Bank faoliyati indd
lahzali likvidlilik koyeffi tsiyenti
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
42.y.Bank-faoliyati-tahlili-oquv-qollanma-T.M.Qoraliyev-T.-2016y.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lahzali likvidlik ko‘rsatkichi
lahzali likvidlilik koyeffi tsiyenti likvid shaklidagi balans aktivlari, ya’ni
ekstremal vaziyatlarda tez sotiladiganlari bilan bankning muddatsiz depozit hisobvaraqlari bo‘yicha majburiyatlar summasi orasidagi nisbatni bildiradi, 29 LA N3= _____ (OV) Bunda: LA – bankning pul shaklidagi aktivlari, OV – bankning muddatsiz depozit hisobvaraqlariga doir majburiyatlari. N3 – me’yorining yo‘l qo‘yiladigan eng kam alomati 0,25 qilib belgilan- gan. Mazkur me’yor Markaziy bank tomonidan kunlik balans asosida tezkor (operativ) tarzda nazorat qilib boriladi. Lahzali likvidlik ko‘rsatkichi – iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra ushbu nor- mativ bankning omonatchilar oldidagi majburiyatlarini shu lahzada bajara olish qobilayatini anglatadi. «Joriy likvidlik ko‘rsatkichi» likvid shakldagi bank aktivlarini 30 kun- gacha bo‘lgan muddatda yo‘qlab olingungacha turadigan hisobvaraqlari bo‘yicha majburiyatlari summasi orasidagi nisbatni bildiradi. LA (1) N4= _______ OV (1) Bunda: LA – qaytarish muddati 30 kungacha muddatda berilgan bank- ning likvid aktivlari va kreditlari. OV – qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan yo‘qlab olingungacha tura- digan majburiyatlari. N4 – me’yorining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori 0,3 ga teng. Tajribadan shu narsa ma’lumki, ayrim banklar o‘rtasida yuqori daromad- ni ko‘zlagan holda talab qilib olgunga qadar va qisqa muddatga qo‘yilgan omonatlar hisobidan kredit berish va boshqa aktiv operatsiyalarga uzoq mud- datli tartibda joylashtiradilar. Jalb etilgan mablag‘larning muddati kelgan paytda esa bank omonatchilar oldidagi o‘z majburiyatlarini muddatida baja- rish imkoniga ega bo‘lmaydi. Buning natijasida bank o‘z to‘lov qobiliyatini yo‘qotadi. Bunday holat bankning o‘z faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatibgina qolmasdan, balki omonatchilarning moliyaviy ahvoliga qolaversa, bank ti- zimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bank amaliyotida aktiv va passiv mablag‘larning miqdori va muddatlarini balanslash talablari o‘rnatildi. Bu to‘g‘rida jahon bank tajribasining «bankning oltin qoidasi» deb nomlanuv- chi qoidasi amal qiladi. Unga binoan bankning moliyaviy talablari miqdori va muddati uning majburiyatlari miqdori va muddatlariga muvofi q kelishi shart. N4 – normativining iqtisodiy mazmuni shundan iboratki, qay darajada jami balans aktivlarining likvid qismi talab qilib olingunga qadar bo‘lgan maj buriyatlarni bir vaqtning o‘zida qaytarishi mumkinligidir. Madomiki, 30 bunday muddatli omonatchilar har qanday vaqtda bankdan o‘z omonatlarini talab qilishlari mumkin. Yuqoridagi shartlardan kelib chiqqan holda, mazkur normativ bank to- monidan omonatchilardan jalb qilingan mablag‘lar muddati bilan ularning aktiv operatsiyalarga joylashtirish muddatlariga qat’iy muvofi q kelishini ta- lab etadi. Shuning bilan bir qatorda mazkur me’yorning buzilishi xalq xo‘jaligida bo‘ladigan hisob-kitoblarni sekinlashtirishga olib kelishi mumkin. Quyida biz «A» bank joriy likvidliligini aniqlash maqsadida uning likvid aktivlarini o‘rganamiz. 2.4-jadval «A» bankning joriy likvid aktivlari tarkibi (yil boshiga) Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling