadrlar tayyorlash ta’lim standartlari bo‘yicha ishlab chiqilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida yaratilgan. O‘quv qo‘llanmada bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarining barcha operatsi- yalarini tahlil qilish asoslari, uning bank faoliyati uchun ahamiyati yoritilgan. Bank- ning resurs to‘plash, ularni joylashtirish jarayonlari tahlili, ushbu jarayonlarga ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi. Shunungdek, bank daromadlari va xarajatlari tarkibi, ularga ta’sir etuvchi omillar tahlili bayon etilgan. O‘quv qo‘llanma iqtisod kollejlarining «Bank ishi» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar va bank ishiga qiziquvchi iqtisodchilar uchun mo‘ljallangan. K24 ISBN 978-9943-4017-4-7 © «Davr nashriyoti», 2012. UDK: 336.71(075) KBK 65.262.1 K24 qo‘llanma. Moliya instituti. T.: «NiSO pOligraf», 2016. – 136 b. 3 KIRISH Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank faoliyatining barqarorligi, uning raqo- batbardoshliligi va istiqbollari ko‘p jihatdan o‘tgan davrda erishilgan nati- jalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlashga bog‘liq. Istiqbolni belgilash tahlilga asoslanmog‘i lozim. «Bank faoliyati tahlili» fani bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon- larni uzluksiz ravishda o‘rganadi. O‘rganishda ko‘rsatkichlarni guruhlash, taqqoslash, bog‘lash, induksiya, deduksiya, sintez, korreliyatsiya – regrission tahlil kabi usullardan foydalaniladi. Tahlil natijasida erishilgan yutuqlarning sabablari, faoliyatning samara- li va samarasiz qirralari o‘rganiladi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni- yatlari yaratiladi. Tahlil jarayoni faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi, va u bankning likvidliligi, daromadliligini oshirish va mijozlar ishon- chini qozonishga asos bo‘ladi. «Bank faoliyati tahlili» fanidan o‘z va chetdan jalb etilgan mablag‘lari tarkibi tuzilmasi, dinamikasi va ular o‘rtasidagi mutanosibliklar o‘rganiladi. Bank aktivlari tahlilga keng e’tibor qaratiladi. Asosiy maqsad yuqori foy- da olishdan iboratligini inobatga olgan holda bank daromadlari va xarajatlari tarkibini o‘rganadi. Foydani tashkil etish va unga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Keyingi yillarda banklar tomonidan to‘lanadigan soliqlarning turlari, ularning faoliyat samaradorligiga ta’siri chuqur talqin qilindi. Banklarning raqobatbardoshligini aniqlashda ularning likvidliligi va to‘lov qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Tahlil davomida banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatiga ta’sir etuv chi omillar to‘liq o‘rganiladi. Har qanday tahlildan maqsad kamchiliklarni aniqlash va ularni tugatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir. «Bank faoliyati tahlili» fani «Pul, kredit va banklar», nazariy fanining amaliy davomi bo‘lib, «Bank ishi, «Bank menejmenti va marketingi», «Bank auditi», «Banklarda buxgalteriya hisobi» kabi fanlar bilan uzviy ravishda bog‘liq holda o‘rganiladi. O‘quv qo‘llanma, «Banklar faoliyati tahlili» jarayonlarini o‘rganishda iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtlari va kollej- lar talabalari, qiziquvchi iqtisodchilarga xizmat qiladi. Oliy o‘quv yurtlari ta- labalari, auditorlar, bank xodimlari va boshqa qiziquvchilar uchun ham foyda keltiradi degan umiddamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling