2. tayyor mahsulot;
3. tovarlar kiradi.
II guruh. Ishlab chiqarish xarajatlari, bularga:
1. tugallanmagan ishlab chiqarish;
2. kelgusi davr xarajatlari va boshqalar kiradi.
III guruh. Pul mablag‘lari, bularga:
1. g‘aznadagi pul mablag‘lari;
2. valyuta mablag‘lari;
3. hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari;
4. boshqa schyotlardagi pul mablag‘lari kiradi.
IV guruh. Debitorlar, bularga:
1. xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar;
2. bo’nak to‘lovlari;
3. byudjet bilan hisob-kitoblar;
4. xodimlar bilan hisob-kitoblar;
5. shu’ba korxonalar bilan hisob-kitoblar;
6. uyushma korxonalar bilan hisob-kitoblar;
7. ta’sischilar bilan hisob-kitoblar;
8. boshqa debitorlar kiradi.
Xo‘jalik sub’ektlarining aylanma aktivlari quyidagi manbalar hisobidan tashkil qilinadi:
1. Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari.
2. Bank kreditlari.
3. Kreditor qarzlar
4. Boshqa manbalar
Korxonalarning o‘z aylanma mablag‘lari quyidagi manbalardan tashkil topadi:
a) davlat korxonalarida byudjetdan ajratmalar hisobidan;
b) yuqori tashkilotlarning ajratmalari;
v) ta’sischilarning pay badallari;
g) aksiyador korxonalarda aksiyalar chiqarish va sotish yo‘li bilan vujudga keladigan manbalar hisobidan.
Xo‘jalik sub’ektlarining aylanma aktivlarini tashkil qilishda kreditning rolini quyidagilar bilan ifodalash mumkin:
1. Kreditning xo‘jalik oborotida ishtirok etishi aylanma mablag‘larni iqtisod qilishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |