Bank ishi fanidan mustaqil ish


Qarz oluvchining kredit olishi va kredit tadbirlarini amalga oshirishi uchun huquqiy va me’yoriy asoslari mavjudmi?


Download 13.77 Kb.
bet5/5
Sana25.06.2023
Hajmi13.77 Kb.
#1654544
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aylanma mablagʻlar

Qarz oluvchining kredit olishi va kredit tadbirlarini amalga oshirishi uchun huquqiy va me’yoriy asoslari mavjudmi?
Qonunchilikda kutiladigan ehtimoliy o‘zgarishlar (masalan, soliqda) qarz oluvchining faoliyati natijalariga qanchalik ta’sir o‘tkazadi?
Qarz oluvchining ssuda, kredit olishi bo‘yicha tuzgan biznes-rejasida, shartnomada ko‘rsatgan talabnomasi qanchalik darajada kredit siyosatiga mos keladi?
Qayd etilgan mezonlar mijozning kreditga layoqatliligi va uning mohiyatini baholash usullarini aniqlashga yordam beradi. Bunday usullar qatoriga quyidagilar kiradi:
-riskni baholash;
-menejmentni baholash;
-moliyaviy koeffitsientlar asosida mijozning moliyaviy --barqarorlik darajasini baholash;
-pul oqimini tahlil qilish;
-mijoz to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish;
-mijozning ish faoliyatini kuzatish va h.k.
Xo‘jalik ob’ektlarinig o‘z mablag‘lari manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
ustav fondi;
rezerv fondi;
boshqa tashkil qilingan fondlar;
o‘tgan va hisobot yillaridagi taqsimlanmagan foyda.
Biznes-reja. Ko‘pgina kredit zayavkalari hali moliya hisoboti va boshqa hujjatlarga ega bo‘lmagan ishni endi boshlayotgan korxonalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq. Bunday paytda qarz oluvchi kompaniya bankka kreditlanadigan loyiha maqsadi va uni amalga oshirish usullari xaqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi batafsil biznes-planni taqdim etishi kerak.
Kredit inspektori kredit zayavkasi va unga kiritilgan hujjatlarni yaxshilab o‘rganib chiqadi. Bundan so‘ng u kelgusi qarz oluvchi bilan yana bir bor suhbatlashadi. Suhbat davomida kredit inspektori qarz oluvchi kompaniya (bank) ishlarini har tomonlama o‘rganishi shart emas, u kreditor-bankni qiziqtiradigan savollarga kerakli darajada ahamiyat berishi kerak.
Bank kreditlashning birinchi bosqichida quyidagilarni aniqlashi kerak:
A. Qarz oluvchining ishonchliligi va kreditga layoqatliligi, uning partnyor sifatidagi faoliyati doimiyligi va samarasi.
B. Kredit zayavkasining asoslanganligi va kredit qaytarilishining ta’minlanganlik darajasi. Bank kerak bo‘lsa kredit taklifi bo‘yicha o‘z talablarini ishlab chiqishi va mijozni u bilan tanishtirishi mumkin.
V. Kredit taklifining bank kredit siyosati va ssuda portfeli tuzilmasiga to‘g‘ri kelishi. YAngi kredit berish va kredit portfeli diversifikatsiyasi kredit riskining pasayishiga olib keladimi yoki yo‘qmi degan savolga javob topishi lozim.
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 13.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling