Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, ularni rejalashtirish va moliyalashtirish
Download 55.84 Kb.
|
Ma`ruza №7
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.1. Xarajatlar to’g`risida tushuncha va ularning tasnifi.
- Davr xarajatlari
KORXONALARDA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH XARAJATLARI, ULARNI REJALASHTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH. Reja : 13.1. Xarajatlar to’g`risida tushuncha va ularning tasnifi. 13.2. Xarajatlarni rejalashtirish. 13.3. Korxona xarajatlarini moliyalashtirish. 13.1. Xarajatlar to’g`risida tushuncha va ularning tasnifi. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati moddiy va mehnat xarajatlari bilan bog`liq. Xarajatlarning asosiy hissasi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog`liq bo’ladi. Ishlab chiqarishning jami xarajatlari mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi va unga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulot korxonaga qanchaga tushayotganini aniqlash mumkin.Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarni sotish bilan bog`liq xarajatlarni ham amalga oshirishadi. Bunday xarajatlar ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat xarajatlari ham deyiladi. - mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; - ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroz asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar; - korxona umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan korxonaning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlari; - favqulodda zararlar. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar. Mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi: - ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqimlar qiymati chiqarib tashlangan holda); - ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari; - ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug`urta ajratmalari; - asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizastiyasi; - ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlarining eng yirik elementi - moddiy xarajatlardir. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi tarkibida ularning hissasi 60-90 foizni tashkil etishi mumkin. Ishlab chiqarish bilan bog`liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo’ladi: -mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko’rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar; -normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o’rash, mahsulot (ish, xizmat)lar yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshoatlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish uchun) materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, instrumentlar, moslamalar, inventar, priborlar, laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining eskirishi, maxsus kiyim-bosh va boshqa arzon baho ashyolarning eskirishi; - sotib olinadigan, kelgusida ushbu korxonada montaj qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar; - tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek korxonaning ichki tarkibiy bo’linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo’lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ishlar va xizmatlar; - tabiiy xom ashyo (yer rekultivastiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivastiya qilish ishlariga haq to’lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to’lash, sanoat korxonalari tomonidan suv xo’jaligi tizimida belgilangan limitlar doirasida va undan ortiq olinadigan suv uchun haq to’lash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari uchun yog`och taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga qurulmarning amortizastiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari; - texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg`ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, korxonaning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha transport ishlari; - korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya; - ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo’nalish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi; - korxonaning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni etkazish bilan bog`liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to’lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizastiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar). Korxonalar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati hamda idish va o’rash-joylash materiallari qiymati, ularning amalda sotilishi, foydalanishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo’yicha chiqarib tashlanadi. “Moddiy xarajatlar” elementlari bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo’shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig`imlardan, transportda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarining yirik elementlariga asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishidir. Qaysikim, u amortizastiya ajratmalari summasiga tengdir. Unga asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizastiyasi va uning indeksastiyasi ham kiradi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari - bu korxonaning asosiy ishlab chiqarish xodimlariga mehnat haqi to’lash bilan bog`liq xarajatlardir. Ularga quyidagilar kiradi: - korxonada qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay rasstenkalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib amalda bajarilgan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ish uchun hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag`batlantiruvchi tusdagi to’lovlar; - kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlariga ustamalar; - ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog`liq bo’lgan kompensastiya tusidagi to’lovlar (texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlariga ustamalar va qo’shimcha hal, ko’p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik va xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar, hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og`ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar va h.k.); -ishlanmagan vaqt uchun to’lov (foydalanilmagan va qo’shimcha ta’tillar uchun kompensastiyalar, o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek, tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog`liq vaqt uchun haq to’lash, harbiy yig`inlar, favqulodda vaziyatlar bo’yicha yig`inlar va boshqalar uchun mehnat haqi to’lash va h.k.); -korxona shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga, ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob korxonaning o’zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi; - belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning boshqa turlari. Korxonlarning ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug`urtaga ajratmalari - bu ijtimoi fondlarga (Pensiya fondiga, Aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish fondiga, Kasaba uyushmalari Federastiyasi kengashiga) majburiy ajratmalardir. Korxonalarning ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlariga quyidagilar tegishli: -ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish xarajatlari (ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilg`i, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari; yong`indan saqlash va qo’riqlashni hamda korxonaning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari; ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog`liq xarajatlar; tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, korxona xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini to’lash xarajatlari; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati va boshqalar); - ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan xizmat safarlariga yuborish bo’yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar; - ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug`urta qilish xarajatlari; - brak tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar; -ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar tufayli yo’qotishlar; -kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari; - mahsulot (xizmat)larning majburiy sertifikastiya qilish xarajatlari; - ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarsiz to’lanadigan nafaqalar; - umumiy foydalaniladigan yo’lovchilar transporti xizmat ko’rsatmaydigan yo’nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog`liq xarajatlar. Davr xarajatlari Download 55.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling