1. Tijorat bankining yuridik shaxs sifatidagi maqomi
Tijorat banklari mijozlarining xarakteriga ko‘ra quyidagi
turlarga bo‘linadi:
* ulgurji banklar;
* chakana banklar;
* aralash banklar.
2. Tijorat bankining funksiyalari
Tijorat banklari quyidagi 3 funksiyani bajaradi:
1. Vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini to‘plash
funksiyasi.
2. To‘plangan pul mablag‘larini transformasiya qilish
funksiyasi
3. Pul aylanmasini tashkil qilish va boshqarish
funksiyasi.
1. Vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini to‘plash funksiyasi.
Tijorat banklari yuridik va jismoniy shaxslarga
tegishli bo‘lgan va vaqtinchalik bo‘sh turgan
pul mablag‘larini jalb qiladi.
Bunda, asosan, bo‘sh turgan pul mablag‘lari
tijorat bankining depozit hisobraqamlariga
jalb qilinadi va bankning qimmatli
qog‘ozlarini ularga sotish yo‘li bilan jalb
qilinadi.
1. Vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini to‘plash
funksiyasi.
Tijorat banklari emitent sifatida quyidagi qimmatli
qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi:
1. Emission qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligasiyalar,
opsionlar)
2. Noemission qimmatli qog‘ozlar (depozit sertifikatlari,
jamg‘arma sertifikatlari)
2. To‘plangan pul mablag‘larini transformasiya qilish
funksiyasi
Tijorat banklari tomonidan to‘plangan pul mablag‘lari
asosan ikkita yo‘nalishga transformasiya qilinadi:
1. Kreditlar sifatida joylashtiriladi.
2. Qimmatli qog‘ozlar sotib olishga yo‘naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |