Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, ularni rejalashtirish va moliyalashtirish


Korxona xarajatlarini moliyalashtirish


Download 55.84 Kb.
bet4/6
Sana25.04.2023
Hajmi55.84 Kb.
#1397131
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma`ruza №7

13.3. Korxona xarajatlarini moliyalashtirish.
Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari quyidagi foyda ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
Mahsulotni sotishdan olinuvchi yalpi foyda, mahsulot sotishdan kelib tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi:
YAF= SST-IT,
bu yerda:
YAF–yalpi foyda;
SST–sotishdan kelib tushuvchi sof tushum;
IT–sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda - mahsulot sotishdan olinuvchi yalpi foyda bilan vaqt xarajatlari o‘rtasidagi farqga boshqa daromadlar qo‘shiladi va asosiy faoliyatning boshqa xarajatlari (zarar) ayiriladi:
AFF = YAF - DX Q BD - BZ,
bu yerda: AFF –asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX – davr xarajatlari;
BD – asosiy faoliyatning boshqa daromadlari;
BZ - asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
Umumxo‘jalik faoliyati natijasidan foyda (yoki zarar), quyidagicha hisoblanadi: asosiy faoliyatdan olinuvchi foyda miqdoriga moliyaviy faoliyat daromadlari qo‘shiladi va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar ayiriladi.

UF = AFF Q MD - MX,


bu yerda: UF- umumxo‘jalik faoliyati natijasidagi foyda;
MD – moliyaviy faoliyat daromadlari;
MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari;
Soliq to‘lanmasdan oldingi foyda - umumxo‘jalik faoliyatidan olinuvchi foydaga favqulodda foyda qo‘shiladi va favqulodda xarajatlar (zarar)ayiriladi.
STF = UF Q FP - FZ,
bu yerda: STF - soliq to‘lanmasdan oldingi foyda;
FP - favqulodda vaziyatlarda olingan foyda;
FZ - favqulodda vaziyatlarda ko‘rilgan zarar;
Yillik sof foyda, soliqlar to‘langandan so‘ng xo‘jalik sub’yekti tasarrufida qoladi, soliq to‘lanmasdan oldingi foydadan daromad (foyda) solig‘i hamda qonunchilikda belgilangan boshqa soliq va majburiy to‘lovlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan topiladi:
SF = STF - DS - BS,
bu yerda: SF – sof foyda;
DS – daromad (foyda) solig‘i;
BS – boshqa soliq va to‘lovlar.


Download 55.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling