Bank ishi fanidan mustaqil ish


Kredit xo‘jaliklar faoliyatida uchrab turuvchi mavsumiy ehtiyoj, boshqa holatlar bilan bog‘liq bo‘linishlarning oldini olishga yordam beradi


Download 13.77 Kb.
bet4/5
Sana25.06.2023
Hajmi13.77 Kb.
#1654544
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aylanma mablagʻlar

2. Kredit xo‘jaliklar faoliyatida uchrab turuvchi mavsumiy ehtiyoj, boshqa holatlar bilan bog‘liq bo‘linishlarning oldini olishga yordam beradi.
3. Kredit ishlab chiqarish, tayyorlov va sotish jarayonini tezlashtiradi va hajmini oshiradi.
4. Kredit o‘z vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
5. Bank korxonalarga kredit berish yo‘li bilan ularning faoliyatini yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Kreditor qarzlarga quyidagilar kiradi:
1. Mol etkazib beruvchilar bilan hisoblar.
2. Byudjet bo‘yicha qarzlar.
3. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar.
4. Ijtimoiy sug‘urta va ta’minot bo‘yicha qarzlar.
5. Mulkiy va shaxsiy sug‘urta bo‘yicha qarzlar.
6. Byudjetdan tashqari to‘lovlar bo‘yicha qarzlar.
7. SHu’ba korxonalariga qarzlar.
8. Uyushma korxonalariga qarzlar
9. Boshqa kreditorlar.

Mijozning kreditga layoqatliligi deganda qarz oluvchining olgan qarzini (asosiy qarzi va uning foizini) to‘la va o‘z vaqtida qaytaraolish qobiliyatini tushunamiz. Jahon va mamlakatimiz bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi quyidagi mezonlar o‘rnatilgan:

• mijoz xarakteri (fe’l-atvori);

• mablag‘ni qarz olish qobiliyati;

• joriy faoliyat davomida qarzni uzish uchun mablag‘ ishlab topish qobiliyati;

mijoz kapitali;

• kreditning ta’minlanganligi;

• kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlar;

• qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi.


Mijoz kapitalini baholashda quyidagi ikkita mezonga e’tibor beriladi:
ustav fondining minimal darajasiga (aksioner kapitaliga) nisbatan qo‘yiladigan talabga mijoz kapitalining javob bera olishi, uning etarliligi va moliyaviy leveraj koeffitsientlari darajalari;
kreditlanayotgan operatsiyaga o‘z kapitalini qo‘yish darajasi. Bu ko‘rsatkich bank bilan qarz oluvchi o‘rtasida riskning taqsimoti to‘g‘risida dalolat beradi.
Mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi so‘nggi mezoni, ya’ni qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi bankirni quyidagi savollarga javob olishga undaydi:

Download 13.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling