Turizm jahonning yetakchi mamlakatlari iqtisodiyoti asosiy bo`laklaridan biri bo`lib hisoblanadi. Chunki bu iqtisodiyotning asosiy yo’nalishlaridan biri bo`lib yuqori daromad olish imkoniyati yuqori
Download 1.38 Mb.
|
ABDIGANIYEV SHERZOD
KIRISH Turizm jahonning yetakchi mamlakatlari iqtisodiyoti asosiy bo`laklaridan biri bo`lib hisoblanadi. Chunki bu iqtisodiyotning asosiy yo’nalishlaridan biri bo`lib yuqori daromad olish imkoniyati yuqori. Bugungi kunda ko’plab davlatlar e’tiborini turizm sohasiga yo’naltiryapti desak mubolag’a bo’lmaydi. Mamlakatimizda yuz berayotgan bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va globallashuv jarayoni bizlardan yangicha faoliyat olib borish va yangicha fikrlash usullarini talab etmoqda. Bunday sharoitda turizm sohasida ta'lim olayotgan talabalar ko‘p qirrali bilimga, chuqur mulohaza va mushohada asosida faoliyat olib borish uslubiga ega bo‘lishlari lozim. Ayniqsa, mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish yo’nalishi, turizm va xizmat ko’rsatish, texnika va texnologiya kabi o‘ta murakkab va nozik sohada band bo‘lgan vakillari oldiga yuqori talablar qo‘yiladi. O`zbekistonda ham keyingi yillarda turizmni rivojlantirish, shu jumladan mehmonxona sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. O`zbekistonning turistik potensiali juda yaxshi imkoniyatga ega va undan to`gri foydalana bilish ham katta ahamiyatga ega. Bundan kelib chiqib turizmga kadrlar tayyorlash qonuni qabul qilindi va O`zbekistonning 4ta tarixiy shaharlarida shu yunalishlar ochildi. Bizning yo`nalishimiz mexmonxona xo`jaligi bo`lib hisoblanadi. Bu turizmning eng katta bo`lagidan biridir. Mexmonxonalarsiz turizmni tasavvur qilib bo`lmaydi. Mamlatimizda keyingi yillarda nafaqat xorijiy sayyohlar uchun, balki yangi- yangi bino bo`layotgan uzoq masofali yo`llar yoqasida ham bunday mehmonxonalar qurish to`g`risida qonun va qarorlar qabul qilinmoqda. Bu esa mamlakatimizda nafaqat tashqi turizm balki ichki turizmni ham rivojlanishiga olib keladi. Mehmоnхоnаlаr industriyasining rivоjlаnishidа vujudgа kelgаn turli vаzifаlаrning: zаmоnаviy mehmоnхоnаlarni, turistik kоmplekslаrni tаshkil etish, yuqоri dаrаjаdа ulаrdа servis хizmаt ko’rsаtishdа, хоdimlаrgа kаsbiy bilim vа dоimiy uni tаkоminlаshtirish tаlаb etilаdi. Yuqoridagi talablarni bajarish maqsadida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan O`zbekistonda turizm va mehmonxona xo`jaligi yo`nalishlarida mutaxasislar tayyorlash keng yo`lga qo`yildi. Bundan tashqari, “2017-2021 yillarda Buxoro viloyatini turizm salohiyatini yanada rivojlantirish to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chiqdi. Unga ko`ra Buxoro viloyatidagi foydalanilmayotgan turizm resurslaridan oqilona foydalanish va bor potensialni maksimal rivojlantirish aytib o`tilgan. 2019-yil yanvar-dekabrda YaIM o’sish suratiga xizmatlar sohasi ham katta ta’sir ko’rsatdi va bu soha o’tgan yilning yanvar-sentabriga nisbatan 6.1%ga o’sdi. Jami band aholining yarmidan ko’pi ushbu sohada mehnat qilmoqda – deb ta’kidlangan nuqtalaridan ma’lumki, xizmat ko’rsatish sohalaridan biri bo’lgan turizm sohasini rivojlantirishda sifatli xizmat ko’rsatishni amalga oshirish ham nazarda tutilgan. 2020-yilda bu ko’rsatgich ancha tushib ketdi. Hammamizga ma’lum bo’lgan pandemiya sharoiti nafaqat bizning mamlakatda balki butun dunyoda o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi. 2020-yil yakuniga ko’ra YaIM o’sishiga qishloq, o’rmon, va baliqchilik xo’jaligi tarmog’i 0,8 f.p.(2019-yilda – 0,9 f.p.), sanoat tarmog’i 0,2 f.p. (2019-yilda – 1,2 f.p.) va qurilish tarmog’i – 0,5 f.p. (2019-yilda – 1,2 f.p.) ijobiy hissa qo’shdi. Xizmat ko’rsatish sohasi qo’shilgan qiymati o’tgan yilga nisbatan 0,1%ga o’sdi. Shunga qaramay, ushbu soha YaIM o’sishiga detarli ta’sir ko’rsatmadi(2019-yilda – 2,0 f.p.) Xizmat ko’rsatish sohasi respublikamizda iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan tarmog’i bo’lib kelmoqda. Jumladan, savdo xizmatlari 3.9%ga, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar 5.6%ga, tashish va saqlash 3.9%ga, axborot va aloqa 17.0%ga va boshqa xizmatlar 6.4%ga o’sdi(2018). Bizning yo`nalishimizda 3 haftalik amaliyot Universitetimiz tomonidan belgilab berildi. Bu vaqt ichida biz mexmonxona ish jarayonini o`rgandik va kelajakda ish faoliyatini olib borishda shu to`plangan tajribaga suyansak bo`ladi. Men ” SAID MCHJ’’ mehmonxonasida amaliyotimni o`tadim. Men “Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” yo`nalishining I-bosqich talabasiman. 1 yilda olgan nazariy bilimlarimni amaliyotda sinash maqsadida “SAID MCHJ” mehmonxonasida amaliyot o`tadim (05.07.2021 dan 31.07.2021 gacha). Men amaliyot davrida o`rgangan bilim va ko`nikmalarimni quyidagi hisobotimda yozdim. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling