O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BANK ISHI” FAKULTETI
“BANK MENEJMENTI VA MARKETINGI” fanidan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: BI 52 - 2 guruh talabasi
Gaffarov Ulug’bek
Qabul qildi: Jo’rayev I.
Toshkent 2021
Variant 11
Rejalashtirish tizimlarining tarkibiy tuzilishi.
Tijorat banklarining baho siyosati va uning mijozlarni jalb qilishdagi ro’li.
Javoblar
1. Iqtisodiy rivojlanishning yuqori darajasiga ega bo’lgan jamiyatda
rejalashtirish vositasi boshqaruv jarayonida muqarrar yordamchi
hisoblanadi.
Ham davlat, ham xususiy tashkilotlar murakkab vaziyatda o’z maqsadlari va o’z faoliyatini rejalashtirishi lozim. Davlat ijtimoiy xavfsizlik, transport, mudofaa, xalqaro munosabatlar sohasidagi rejalashtirish, shuningdek umumiy davlat soliqlarini rejalashtirish bilan shug’ullanadi. Xususiy korxonalarda sotish, ishlab chiqarish, saqlash, ta’minot, investistiyalar va xodimlar rejalashtiriladi. Va, nihoyat uy xo’jaligi darajasida rejalashtirish predmeti sifatida o’z daromadi, iste’mol,mablag’larni tejash, ta’lim, qarilikni ta’minlash, mol-mulk, uy qurish va sayohatni tanlash mumkin.
Rejalashtirish muddati, aniqligi, kiritiladigan tuzatishlar va
muvofiqlashuv darajasiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. Quyidagi
belgilar umumiy hisoblanadi:
- tartibga solingan jarayon,
- axborotga ishlov berish,
- loyihani ishlab chiqish,
- muayyan maqsadlarga erishishga yo’naltirilganlik,
- kelajakka nisbatan munosabat.
Rejalashtirishning oliy maqsadi korxonaning maqsadlariga
erishishning amaliy vositasi bo’lish, ya’ni mablag’lar, muqobil variantlar,
shuningdek maqsadlarga erishish imkoniyatlari va xatarlarini o’z vaqtida aniqlash va tegishli tadbirlarni tanlashdan iborat.Ushbu asosiy maqsaddan rejalashtirishning qator alohida maqsadlari kelib chiqadi. Rejalashtirishning quyidagi maqsadlari ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |