Bank faoliyati indd
Bank aktivlaridan samarali foydalanishning tahlili
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
42.y.Bank-faoliyati-tahlili-oquv-qollanma-T.M.Qoraliyev-T.-2016y.
2.5. Bank aktivlaridan samarali foydalanishning tahlili
Banklar mavjud aktivlaridan samarali foydalanishlari lozim. Bank aktiv- lari turli tuman bo‘lib, ular har xil faoliyatda ishtirok etadilar. Lekin barcha aktivlarning foydalanishini umumiy ko‘rsatkichlar bilan ifodalash mumkin. Tahlildan barcha aktivlarning foydalanishidan tashqari, banklar faoliyatida bir xil foydalanishda bo‘lgan aktivlar guruhini alohida o‘rganish lozim. Bank barcha aktivlarining samarali foydalanishini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichlarga: aktivlarning natijaviyligi (An), aktivlarning daromadlili- gi (Ad), aktivlarning tejamkorligi (At) va aktivlarning foydaliligi (Af) ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin. Bank aktivlarining natijaviyligi (An) deganda, bank faoliyatining asosiysi bo‘lgan kredit aylanmasini aktivlarining o‘rtacha summasiga nisbati tushuni- ladi. Bu ko‘rsatkich bank mavjud aktivlaridan foydalanib, hisobot davrida (oy, kvartal, yil) ularning har bir so‘miga necha so‘mlik kredit aylanmasiga erishdi degan savolga javob beradi. Kredit aylanmasi An = ______________________ ; aktivlar o‘rtacha summasi Bank kredit aylanmasi deganda tahlil qilinayotgan davrda (chorak, 6 oy, 9 oy, bir yil va hokazo) mijozlarga kredit berib, qaytarib olingan summa tushu niladi. 35 Masalan, bank hisobot yilida 126,0 mlrd so‘m kredit berib, qaytarib olgan, aktivlarining o‘rtacha summasi esa 41,0 mlrd so‘m. Bank barcha ak- tivlarining natijaviyligi 126.0 An = _______ = 3,07 bo‘lgan. 41.0 Bank aktivlarining daromadliligi bank kredit va boshqa operatsiyalaridan olingan barcha daromad summalarini, ya’ni hisobot davrida olingan barcha daromad summalarini aktivlarining o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi. barcha daromadlar summasi Ad = _________________________; aktivlar o‘rtacha summasi Bank aktivlari tejamkorligi (At) deganda, bank mavjud aktivlardan foy- dalanish uchun, ularning har bir so‘miga qancha xarajat qilayotgan degan savolga javob beradi. Bu ko‘rsatkich At bankning tahlil qilinayotgan dav- ridagi xarajatlar summasini aktivlar o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi. xarajatlar summasi At = ______________________ ; aktivlar o‘rtacha summasi Aktivlarning foydaliligi (Af) ko‘rsatkichi bank foydasini aktivlarning o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi va bank aktivlaridan foydalanib ularning har bir so‘miga qancha foyda olayapti degan savolga javob beradi. sof foyda summasi Af = ______________________ ; aktivlar o‘rtacha summasi Aynan yuqorida qayd etilgan tartibda bizni qiziqtiradigan alohida olingan aktiv turlari bo‘yicha ham ularning samaradorligini aniqlashimiz mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling