1. Tijorat bankining yuridik shaxs sifatidagi maqomi
Tijorat banki ham mahsulot yaratadi.
Ammo, tijorat banki, sanoat korxonalaridan farqli o‘laroq,
nomoddiy shakldagi mahsulotlarni yaratadi. Masalan,
kredit mahsuloti. Bank tomonidan berilgan kreditni ko‘z
bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Chunki, u moddiy ko‘rinishga ega
emas. Faqat kredit hisobidan sotib olingan tovarni ko‘z
bilan ko‘rish mumkin.
1. Tijorat bankining yuridik shaxs sifatidagi maqomi
Tijorat banki faoliyatini faqatgina Markaziy bankdan Bosh lisenziya
olgandan keyin boshlash huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilga qadar tijorat banklari faoliyatini
amalga oshirish uchun Markaziy bankdan 2 ta Bosh lisenziya
olishish kerak edi. Bitta Bosh lisenziya valyuta operatsiyalaridan
boshqa barcha bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini berar
di. Ikkinchi Bosh lisenziya valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
huquqini berar edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-
5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi
navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, valyuta
operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh lisenziyani
olish bekor qilindi.
1. Tijorat bankining yuridik shaxs sifatidagi maqomi
Tijorat banklari mulk shakliga ko‘ra quyidagi turlarga
bo‘linadi:
* davlat banklari
* aksiyadorlik – tijorat banklari
* xususiy banklar
* xorijiy kapital ishtirokidagi banklar.
1. Tijorat bankining yuridik shaxs sifatidagi maqomi
2023 yilning 1 mart holatiga, O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida 32 ta
tijorat banki faoliyat yuritmoqda.
Ushbu 32 ta tijorat bankidan:
* davlat banklari – 2 ta (Xalqbank, NBU)
* aksiyadorlik-tijorat banklari – 18 ta
* xususiy banklar – 3 ta (Trast bank, Davrbank, OFB)
* xorijiy kapital ishtirokidagi banklar – 5 ta.
*raqamli aksiyadorlik TB- 4 ta (TBC, Uzumbank, Anorbank, Smartbank)
Xorijiy kapital ishtirokidagi banklar:
– Ziraat Bank (o‘zbek-turk banki);
– UzKDB bank (o‘zbek-koreys banki)
–Hamkorbank (Xalqaro moliya korporatsiyasi, Niderlandiya
kompaniyasi)
-InFinbank
-Eron soderat banki
Do'stlaringiz bilan baham: |