Bank faoliyatini isloh qilish har bir mamlakatning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Birgina O’zbekistonda ham bu masalada qator izlanishlar olib borilmoqda


Download 36.52 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi36.52 Kb.
#1494150
Bog'liq
kamoliddin


Kirish
Bank faoliyatini isloh qilish har bir mamlakatning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Birgina O’zbekistonda ham bu masalada qator izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada 2017-yilda boshlangan bank sektorini isloh qilishning faol bosqichi valyuta bozorini liberallashtirish, bank faoliyatidagi eskirgan cheklovlarni olib tashlash va banklarni ularga xos bo’lmagan funksiyalardan ozod qilish, bankxizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha faol harakatlar boshlandi. Shu yillarda bank faoliyatinging universallashuv darajasi sezilarli darajada oshdi, bank faoliyati universallashtirishning bosh maqsadi, bank faoliyati samaradorligini oshirishga erishishdan iboratdir. Bank faoliyati natijasida olinadigan sof foydaning miqdori oshishini ta’minlash, omonatchilar va kreditorlarning ishonchini qozonish va bank aksionerlariga to‘lanadigan dividentlar miqdorini oshirib borish uchun bank faoliyati domiy va uzluksiz ravishda tahlil qilinishi va universallashtirilishi lozim. Bosh maqsadga erishish uchun bank faoliyatining barcha jihatlari uzluksiz ravishda tahlil etilishi, uning natijalari to‘g‘ri va aniq talqin qilingan holda Bank Boshqaruviga xulosa chiqarish va qaror qabul qilish uchun muntazam ravishda taqdim etib borilmog‘i lozim. Bank strategiyasini belgilash, Bank Boshqaruvi, Kuzatuv kengashi va Aksionerlarning umumiy yig‘ilishi qarorlari ham bank faoliyati tahliliga asoslanadi va ushbu qabul qilingan qarorlar samaradorligini belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyoti davrida banklar iqtisodiyotning qon tomirlari hisoblanar ekan, ular faoliyatini univesallashtirish muhim masalalardan biri bo‘lib qolaveradi. Chunki, banklar iqtisodiyotda kredit munosabatlari va hisob-kitoblarda vositachi vazifasini bajarar ekan, barcha iqtisodiy subyektlarning barqaror faoliyat yuritishi bank tizimining barqarorligi bilan chambarchas ravishda bog‘liq bo‘lib qoladi. Banklar ish yurituvchilar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida ularni doimiy ravishda kredit mablag‘lari bilan ta’minlab turadilar. Bundan tashqari barcha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar banklar orqali amalga oshiriladi.
3
Shunday ekan, iqtisodiy munosabatlarning barqarorligi va samaradorligini bank faoliyatisiz, uning barqaror rivojisiz amalga oshirish mumkin emas. Banklar barqaror va samarali faoliyat yuritmasa uning mijozlari o‘z faoliyatini uzliksizligini ta’minlashning iloji bo‘lmay qoladi. Mijozlar faoliyati ko‘p jihatdan banklarning likvidliligi, to‘lov qobiliyati va samarali faoliyat yuritishga bog’liqdir.
Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini qamrab olgan, 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy – iqtisodiy inqrozining asosiy sabablaridan biri sifatida, – «...banklar likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifl igi bilan bog‘liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag‘larining yetishmasligi bilan izohlanadi»1
Yuqorida bildirilgan fikrlarning barchasi banklar faoliyati bilan butun iqtisodiy jarayonlarning uzluksiz ravishda bog‘liqligini bildiradi.
Bank faoliyatini tahlil etish uchun bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha iqtisodiy jarayonlarni har tomonlama chuqur his etmoq, anglamoq zarur bo‘ladi. Buning uchun esa eng avallo bankning mohiyati, bajaradigan vazifalari, ushbu vazifalarni bajarish asoslari, usullari, xullas, butun bank faoliyatiga tegishli jarayonlarni his etmoq lozim. Bank faoliyatini yuritish uchun lozim bo‘lgan mablag‘lar va ularning manbalari, o‘z mablag‘lari hamda majburiyatlari tarkibi, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash masalalari, ushbu mablag‘larni samarali yo‘naltirish, bankning likvidliligi, to‘lov qobiliyatini ta’minlash asoslari kabilar chuqur o‘rganilmog‘i zarur.
Bank tizimining mohiyati va funksiyalari
Bank ( italyancha “banko” – “stol” ) qadimda asosan savdogarlarning pul bilan bog’liq hisob-kitob ishlarini bajargan. «Bank tizimi» tushunchasi birinchi navbatda «Bank va tizim» kabi tashkiliy tuzilmani tashkil qiluvchi tushunchalarni aniqlashni talab etadi.
Bank nima? - degan savol oldindan qaralganda oddiy hisoblanadi, biroq u oddiy tushunchadan iborat emas. Xalq orasida bank bu - pul ombori degan tushuncha bilan yuradi. Haqiqatda esa bankni bu tushuncha bilan mohiyatini ochib bo'lmaydi va bankning xalq xo'jaligidagi to'liq o'rnini ko'rsatish mumkin emas. Biroq yanada kengroq ma'noda bank mohiyatini bilish uchun bank tushunchasining turli qarashlarini o'rganishni talab qiladi.
O'zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank - tijorat muassasasi bo'lib, jismoniy va huquqiy shaxslaming bo'sh turgan pul mablag'larinijalb qilish va ularni o'z nomidan, to'lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi.
Ba'zi adabiyotlarda «bank - bu korxona», deb ham izoh beriladi. Ma'lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi.
Banklar - tovar-pul xo'jaligining ajralmas atributidir. Tarixan bular yonma-yon rivojlanib kelgan. Shuning uchun qiymatning pul shaklining muomalasining boshlanishi bank ishining boshlanishi deb hisoblash hamda bank faoliyatining rivojlanishidagi yetukligi doimo iqtisodiyotdagi tovar-pul aloqalarining rivojlanish darajasiga mos kelgan.
Banklar-moliyaviy bozorning tashkiliy tuzilishining bir qismi bo'lgan kredit tushkiloti bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo'sh turgan pul mablag'larinijamg'arish, yig'ish, jamlangan (akkumulatsiya qilingan) mablag'larni o'z nomidan qaytarib berishlilik, muddatlilik asosida berish hamda mijozlarning
5
topshirig'iga ko'ra to'lovlarning am alga oshirish vazifalarini bajaradi. Bu «bankning ilk belgilari bo'lib, ular aslida tarixan banklarning shakllanishidagi 3 asosiy yo'nalishni o'zida aks ettiradi. Ma'lum bir shartlar asosida ushbu yo'nalishlarga cherkovlarning o'zlariga topshirilgan pul mablag'larini saqlab berishni ta'minlash faoliyatini, sudxo'rlik kreditlarini, keyinchalik ularning tijorat kreditiga aylanishini, almashtiruv (menyali) «stollarining» idoralarining «hisob-kitob» va valyuta bilan faoliyatlarini mumkin. Haqiqatda esa oxirgi yo'nalish bu
tashkilotlarga nom berish uchun asos bo'lib xizmat qildi.
Ko'pgina mamlakatlarning qonuniy aktlarida (hujjatlarida) «bank» tushunchasi-jamg'armalarni qabul qiluvchi, hisob-kitoblarni amalga oshirish va qisqa muddatli kreditlar beruvchi tashkilotdir. Biroq bankning yagona umumiy qabul qilingan tushunchasi mavjud emas. Masalan, Fransiyada 1984-yildan boshlab kredit tashkilotlari orasida farqlar kiritilgan bo'lib, ular quyidagilardan iboratdir. Kredit tashkilotlari ikki guruhga bo'lingan, birinchi toifa kredit tashkilotlariga talab qilib olguncha depozitlarni va ikki yilgacha muddatli depozitlami qabul qilish huquqiga ega bo'lgan hamda bu huquqdan mahrum kredit tashkilotlaridir.
Buyuk Britaniya hukumati esa 1 979-yildan banklar va boshqa kredit tashkilotlari, hamda «litsenziyali depozit tashkilotlari»ni farqlashga ya'ni ularni o'zaro ajratishga harakat qildilar. Ammo eng avvalidan boshlab institutlarni tasniflashda barcha mumkin bo'lgan cheklashlarni amalga oshirishga harakat qildilar.
1986-yildan esa bu tizimdan haqiqatda voz kechishlariga to'g'ri keldi, chunki bu tizim nafaqat samarasiz, balki kredit tizimi va moliyaviy bozorlar ustidan Markaziy bank nazoratini am alga oshirishda ishonchsiz, asossiz hamda noqulayliklarga olib keldi.
O'zbekistonda tijorat banklarini yaratish va faoliyat ko'rsatishi O'zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelida qabul qilishcha «Banklar va bank faoliyati
6
to'g'risida»gi Qonunga binoan olib boriladi. Ushbu qonunga asosan bank – bu tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuyini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
- yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag'lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;
- to'lovlarni amalga oshirish.
Bankning tarixan aniq paydo bo'lgan sa nasi yo'q. Bank faoliyati unsurlarining u yoki bu miqdorda rivojlanishi Italiyada, Gretsiyada, Misrda va boshqa mamlakatlarda yangi davrga qadar qayd qilingan. Biriamchi banklar tangalarni sotish, sotib olish, almashtirish, muddatli kelguncha majburiyatlarni hisobga olish, mijozlarning mulklarini (moliyasini) boshqarish, kreditlarni berish, ipoteka va lombard operatsiyalarni, dalolatnomalarni tuzish hamda boshqa operatsiyalarni amalga oshirganlar. Keyinchalik esa o'z mijozlarining farmoishiga asosan kreditorlar hisob-kitoblar va boshqa operatsiyalarni amaiga oshirishni boshladilar.
Ishlab chiqarish va muomalaning o'sishi munosabatda barcha mamlakatlarda banklarning ahamiyati ko'tarildi. Yuqorida ko'rib o'tilgan funksiyalarga yangilar, masalan, foiz keltiradigan kapitalni boshqarish funksiyalari qo'shildi.
Shunday qilib banklar - bu kreditning rivojlanishi natijasidir. Shuning uchun kredit bankga nisbatan asos bo'lib hisoblanadi.
Ta'kidlash mumkinki - bank bu kredit ishining shunday rivojlanish bosqichiki, unda kredit, pul va hisob-kitob operatsiyalari majmuasida bir markazda yig'iladi. Umuman olganda yakun qilib aytish mumkinki:
Bank - bu pul mablag'larini jamlash va ularni o'z nomidan qaytarib berishlik, to'lovlilik va muddatlilik asosida tarqatish uchun yaratilgan tashkilotdir.
Banklarning asosiy maqsadi pul rnablag'larini kreditorlardan qarz oluvchilarga va sotuvchilardan xaridorlarga o'tkazishda vositachilik qilishdir.
7
Banklar bilan bir qatorda, bozorlarda pul mablag'larni o'tkazishni boshqa moliyaviy va kredit - moliyaviy tashkilotlar: investitsion fondlar, sug'urta kompaniyalari, brokerIar, demir firmalari va hokazolar bajarilishlari mumkin. Biroq banklar, moliyaviy bozor subyekti sifatida boshqa subyektlardan quyidagi belgiIari bilan ajraIib turadi.
Birinchidan, banklar uehun qarz majburiyatlarining ikki tomonlama almashtirish xarakterli xosdir, ular o’zlarining majburiyatlarini (depozit) shakllantiradilar va jalb qilingan mablag'larni qarz majburiyatlariga, qimmatli qog'ozlarga (boshqalarning ehiqargan qog'ozlariga) joylashtiradi;
lkkinchidan banklar o'zlariga yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qa'tiy belgilangan summa bo'yicha shartsiz majburiyatlarni oladilar.
Ammo shuni nazarda tutish zarurki, bugungi kunda aniq olingan bank tashkiloti amaliyotida barcha sanab o'tilgan bank operatsiyalari amalga oshirilmaydi yoki dejarli mavjud emas.
Banklarning birlamchi asosiy funksiyasi bo’lib, vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini akkumulatsiya qilish, yig’ish funksiyasi hisoblanadi. Banklar nafaqat o'zlarining, balki begonalarning vaqtinchalik bo'sh pul mablag'Iarini yig'adi. Jamlangan pul mablag'lari banklarning o'zlarining is'temoliga emas, balki begonalarning (boshqa) is'temoli uchun foydalaniladi. Jamg'aruvchi (bo'sh pul mablag'i egasi) o'z mablag'larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu
mablag'lardan foydalangani uchun ma'lum foiz hisobida daromad oladi.
Jamlanadigan va qayta taqsimlanadigan mablag'larining mulk huquqi birlamchi kreditor (bank mijozi) da saqlanib qoladi. Bo'sh pul mablag'lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond xalq xo'jaligi tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi.
Banklarning ikkinchi funksiyasi - pul muomalasini tartibga solish funksiyasi.
8
Banklar turli xo'jalik subyektlar orqali o'tadigan to'lov muomalasi (oboroti) ning markazi sifatida chiqadi. Hisob-kitoblar tizimi orqali banklar o'zlarining mijozlariga ayirboshlashni amalga oshirishni, pul mablag'lari va kapitalni aylanishi uchun sharoit yaratib beradi.

9
Bank faoliyati, uning turlari va operatsiayalari


Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning bank tizimi bir yoki ikki pog’onali bo’lishi mumkin.
Bir pog'onali bank tizimi varianti mamlakatda yagona markaziy bank hali mavjud bo'lmasa yoki bitta markaziy bankdan iborat bo'lsagina real (haqiqatda) mavjud bo'lishi mumkin.
Ammo sivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga ikki pog'onali bank tizimi xos. Bunda birinchi pog'ona banklari-bu Markaziy bank, ikkinchi quyi pog'ona esa-tijorat banklari va kredit tashkilotlaridir.
Markaziy bank-bank tizlmi mavjud bo'lgan barcha daviatlar pul-kredit tizimining asosini tashkil qiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi o’rni mamlakatda bozar munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga bog'liq. Bu esa o'z navbatida ikki pog'onali bank tizimining shakllanishiga asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Chunki buning tepasida Markaziy bank bo'ladi.
Ikki pog'onali bank tizimining zarurli bozor munosabatlarining qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablag'laridan erkin foydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pog'ona banklar-tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklar - universal va maxsus banklarga bo'linadi.
Ixtisoslashgan banklar - bu o'z ta'sis qarorlari asosida sanoat yoki qishloq xo'jaligi yoki ko'chmas mulk kabi iqtisodiy faoliyatning muayyan turiga xizmat ko'rsatadigan bank operatsiyalari bo'lgan banklar. Ixtisoslashgan bank o'z faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha talab qilib olinmagan depozitlarni qabul qilishi shart emas. Tijorat banklari o'ta ixtisoslashgan bo'lib, Buyuk Britaniyada bo'lgani kabi, savdo banklari, mustamlaka banklari, kliring banklari, emitent
10
banklari, ishonchli banklar, diskontlar, ish beruvchilar, birja brokerlari va jamg'arma kassalari har biri alohida moliyaviy faoliyat bilan shug'ullanadi va universallik - Germaniyada bo'lgani kabi, bu erda barcha bu faoliyat yirik banklar tomonidan befarqlik bilan amalga oshirildi. Ushbu banklar qishloq xo'jaligi, sanoat, ko'chmas mulk, ipoteka, qishloqni rivojlantirish va shu kabilar kabi muayyan iqtisodiy tarmoqlarni moliyalashtirishga ixtisoslashgan.
Kreditlarning ko'pchiligi nisbatan uzoq muddatlarda berilgan bo'lib, ko'pchilik ixtisoslashgan banklar uzoq muddatli kreditlar uchun resurslardan foydalanadilar, Muayyan iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish bo'yicha ixtisoslashgan banklar, ma'lum faoliyat turlarini moliyalashtirish bo'yicha faoliyat olib boradi, bu yerda sanoat banklari sanoat sektorini moliyalashtirish vazifasini bajaradi, qishloq xo'jaligi banklari, qishloq xo'jaligi sektori banklarini moliyalashtirish va ko'chmas mulk, birinchi navbatda, qurilish sanoatini moliyalashtiradi, uy-joy va kommunal xizmatlar yoki hissa qo'shadi. Ko'pincha iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga erishishga e'tibor qaratiladi va bu asosiy maqsad foyda olish emas, shuning uchun ular ko'p hollarda davlatga tegishli.
1999 yilda Gramm-Lich-Bliley qonuni (GLBA) tijorat banklarining investitsiya bank xizmatlarini taklif qilishiga to'sqinlik qiluvchi cheklovlarni bekor qilgandan so'ng, Amerika Qo'shma Shtatlarida universal banklar keng tarqala boshlangan. Universal banklarning iqtisoslashgan banklardan farqi shuki, iqtisoslashgan banklar o’z hizmatlarini ma’lum bir belgilangan sohada ko’rsatganligi bois, bu bank mijozlari ham yuritadigan faoliyat turi bo’yicha bir-biriga yaqin shaxslar bo’ladi. Bunday holatda aynan bank kredit ajratgan ma’lum bir soha inqirozga yuz tutsa, ushbu bank mijozlarining ko’p qismi olgan omonatlarini o’z vaqtida qaytarib berisholmaydi va bunday holatdan chiqib ketish iqtisoslashgan tijorat banklari uchun qiyinchiliklar tug’diradi. Universal banklar esa bir vaqtning o’zida ko’plab sohalarda hizmat ko’rsatganligi bois, ular ajratgan kreditlar ham turli xil sohadalarda
11
faoliyat yurituvchi shaxslarga beriladi, ya’ni ma’lum bir sarmoya kiritilgan soha inqirozga yuz tutgan chog’da ham bank yuzaga keladigan zararni boshqa sohalardan olinadigan foyda orqali yopib ketishi mumkin. Bir so’z bilan aytganda, banklarni universallashuvi bu banklarga riskni yaxshiroq diversifikatsiya qilishga yordam beradi.

12
Bank faoliyatining zamonaviy tendensiyalari


2008/2009 yilgi moliyaviy inqiroz va yana shu kabi iqtisodiyotning ma’lum sohalarda izdan chiqishi hali bank tizimi mukammal emasligini ko’rsatib berdi. Yetakchi banklar o'zgarishlarni tezlashtirishlari kerakligini tan olishadi - nafaqat raqobat, balki o'sishning yangi yo'llarini topish uchun. Yordam berishni kutadigan kunlar o'tdi. Banklar endi iste'molchilar uchun bir qator interaktiv vositalarni taqdim etmoqda va bu sanoatdagi ajoyib tendensiyalardan biridir. Ba'zi variantlar planshetlar, kompyuterlar va internetdan bepul foydalanishni o'z ichiga oladi. Bir qadam uzoqroqda - interaktiv devor, iste'molchilar xizmat ko'rsatilishini kutayotganda sanoat yangiliklari va voqealari atrofida bosishlari mumkin bo'lgan ulkan sensorli ekran. Bank tizimidagi yangiliklardan biri sifatida shuni aytib o’tish kerakki, navbatda turish bank tajribasining eng yomon qismlaridan biridir. Raqamli navbatni boshqarish tizimi deb nomlanuvchi ajoyib tendentsiya tufayli bu endi yo'q. Ommabop variantlardan biri, QMatic bank mijozlariga filialga kelishidan oldin raqamli navbatga qo'shilish yoki hatto uchrashuvlarni oldindan band qilish imkonini beradi. Ushbu texnologiya filialdagi uzun navbatlarni olib tashlashi va mijozlarning qoniqishini oshirishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, filialga qadam qo'yishdan oldin navbatda turish juda yoqimli. Hozirgi vaqtda bank tizimida yildan-yilga yangi tendensiyalar ishlab chiqilmoqda va banklarda qo’llanilmoqda. Raqamli texnologiyalarning joriy etilishi esa bank sohasida sodir bo’layotgan o’zgarishlarning poydevori bo’lib kelmoqda. Raqamli banking rivojlanishi bilan mijozlar endi istalgan joydan va istalgan vaqtda bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin, bu esa sohani yanada samarali va qulay qiladi. Bularga misol qilib quyidagi bank sohasiga kirib kelgan o’zgarishlarni kiritish mumkin :
Mobil banking
Mobil banking so‘nggi yillarda ommalashdi, mijozlar o‘z smartfonlarida bank operatsiyalarini amalga oshirishni afzal ko‘rmoqda. Mobil banking o'zining qulayligi va foydalanish qulayligi tufayli ko'plab mijozlar uchun mashhur tanlovga
13
aylandi. Statista mobil bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 2024 yilga borib 1,75 mlrd ga yetishini bashorat qilmoqda. Mobil bank xizmatlaridan foydalanishda sust bo‘lgan banklar mobil bank xizmatlari ommalashib borishi sababli mijozlarni yo‘qotish xavfi bor.
Sun'iy intellekt va chatbotlar.
Sun’iy intellekt va chatbotlar mijozlarga shaxsiy bank tajribasini taqdim etish orqali bank sohasini o'zgartirmoqda. Chatbotlar kechayu kunduz yordam ko‘rsatuvchi va mijozlar so‘rovlarini bir zumda hal qiluvchi mijozlarga xizmat ko‘rsatishning muhim qismiga aylandi. Sun'iy intellekt esa mijozlarga transaksiyalar tarixiga asoslangan shaxsiy tavsiyalar va tushunchalarni taqdim etish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt banklarga 24/7 ko’rinishida mijozlarga hizmat ko’rsatish imkonini beradi. PwC hisobotiga ko'ra, 2024 yilga borib bank sohasida sun'iy intellektni qo'llash 16 foizdan 77 foizga ko'tarilishi kutilmoqda.
Ochiq bank
Ochiq bank - bu uchinchi tomon provayderlariga ochiq API orqali mijozlar ma'lumotlariga kirish imkonini beruvchi bank sohasida o'sib borayotgan
tendensiyadir. Bu banklarga fintech firmalari bilan hamkorlik qilish imkonini beradi, bu esa mijozlarga yagona platforma orqali turli moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkonini beradi. Mijozlarga yagona platforma orqali turli xil moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkonini berganligi sababli, ochiq banking bank sohasini o'zgartirish imkoniyatiga ega.
Kriptovalyuta va blokcheyn
Blokcheyn texnologiyasi va kriptovalyuta bank industriyasiga putur yetkazmoqda, bu esa mijozlarga an’anaviy bank xizmatlariga muqobil taklif qilmoqda. Bitcoin, Ethereum va Litecoin kabi markazlashtirilmagan raqamli valyutalar markaziy banklardan mustaqil ravishda ishlaydi. Bundan farqli o'laroq,
14
blokcheyn xavfsiz va shaffof tranzaktsiyalarni ta'minlaydigan taqsimlangan daftar texnologiyasidir. Ushbu texnologiyalar tranzaktsiyalarni tezroq, arzonroq va xavfsizroq qilish orqali bank sohasida inqilob qilish imkoniyatiga ega.
Ovozli banking
Bankning kelajagini shakllantirishi mumkin bo'lgan yana bir tendensiya bu ovozli bankingdir, chunki Amazonning Alexa va Google Assistant kabi ovozli yordamchilari keng tarqalgan. Mijozlar ovozli buyruqlar yordamida bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin, bu esa bank xizmatlarini yanada qulayroq va xavsizroq qiladi.
Kiberxavfsizlik
Raqamli banking mashhurligi oshgani sayin, kiberxavfsizlik yanada muhimroq bo'ladi. Mijozlarning ma'lumotlarini himoya qilish va kiberhujumlarning oldini olish uchun banklar kiberxavfsizlikning ilg'or choralariga sarmoya kiritishlari kerak bo'ladi. Firibgarlikni aniqlash va oldini olish uchun biometrik autentifikatsiya, sun’iy intellekt va mashinani o‘rganish kabi ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi. Banklar, shuningdek, sun’iy intellekt yordamida firibgarlikni aniqlash va oldini olishni avtomatlashtirishi mumkin. Banklar real vaqt rejimida mashinani o‘rganish algoritmlari yordamida firibgarlik faoliyatini aniqlash orqali moliyaviy yo‘qotishlarni kamaytirishi mumkin. Firibgarlikni aniqlashning an'anaviy usullari noto'g'ri ijobiy natijalarni keltirib chiqaradi, ammo sun’iy intellekt ularni kamaytirishi va mijozlar tajribasini yaxshilashi mumkin. Robo-maslahatchilar, mijozlarga investitsiya bo'yicha maslahatlar beradigan kompyuter dasturlari bank ishida sun'iy intellekt yordamida amalga oshirildi. Robo-maslahatchilar mijozning ma'lumotlarini tahlil qilish algoritmlarini qo'llash orqali mijozning xavf-xatarlarga chidamliligi, investitsiya maqsadlari va moliyaviy holatiga asoslangan shaxsiylashtirilgan investitsiya maslahatlarini taqdim etishlari mumkin.

15
O’zbekiston bank tizimining rivojlanishi


Hozir yurtimizda o‘ttizga yaqin bank faoliyat yuritmoqda. Tijorat banklarining to‘qqiz mingdan ziyod filial va mini-banklari mijozlar xizmatida. Banklarning aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi oshib, aholining bank xizmatlari, xususan, omonatlarga bo‘lgan ishonchi, qiziqishi tobora mustahkamlanmoqda. Natijada to‘rt yuzdan ortiq jozibali depozit turlari tatbiq etilib, plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimi izchil rivojlanmoqda.Mamlakatimiz bank tizimidagi bugungi holat, kreditlar ajratish shartlari, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, sohada zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, moliya va boshqa resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi, rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning yetakchi banklari, moliya, investitsiya, sug‘urta institutlari, kredit uyushmalari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston bank tizimining o‘ziga xosligi shunda ham ko‘rinadi, rasman muayyan ixtisosdagi (investitsiya, ipoteka, birja va boshqa) bank sifatida ro‘yxatga olingan ko‘pgina tijorat banklari vujudga kelgan holatga ko‘ra, universal bank sifatida faoliyat yuritishga majbur bo‘lmoqda. Ko‘pincha ular oddiy bank-kredit bitimlarini amalga oshirish bilan kifoyalanmoqdalar. Shu bilan birga qarz mablag‘larini budjetga jalb qilish maqsadida davlat qisqa va o‘rta muddatli obligatsiyalari bilan borgan sari faolroq operatsiyalar o‘tkazishga tortilmoqdalar.
1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o'zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish uslublarini o'zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo'lib bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo'lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to'lov tizimini
16
shakllantirish vazifalari qo'yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi.
1995 yil bank qonunchiligini takomillashti­rish davri bo'lgani bilan ajralib turadi. Tarixiy muhim hujjat — “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asosini boyitdi, balki O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi, alohida maqomi va vakolatlarini, asosiy maqsad-vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi. Shu bilan bir qatorda mazkur yilda aholiga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, kredit va depozit bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Banklarning kapital hajmiga jalb etiladigan aholi jamg'armalari miqdorini cheklovchi qoida bekor qilingach, bank muassasalarining imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi va raqobat kuchaydi. Buning samarasi darhol namoyon bo'ldi. Agar 1994 yil boshida aholi jamg'armalarining 98,5 foizi Jamg'arma banki (hozirgi Xalq banki), 1,5 foizi esa boshqa banklar hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, o'sha yil oxirida boshqa tijorat banklarining hissasi ham ko'payib, bu boradagi ko'rsatkich 12,8 foizga etdi. Bugungi kunga kelib, bu boradagi ko'rsatkich 83,2 foizni tashkil etmoqda
1996-yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi — tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini konkretlashtirdi. Bank tizimiga taalluqli ikki asosiy hujjat — “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlarining ishlab chiqilishida rivojlangan moliya tizimiga ega mamlakatlar tajribasi inobatga olinganini alohida ta'kidlash joiz. Mazkur qonunlar, shuningdek, “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonun nodavlat banklarning xususiy va aktsiyadorlik-tijorat shaklida tashkil etilishiga qulay huquqiy sharoit yaratdi. Bu davrda bank tizimi rivojiga alohida ta'sir etgan
17
ikki omilni ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchisi, olib borilgan islohotlar natijasida 1996 yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar boshqaruv va bank nazoratining to'la huquqli organi bo'ldi. Ikkinchisi, O'zbekiston Respubli­kasi “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi – tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini aniq-puxta belgilab berdi. Unda bank aktivlarini diversifikatsiyalash va xorijiy kapital jalb qilish asosida universal tijorat banklarini shakllantirish printsiplari mustahkamlangan. Mazkur davrda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank sektorini boshqaruvchi va nazorat qiluvchi organ sifatida shakllanish jarayonlari davom etdi. Bank tizimiga taalluqli qonunchilik bazasi sifat jihatidan yangilanib, xalqaro bank amaliyoti bilan muvofiqlashtirildi.
Bank tizimini shakllantirishning keyingi bosqichi 1997-2000 yillarni o‘z ichiga olib, unda banklarni xususiylashtirish va aksiyadorlik - tijorat banklarda boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni kuchaytirish ko‘zda tutiladi. Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 24 apreldagi «Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonning qabul qilinishi bilan yanada faollashadi. Mazkur Farmonga ko‘ra, nizom jamg‘armasida jismoniy shaxslarning ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan holda tijorat banklarini ochish uchun bir qator imtiyozlar belgilangan edi. Natijada so‘nggi yillar ichida xususiy banklarning soni keskin ko‘payib, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsat berilganlari bilan qo‘shib hisoblaganda 20 taga etdi. Hozirgi paytda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklarining deyarli yarmi xususiy banklar hisoblanadi.
O‘zbekiston bank tizimining o‘ziga xosligi shunda ko‘rinadiki, rasman muayyan ixtisosdagi (investitsiya, ipoteka, birja va boshqa) bank sifatida ro‘yxatga olingan ko‘pgina tijorat banklari vujudga kelgan holatga ko‘ra, universal bank sifatida faoliyat yuritishga majbur bo‘lmoqda. Ko‘pincha ular oddiy bank-kredit
18
bitimlarini amalga oshirish bilan kifoyalanmoqdalar. Shu bilan birga qarz mablag‘larini budjetga jalb qilish maqsadida davlat qisqa va o‘rta muddatli obligatsiyalari bilan borgan sari faolroq operatsiyalar o‘tkazishga tortilmoqdalar.

19
Xulosa


Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari o’z raqobatbardoshligini yo’qotmaslik uchun bank hizmatlaridan foydalanayotgan mijozlarga ko’rsatayotgan hizmatlarini takomillashtirib borishi zarur. Qachonki, bank o’z ko’rsatayotgan hizmatlari yetarli darajada yaxshi deb hisoblasa va yangi hizmatlarni ishlab chiqish uchun investitsiya kiritishdan to’xtasa, bu bank faoliyati orqaga qarab ketishining bir belgisi bo’ladi. Chunki hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti rivojlangan yoki endi rivojalanib borayotgan mamlakatlarda ham banklar o’rtasida kuchli raqobat yuzaga kelmoqda. Bu shuni bildiradiki, raqobatda qatnashayotgan har bir bank yaratilayotgan yangiliklardan, texnologiyalardan bexabar bo’lmasligi lozim. Bunday raqobatbardosh sharoitda, iqtisoslashgan banklar qiyinchilikka uchraydi. Ular ma’lum bir sohada hizmat ko’rsatganligi bois, bank risklarini yaxshi diversifikatsiya qilolmaydi va bu shuni bildiradiki, iqtisoslashgan banklar faoliyat ko’rsatayotganay aynan soha iqtisodi yoki siyosiy muommolarga uchrasa, bu iqtisoslashgan bankning inqirozga uchrash ehtimolligi oshib ketadi. Shuning uchun banklarning universallashuvi bu bank risklarini diversifikatsiyalash uchun muhimdir. Qo’shimcha ravishda shuni aytish mumkinki, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt bank faolliyatini universallashtirishning zamonaviy tendensiyalaridir. Bu texnologiyalar orqali bank o’z mijozlariga masofadan turib qulay ravishda hizmat ko’rsata oladi

20
Foydalanilgan adabiyotlar



  • “Xalqaro bank ishi va moliya ; I.R.Toymuhammedov, R.R.Tojiyev, A.A.Azlarova, N.R.Bazarova, N.G’.Sattorova; Toshkent-2021”

  • “Pul, kredit va banklar ; O.Y.Rashidov, I.I.Alimov, I.R.Toymuhammedov, R.R.Tojiyev; Toshkent-2011”

  • “Bank faoliyati tahlili ; T.M.Karaliyev, O.B.Sattorov, I.F.Sayfiddinov; Toshkent-2016”

Online kutubxonalar

  • https://www.wikipedia.org

  • https://www.cambridge.org

  • https://www.cbu.uz

  • https://stat.uz

21


1 I.A.Karimov “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” – T.: <>, 2009. 8-bet

4

Download 36.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling