Bank hisobi va audit
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarida kredit riskini boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- KREDIT-IQTISOD FAKULTETI “BANK HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI USMONOV FARRUX BOTIR O’G’LI
- BITIRUV MALAKAVIY ISHI
- Bitiruvchi
- MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………...……………….3 1-BOB. BANK RISKLARI VA ULARNING NAZARIY HUQUQIY
- 2-BOB. KREDIT RISKI VA ULARNI BOSHQARISHNING
- 3-BOB. KREDIT RISKINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI…………………………………….…………...…..51
- XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………..………………..….63 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…….……………………66
- Tadqiqot predmeti.
- Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati.
- Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi.
- 1-BOB. BANK RISKLARI VA ULARNING NAZARIY HUQUQIY ASOSLARI 1.1. Risk tushunchasi, uning mohiyati va turlari
1
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI KREDIT-IQTISOD FAKULTETI “BANK HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI USMONOV FARRUX BOTIR O’G’LI “TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKINI BOSHQARISH” 5230700-“Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” Fakultet dekani “Bank hisobi va audit” kafedrasi mudiri _____________ i.f.n. R. Saidov _____________ i.f.n. Z.A.Umarov
“____”__________________2017 yil.
“____”__________________2017 y.
Bitiruvchi: 5230700 -“Bank ishi” - ta’lim yo’nalishi 4 -kurs talabasi Usmonov Farrux Botir o’g’li _____________
Ilmiy rahbar: ________________ k.o’q.Yadgarova. M.L.
TOSHKENT – 2017 2
KIRISH…………………………………………………………...……………….3 1-BOB. BANK RISKLARI VA ULARNING NAZARIY HUQUQIY ASOSLARI…………………………………………………………...6 1.1.
Risk tushunchasi, uning mohiyati va turlari …………………….…...6 1.2.
Kredit riskini boshqarish va uning huquqiy asoslari...……………....16 1–bob bo’yicha xulosa…………………………………..…………..24 2-BOB. KREDIT RISKI VA ULARNI BOSHQARISHNING TAHLILI……………………………………………………………26 2.1.
Kredit riski va uni boshqarishning xalqaro tajribasi ………………..26 2.2.
Kredit riskini boshqarishda tijorat banklari kredit portfeli tahlili.…..34 2.3.
Kredit riskini
boshqarishda tijorat
banklari kredit
portfeli diversifikatsiya darajasi tahlili. ………………….....………………..44
2–bob bo’yicha xulosa……………………………………….....……49 3-BOB. KREDIT RISKINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI…………………………………….…………...…..51 3.1.
Kredit riskini boshqarishdagi muammolar va ularni bartaraf etish…………………. …………………...…………………………51 3.2. Kredit riskini boshqarishni takomillashtirish bo’yicha chora- tadbirlar…………….……..…………………………………………58
3–bob bo’yicha xulosa………………………..…………….………..62 XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………..………………..….63 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…….……………………66 3
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi globallashuv davrida integratsiyalashish jarayonlarining tobora avj olib borayotgani, mamlakatlarning o’zaro iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalardagi munosabatlarining kun sayin rivojlanib borishi, shunigdek, iqtisodiyotni rivojlanishining bir sababchisi sifatida bank tizimini e’tiborsiz qoldira olmaymiz. Bugungi kunda keng qamrovli iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank xizmatlarini sifatli amalga oshirish, shu jumladan asosiy banklarning an’anaviy xizmat turi bo’lmish kredit operatsiyalarining na’munali darajada bo’lishi har bir mamlakat iqtisodiyotida katta va muhim ahamiyatga egadir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida bank tizimini yanada mustahkamlash, likvidligini oshirish, moliyaviy barqarorligini yaxshilash, milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, bank xizmatlarini rivojlantirish, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan. 1
Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda bank tizimlari iqtisodiyotning boshqa tizimlariga nisbatan kuchaytirilgan nazorat va tekshiruv obyektlari hisoblanadi, chunki tijorat banklari o'z mijozlari hisoblangan davlat tashkilotlari, tijorat korxonalari va xususiy shaxslarning manfaatlari himoyalanishi uchun javob beradi. Shu o’rinda, Markaziy bank tijorat banklari tomonidan zamon talablariga javob beradigan kredit operatsiyalarini ta'minlash maqsadida yaqin kelgusidagi istiqbollari va rivojlanish strategiyasini belgilaydi. Kreditlash tizimi sohasidagi bosh maqsad, bankning kredit riskini samarali boshqarish orqali mijozlarga yuqori darajada xizmat ko’rsatish, bank tizimi moliyaiy barqarorligini ta’minlash, tijorat banklarining faoliyatdan asosiy maqsadi bo’lmish daromadliligini oshirish va
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi tog’risida”gi Farmoni 2017 yil 7-fevral. 4
albatta iqtisodiyotni rivojlantirishdan iborat. Buni amalga oshirishning eng samarali usuli kredit risklarini samarali boshqarish hisoblanadi. Respublikamiz Prezidentining qator qaror va asarlarida banklardagi kredit operatsiyalarni takomillashtirishga to’xtalib o’tgan. Prezidentimizning 2010 yil 26- noyabrdagi PQ 1438-sonli “2011-2015 yillarda respublika bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishish bo’yicha chora-tadbirlari tog’risida”gi Qarorida, respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan o’zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko’rsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni ta’minlash kerakligi aytib o’tilgan. Tadqiqot predmeti. Mamlakatimiz banklari tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar orasida kredit operatsiyalarning salmog’i, o’rni, kredit portfelidagi aktivlar sifati, mijozlarning kreditga layoqatlilik ko’rsatkichlari, kredit riskni pasaytirishni rivojlantirish usullari bitiruv malakaviy ishining predmeti hisoblanadi.
kredit operatsiyalari bitiruv malakaviy ishining tadqiqot obyekti hisoblanadi. Maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank tizimidagi kredit riskini boshqarishni takomillashtirish, kredit operatsiyalarini sifatligini oshirish, hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohani rivojlantirishda ularning tutgan o’rnini tahlil qilishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat: tijorat banklari faoliyatida kredit operatsiyalarining tutgan o‘rni va ahamiyatini ko‘rib chiqish; tijorat banklarida kredit operatsiyalaridan vujudga keladigan kredit riskini aniqlash va uni boshqarishni o‘rganish; 5
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit portfeli joriy holatini tahlil qilish va kreditlar sifatiga baho berish;
Kredit riskini boshqarish bo’yicha muamolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar berish. Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Bank kredit operatsiylarida vujudga keladigan kredit risklarini aniqlash va ularni minimallashtirish, kredit operatsiyalarini amalga oshirish sifatini yanada oshirish hisoblanadi. Tijorat banklarida kredit operatsiyalaridan keladigan daromad bilan u bilan bog’liq bo’lgan risklarning darajasi o’rtasidagi muqobil nuqtani ushlab turish, banklarining moliyaviy barqarorligini, xususan, likvidliligini ta’minlash hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi tarkibiy jihatdan kirish, uchta bob, xulosa va takliflar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishi hajmi esa 69 betni tashkil etgan bo’lib, unda 8 ta rasm va11ta jadval aks ettirilgan.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi bank risklari va ularning nazariy huquqiy asoslariga bag’ishlangan bo’lib, unda bank risklari turlari va mohiyati aks ettirilgan. Kredit risklarini boshqarish va ularning huquqiy asoslari yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida, kredit riskini boshqarishning xalqaro tajribasi nazariy jihatdan o’rganilgan va banklarda kredit risklari va ularni boshqarish amaliyoti tahlil qilingan. Tijorat banklarining kredit portfeli tahlil qilingan bo’lib, uning diversifikatsiya darajasi o’rganilgan, ikkinchi bob bo’yicha xulosa berilgan. Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobi kredit riskini boshqarishni samarali tashkil etishni takomillashtirishga bag’ishlangan. Kredit riskini boshqarishdagi mumamolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bob bo’yicha ham qisqacha xulosa keltirib o’tilgan. Yakuniy ravishda, bitiruv malakaviy ishi bo’yicha xulosa va takliflar aks ettirilgan.
6
ASOSLARI 1.1. Risk tushunchasi, uning mohiyati va turlari Risk tushunchasi adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Ilmiy iqtisodiy adabiyotlarda riskga boshqacha bir nazar bilan qaralsa, qonunchilik hujjatlarida boshqa jihatdan qaraladi. Rus tili lug‘atida tavakkalchilik so‘zi “risk” deb atalib, qadimiy grek so‘zidan olingan. U kemalarni halokatga olib boruvchi va odamlarning o‘limiga, mol-mulklarining cho‘kib ketishiga sababchi qoyani bildirib, “qoyalar orasidan shamol va boshqa to‘siqlarga chap berib suzib o‘tmoq” ma’nosini anglatadi. Kundalik hayotimizda har birimiz noaniqlikni aks ettiruvchi bir nechta vaziyatlarga duch kelamiz. Kelajakda nima sodir bo’lishini bilmagan paytimiz bu noaniqlik har doim paydo bo’laveradi. Qachonki, bu kabi noaniqlik bizning qarorlarimiz va amallarimiz, sog’ligimiz, yoki moliyaviy holatimizga ta’sir qiladigan bo’lsa, bunday noaniqlik risk deb ataladi. Noaniqlik riskning paydo bo’lishida muhim o’rin tutadi, lekin uning yolg’iz o’zi yetarli emasdir. Masalan, siz uyingizga 10 ta mehmon kelishi mumkinligini tahmin qilayapsiz. Siz yana bu mehmonlarni haqiqatda 8 ta yoki 12 ta bo’lishini ham bilasiz. Agar sizga nechta mehmon kelishi (8, 10 yoki 12 ta) sizni havotirga solmasa, unda bunday vaziyatni biz faqat noaniqlik deb aytishimiz mumkin. Ammo, sizning ixtiyoringizda taom tayyorlashda yetarlicha mablag’ bo’lmasa va siz uchun nechta mehmon tashrif buyurishi haqidagi aniq ma’lumot siz uchun juda muhim bo’lsa, unda bu kabi noaniqlik siz uchun riskni ifodalaydi. Odatda, biz kutayotgan natija salbiy bo’lish ehtimoli yuqori bo’lgan vaziyatlarni riskli deb atashga odatlanib qolganmiz. Masalan, agarda siz mablag’laringizni tashkilotning aksiyalariga investitsiya qiladigan bo’lsangiz, aksiyalarning bahosi keskin ravishda tushib ketish holatida siz o’z mablag’laringizni yo’qotishdan risk qilasiz. Agar aksiyalarning bahosi oshadigan bo’lsa, aksincha, siz daromad ko’rasiz va mamnun bo’lasiz.
7
Moliya nazariyalarida risk deganda, kutilishi munkin bo’lgan yoki hohish yoki istakdagi natijadan musbat yoki manfiy farqni tushunish mumkin. Hayotda shunday vaziyatlar uchrab turadiki, istalgan kutilishi mumkin bo’lgan natijadan farq ya’ni o’zgarishlar salbiy oqibatlarga olib keladi. Masalan, boyagi holatda siz 8 ta mehmon keladi deb faqat 8 kishi uchun tushlik tayyorlagan bo’lsangizu, lekin aslida, 10 ta mehmon kelsa siz qaysidir mehmonlarni och qolib ketishidan risk qilasiz. Agar siz 12 ta kishi uchun tushlik tayyorlasangiz aslida esa 8 ta kishi keladigan bo’lsa siz ortiqcha xarajat qilish riskiga duchor bo’lasiz. Kundalik turmushda ko’pchilik odamlar riskdan qochishadi, ya’ni bir nechta teng sharoitlarda baland riskdan ko’ra minimal riskni afzal ko’radi. Shunday bo’lsada, bu kabi harakatlari uchun mos qo’shimcha haq olishini kutayotgan bo’lishsa, odamlar o’zlariga shu riskni qabul qilishga tayyor bo’lishadi. Risk darajasi va qo’shimcha haq to’lovi hajmi har bir shaxsning individual hohishlariga bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyotda, hayotda bo’lganidek, biz hech qachon kelajakda nima sodir bo’lishini aniq ayta olmaymiz va riskni umuman chetlab o’tish imkoniyatimiz ham bo’lmaydi. Lekin, bir qancha vositalar orqali biz uni minimumga olib kelishimiz mumkin. Tahlil maqsadlaridan kelib chiqgan holda, tadbirkorlar duch kelishi mumkin bo’lgan riskning bir nechta turlari bor. Quyida biz eng umimiy riskga ega bo’lgan manbalarni keltirib o’tamiz. 2
1. Kasallik, o’lim, ishga qobilyatsizlik-bu kabi risklarga ko’pincha yakka tartibdagi tadbirkorlar va shirkatlar ta’sirchandir. Bu kabi risklar qo’shimcha xarajatlarni talab qilibgina qolmay, butun bir biznesni tugallanishiga ham olib kelishi mumkin. 2. Aktivning ishonchsizlik riski-bu kabi riskga yakka tartibdagi tadbirkorlar va yirik korxonalar ham duch kelishi mumkin. Masalan, yong’in, o’g’irlik, texnologik jarayonlar natijasida aktivning manaviy eskirishi, iste’mol xaridlardagi did o’zgarishi, ko’chmas mulk bozoridagi narxlar tushishi va boshqalar.
2 Джеймс К. Ван Хорн, Джон М. Вахович. Финансы, учебное пособие, Бишкек – 2003, 60 стр. 8
3. Moliyaviy risk-moliyaviy aktivlarning daromadlilik darajasi o’zgarishi bilan kuzatilayotgan risk. Bu kabi risk manbalari noaniqligi, moliyaviy aktivlar emitentlari faolyiati bilan bog’liq bo’ladi (hukumat, tashkilot va boshqalar). Moliyaviy risklar yana kutilmagan inflatsiya darajasi paydo bo’lganda, foiz stavkalarini belgilovchi qonun hujjatlariga o’zgartirshlar kiritilganda, moliyaviy bozorda hukumat tomonidan intervensiya qo’llanilganda paydo bo’lishi mumkin. 4. Qonun hujjatlari o’zgarishi riski-normativ huquqiy hujjatlarga o’zgartirishlar kitilganda - buning natijasida tadbirkorlik muhitiga ta’sir qilish riski. 5. Axborot riski-buxgalter hisobidagi qo’llaniladigan usullarning ideal emasligi, biznesda qaror qabul qilishda axborotning mavjud emasligi yoki haqqoniy emasligi, axborotning simmetrik emasligi natijasida vujudga keladigan risk. 6. Valutaviy risk-xalqaro shartnomalarda ishtirok etadigan tashkilotlarda ko’pincha vujudga keladigan risk. Asosan, rivojlanayotgan mamlakatlarda, milliy valuta kursining tushishi inflatsiya darajasini oshirishdagi ta’siri. Bu esa barcha tadbirkorlik subyektlariga birdek ta’sir qilishi. 7. Siyosiy risk-bu ham rivojlanayotgan mamlakatlarda keskin kuzatiladi. Masalan, mamlakat liderining hukumatdagi o’rni shunchalik yuqori bo’lishi mumkinki, uning oddiy kasal bo’lib qolishi yoki o’limi bozorga katta ta’sir qilishi mumkin. Risk bilan bog’liq barcha daromad va xarajatlarni aniqlash jarayoni hamda uni pasaytirish maqsadida chora tadbirlar ishlab chiqish va qaror qabul qilish riskni boshqarish deb ataladi. Shu narsa muhimki, barcha chora tadbirlar risk hodisalari sodir bo’lishidan oldin yoki ayni o’sha paytda qo’llanilgan bo’lishi kerak. Shuni tushunish kerakki, riskni boshqarish mahorati asoslangan qarorlar qabul qilinishi bilan bo’gliqdir. Bu qarorlar hozirgi sharoitda mavjud bo’lgan eng foydali va aniq axborotlarga asoslangan bo’lishi kerak. Amaliyotda oddiy omad bilan uzoqni ko’zlab qilingan qarorlar natijalari o’rtasidagi farqni aniqlash mumkin bo’lmaydi. 9
Risklarni boshqarish jarayonini quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1. Riskni aniqlash. 2. Riskni boshqarish. 3. Riskni kamaytirish choralarini ishlab chiqish. 4. Riskni kamaytirish choralarini tanlash. 5. Natijani baholash. Riskni aniqlash subyektning asosan qanday risklarga ko’proq ta’sirchan ekanligini aniqlash va ular orasidagi bog’lanishni topishdan iborat bo’ladi. Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, riskni boshqa kompleks aktivlar yig’indisi va vaziyatlar bilan aloqadorligidagi ta’sirini o’rganish kerak bo’ladi. Masalan, tovar va xizmatlarni, homashyoni import qilish hisobidan ishlab chiqaruvchi va kelgusida eksport qiluvchi tashkilot valuta riskiga ta’sirchan deb aytishimiz mumkin. Chet mamlakatdan import qilinadigan homashyo va eksport qiladigan tovar va xizmatlar bahosi uzoq muddatli kontraktlarda aniq fikserlangan xorijiy valutada bo’ladi. Istalgan kelajakdagi valuta kursidagi o’zgarishlar bir xilda import qilinadigan homashyo va tayyor mahsulotning milliy valutadagi bahosiga bir xil ta’sir qiladi. Lekin, valuta kursidan yuzaga kelgan umumiy risk 0 ga teng bo’ladi, chunki uni ko’proq daromad va xarajatlar orasidagi farq ya’ni foyda qiziqtiradi, ya’ni xarajatlarning oshishi realizatsiya qilinadigan tovarlar bahosi bilan kompensatsiya qilinadi.
Riskni baholash bu uning miqdoriy o’lchovi hisoblanmay, u bilan bog’liq barcha xarajatlarni aniqlash ham tushuniladi. Riskni boshqarishda, riskni baholash eng qiyin masalalardan biri hisoblanadi. Uni aniqlashda eng birinchi bo’lib bizlarga axborot kerak bo’ladi. Bu kabi axborot tarixiy ma’lumotlarga tayanishini ko’rishimiz ham mumkin. Masalan, investor mablag’larini kompaniyaning aksiyalariga tikmoqchi, bunda u aksiyalarninig bahosini tushib ketishidan xavotirda bo’ladi. Bizlar yuz foiz aniqlik bilan kelajakda qanday holatlar va vaziyatlar yuz berishini bilmaymiz, lekin statistik analiz metodidan foydalangan holda, bizlar uning aksiyasining tarixiy o’zgarishlariga baho bergan holda aksiyalarning kelajakdagi bahosini bashorat qilishimiz mumkin.
10
Boshqa bir usul esa fundamental tahlilga asoslangan metod bo’lib unda korxonaning barcha loyihalarning daromadlilik darajasini unga ta’sir qiluchi kutilayotgan natijalarni bozor qiymati bilan farqi orasida aniqlanadi. Har bir holatda ham riskni aniqlashda sifatli va miqdoriy tahlil amalga oshirilishi kerak bo’ladi. Faqat birgina investor uchun uni uddalay olish qiyin hisoblanadi. Axborotga ega bo’lish katta xarajatlar, vaqt va asosiysi tajribani talab qilishi mumkin. Shuning uchun, moliyaviy vositachilarga murojat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Riskni kamaytirishning asosiy 4 ta yondashuv mavjud: - riskni chetlab o’tish; - nazorat va zararlarni oldini olish; - risk to’lovi; - riskni o’tkazish. Riskni chetlab o’tish deganda investor yoki tadbirkor riskga moyil kelishuvlarda ongli ravishda ishtirok etmaydi. Bu kabi yondashuvni barcha risklar uchun qo’llab bo’lmaydi. Masalan, inflatsiyaning keskin ravishda o’sishi barcha tadbirkorlik subyektlariga ularning qaysi sohada ekanligidan qat’iy nazar ularga bir xilda ta’sir qiladi. Nazorat va zararlarni oldini olish deganda mahsus harakatlar evaziga zararlar qiymatini minimumga olib kelish tushuniladi. Masalan, korxonaning aksiyalar bahosining kunlik pasayish tendensiyasi kuzatilgan paytda, investor o’z aksiyalarini imkoni boricha oldinroq sotishga harakat qiladi natijada, u zararlarni minimumga olib kelganini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Risk to’lovi deganda biz tadbirkor ongli ravishda bu riskni o’ziga qabul qiladi va unga tegishli ravishda rezervlar tashkil qiladi va bu rezerv orqali risklarni to’lash imkoniyatiga ega bo’ladi. Riskni o’tkazish bu eng tarqalgan va qiziqroq usullardan biri hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, tadbirkor o’z risklarini hamasini yoki bir qismini boshqa shaxslarga yoki boshqa aktivlarga o’tkazadi. Riskni o’tkazishni aosiy 3 usuli 11
mavjud. Ularga xedjirlash, sug’urtalash va diversifikatsiya kiradi. Ularning har biriga quyida alohida to’xtalib o’tamiz. Riskni kamaytirish choralari aniqlangandan so’ng eng kam xarajat talab qiladigan variantlar qidirilishi kerak bo’ladi. Masalan, tadbirkor riskni kamaytirish yo’lini sug’urtalash usulidan foydalanadigan bo’lsa, u shunday sug’urta tashkilotini topish kerakki, unda tadbirkor talablariga javob bera oladigan eng kam xarajat talab qiladigan sug’urta xizmatini aniqlash kerak bo’ladi. Vaqt o’tgan sayin va vaziyatlar o’zgargan sharoitlarda yangi bir axborot vujudga keladi. U esa yuqorida qabul qilingan qarorning to’g’riligiga ta’sir qilishi mumkin bo’ladi. Bunda yana qo’shimcha risklar paydo bo’lishi yoki eskilari yo’q bo’lishi mumkin. Riskni boshqarish egiluvchan jarayon egiluvchan bo’lishni talab qilib, qarorlar uzluksiz tahlil qilib borilishi kerak. Aks holda, tadbirkor kutilamgan xarajatlarga duchor bo’lishi mumkin. Riskni o’tkazishning eng sodda ko’rinishi riskli aktivni sotishdan iboratdir. Masalan, agar siz biror bir uyning mulkdori bo’ladigan bo’lsangiz, unda siz 3 xil turdagi riskga duch kelasiz. Yong’in, tabiiy ofatlar va kelajakda ko’chmas mulkning bahosining tushib ketishi. Uyni sotgan holda siz bu risklarni boshqa shaxsga ot’kazgan bo’lasiz. Lekin, bu kabi riskni o’tkazish usuli mulkdorga ma’qul bo’lmasligi mumkin. Sotuvga yaxshi alternativ tanlovga biz yong’in va tabiiy ofatdan sug’urtalashni olishimiz mumkin. Bunday holatda mulkdor faqat bitta risk ya’ni baholar kamayishidan havotirlanadi. Riskni o’tkazishda eng katta o’rinni moliyaviy tashkilotlar egallaydi. Ularga sug’urta kompaniyalari, tijorat va investitsion banklar, fondlar va brokerlik kantoralarni misol qilishimiz mumkin. Riskni xeyjerlash usulidan foydalanilganda, bizlar riskni kamaytirish maqsadida amalga oshirgan chora tadbirlarimiz natijasida undan kutilishi mumkin bo’lgan zararlarni oldini olibgina qolmay, biz undan kutilishi mumkin bo’lgan daromadni ham yo’qga chiqarramiz. Masalan, fermer bahorda bug’doyni sotish shartnomasini kuzdagi hosil uchun oldindan belgilandan narxda tuzdi. Bunda u
12
kuzda bug’doyning bahosi tushib ketish riskidan holi bo’lgani kabidek, u bug’doyning shartnomada belgilangan narxdan oshib ketishidan ko’rishi mumkin bo’lgan daromadni ham yo’qga chiqardi. Sug’urtalash deganda qandaydir muddat uchun oldindan qilingan to’lov evaziga kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlarni oldini olish tushuniladi. Bu to’lov sug’urta premiyasi deb ataladi. Shuni ta’kidlash joizki, sug’urtalashda xeyjerlashga nisbatan kelajakda olinishi mumkin bo’lgan daromad yo’qotilmaydi. Masalan, tadbirkor chetdan tovarlarni import qilgan holda milliy bozorda uni qayta sotish bilan shug’ullanadi. Import shartnomasiga ko’ra u 10000$ni uch oydan so’ng to’lashi kerak. Binobarin, u tovarni milliy bozorda sotgani sababli uning biznesi valuta riskiga moyildir. Agar uch oydan so’ng dollar kursi oshadigan bo’lsa, tadbirkor ma’lum bir zararga uchraydi. Bu risk xeyjerlash yoki sug’urtalash orqali bartaraf etilishi mumkin. Xeyjerlash holatida, tadbirkor kelajakda (uch oydan so’ng), dollar sotib olish shartnomasini bugun tuzadi. Shartnomada esa valuta kursi aniq belgilanib qo’yiladi. Agar uch oydan so’ng dollar kursi oshsa, tadbirkor valuta kursi o’zgarishidan zarar ko’rmaydi. Agar valuta kursi tushadigan bo’lsa, tadbirkor dollarni arzonroq sotib olishdan keladigan daromaddan quruq qoladi. Sug’urtalash holatida, tadbirkor optsion sotib olishi mumkin. Unga ko’ra, tadbirkor optsionda belgilangan kurs bo’yicha dollarni sotib olish huquqiga ega bo’ladi ya’ni majburiyat emas. Agar uch oydan so’ng dollar kursi optsionda belgilangan kursdan past bo’lsa, tadbirkor yo’qotadigan narsa optsion sotib olish uchun ketgan mablag’ summasi bo’ladi. Agar dollar kursi baland bo’lsa, tadbirkor qo’shimcha foydaga erishadi, ya’ni optsionda belgilangan kurs unga bozor kursidan arzonroq tushadi. Diversifikatsiya deganda umumiy portfel riskini kamaytirish maqsadida bir nechta riskli aktivlarni sotib olish tushuniladi. Masalan, bank o’z mablag’larini dori-darmon ishlab chiqaruvchi korxonaga yo’naltirishni muqobil deb bilyapti ya’ni uni kreditlamoqchi deylik. Chunki, bu
13
soha korxonalarni yangi turdagi dori mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda. Natijalar ijobiy bo’ladigan bo’lsa, korxona kelajakda o’z foydasini ancha oshirishi mumkin. Korxonaning salbiy yoki ijobiy natijaga erishish ehtimoli bir xil. Bank o’z mablag’larini 3 xil ko’rinishda diversifikatsiya qilishi mumkin:
1. Bir nechta dori ishlab chiqaruvchi korxonalarni kreditlash. 2. Bir nechta turli-tuman dorilarni ishlab chiqaruvchi bitta korxonani kreditlashi. 3. Dori ishlab chiqaruvchi korxonalarni moliyalashtiruvchi fondlarga mablag’larni yo’naltirish. Agar bank kredit portfelidagi ba’zi korxonalar kutilgan natijaga erishmasa va zararga yuz tutsa, unda boshqa korxonalarning ijobiy natijalari evaziga bu zararlar qoplanadi. Agar bank kredit portfelidagi barcha korxonalarning bir xilda ijobiy yoki salbiy natijaga erishish ehtimoli bir xil bo’lsa, unda ular bir - biri bilan ideal ijobiy korelyatsiyaga uchraydi deb aytishimiz mumkin.
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling