Bank hisobi tahlili va auditi


Download 18.37 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi18.37 Kb.
#1014074
Bog'liq
qudratov amaliy


Bank hisobi tahlili va auditi

Savollar

1 . Banklarda buxgalteriya hisobi mazmuni va uni tashkil etish ahamiyati
2 . Banklararo hisob kitoblar mazmuni va ularning tashkil etilishi
3 . Bank hisob operatsion apparati tuzilishi

Javoblar



1 . Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish boshqa korxona va tashkilotlamikiga
nisbatan o'zining operativligi bilan ajralib turadi. Chunki ularda soat 16-00 gacha
operatsion kun bo'lib, shu davr mobaynida amalga oshiriladigan operatsiyalar o'sha
kuniyoq mijozlaming analitik hisobidagi shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi va
kundalik balans orqali umumlashtirish usuli bilan nazorat qilib boriladi. Bu pul
mablag' larining saqlanishi, kundalik pul aylanmasi va hisob-kitob kredit munosabatlarining holati, kassa rejasining bajarilishini nazorat qilish imkoniyatini
berish bilan birgalikda, pul muomalasi hamda kredit resurslarining aylanishini
tartibga solishni ta'minlaydi.
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobining qonuniy
va uslubiy asoslari bo'lib, O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi
to'g’risidagi qonuni", «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari», «Buxgalteriya
hisobining xalqaro standartlari» hamda O'zbekiston Respublikasi markaziy banki
tomonidan ishlab chiqarilgan me'yoriy hujjatlari hisoblanadi. Ushbu qonuniy hujjatlar buxgalteriya hisobini yuritishda tartibga soluvchi qonuniy hujjatlar hisoblanadi va mulkchilik shaklidan, ya'ni, qaysi tarmoqqa tegishliligidan hamda katta-kichikligidan qat'iy nazar barcha xo'jalik yurituvchi sub’ektlar uchun amal qilinadi. Shunday qilib, Banklarda buxgalteriya hisobi fanini o‘rganishda uning nazariy asoslarini chuqur o'zlashtirish hamda buxgalteriya hisobi va xisobotlarini tuzishga oid me'yoriy hujjatlami ham bilishni taqazo etadi.
2 . Bankda hisob kitoblar mazmuni deb yani bir kunlik bank oborotida aylanadigan kunlik hisob kitoblar uchun amalga oshiriladi. Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari jalb qilingan va emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi. YUkorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi va qolgan oxirgi ikki shaklida kredit resurslarining ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi. Banklarning o‘z mablag‘lariga — bankning ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fonddar va taqsimlanmagan foydasi kiradi. Banklarning o‘z mablao‘lari ichida asosiy o‘rinni bankning o‘z kapitali egallaydi.Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlangich nuqtasi hisoblanadi. Banklarning tashkil qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham xar hil tashkil topadi.
Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali tashkil topadi. Banklarning ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan chegaralanmaydi. Banklarning barqaror faoliyatini taminlash maqsadida uning minimal miqdori belgilab beriladi.
3 . Banklarda hisob operatsion tuzilishi har qanday yuridik shaxs o’zining faoliyatini amalga oshirishida albatta buxgalteriya hisobini yuritadi. Tijorat banklari ham o’z faoliyatidagi barcha operastiyalarning ma’lumotlarini yig’adi, qayta ishlaydi va umumlashtiradi. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi «Buxgalteriya to’g’risida» gi qonunga ko’ra yuritiladi. Tijorat banklari Markaziy Bankka bo’ysunsa ham, ulardagi hisob yuritish mazkur qonunga ko’ra olib boriladi. Demak, bu hol tijorat banklarining xo’jalik yurituvchi sub’ekt ekanligini ko’rsatadi. Tijorat banklarining mahsuloti qiymat xarakteriga ega va u o’z jalb qilingan to’lov vositalaridan tashkil topadi. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’risida", "Bank va banklar faoliyati to’g’risida"gi qonunlari talablariga muvofiq hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi. Hisobvaraqalar rejasi asosan 6 bo’limdan iborat bo’lib, uning 5 tasi balans ichidagi hisobvaraqalarni olsa, 1 tasi (9-bo’lim) balansdan tashqari hollar uchun xizmat qiladi. Hisobvaraqlar rejasi bank operastiyalarining hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo’llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlarining ro’yxatidan iborat qilib qo’yildi. Bankning buxgalteriya apparati hisob-kitob-pul hujjatlarini rasmiylashtirish, nazorat qilish hamda bank operastiyalarini qayd etish bilan shug’ullanuvchi xodimlarni o’z ichiga oladi. Buxgalteriya apparatiga bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. U bank tizimining bosh buxgalterlari to’g’risidagi Nizom asosida ish olib boradi Banklarda bajariladigan barcha operastiyalarning hisobini olib borish bankning hisob-amaliyot bo’limiga yuklatilgan. Bu bo’lim bankning ish ko’lami va mijozlari soniga hamda bir qator belgilarga qarab, guruhlardan iborat bo’lishi mumkin. Bu guruhda ishlovchilarni ma’sul ijrochilar deb ataladi. Ularga bir necha mijozlar berilgan bo’lib, ularning kassa, kredit va hisob-kitob ishlarini olib borish topshiriladi.
Download 18.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling