Bank ishi fanidan oraliq nazorat bo`yicha nazorat ishi
Download 215 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muddatli depozitlar qo‘yidagi muddatlar bo‘yicha tasniflanadi
- Jamg‘arma (depozit) sertifikati
Muddatli depozitlar
Banklar tomonidan jalb qilingan muddatli depozitlar - yuridik va jismoniy shaxslarning shartnomada qat’iy kelishilgan muddat va unda ko‘rsatilgan foizlarni to‘lashga doir mablag‘laridir. Muddatli depozit hisobvarag‘i ochilganda jismoniy shaxsga omonat daftarchasi beriladi. Depozitor bank bilan muddatli depozitlar bo‘yicha shartnoma tuzganidan so‘ng, shartnomada ko‘rsatilgan depozit summasini qo‘yishi kerak. Biroq tratta, cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va boshqa shakllardagi depozitlar undirib olish shartlari asosida qabul qilinadi hamda summa bankka kelib tushmaguncha ushbu depozitga qo‘yilgan hisoblanmaydi. Depozitor shartnomada ko‘rsatilgan depozit summasining o‘z vaqtida kelib tushishi uchun to‘liq javob beradi va uning naqdligi hamda qonuniyligini kafolatlaydi. Qo‘shimcha badallarni qabul qilish asosiy depozit shartnomasiga qo‘shimcha bitimlar kiritish bilan rasmiylashtiriladi.Banklar depozitorlarga belgilangan muddat etib kelgunga qadar muddatli depozit hisobvaraqlaridan mablag‘larni olishga ruxsat etadilar, bunday hollarda depozitor muddatli depozit hisobvarag‘idan muddatidan oldin mablag‘ olinishi mumkinligi haqida bankni ogohlantirishi lozim. Mablag‘lar muddatidan oldin olinganda omonat bo‘yicha foizlarni, shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, bank talab qilib olinguncha depozitlar bo‘yicha to‘laydigan foizlar miqdorida to‘laydi. Muddatli depozitlar qo‘yidagi muddatlar bo‘yicha tasniflanadi: muddati 30 kungacha bo‘lgan depozitlar; muddati 90 kungacha bo‘lgan depozitlar; muddati 180 kungacha bo‘lgan depozitlar; muddati 365 kungacha bo‘lgan depozitlar; muddati 365 kundan ortiq bo‘lgan depozitlar. Agar muddatli depozit muddati o‘tganidan so‘ng mijoz tomonidan talab qilib olinmasa, shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan taqdirda, uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Jamg‘arma (depozit) sertifikati Jamg‘arma (depozit) sertifikati bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat egasining) sertifikatni bergan bankdan yoki uning har qanday filialidan belgilangan muddat tugaganidan so‘ng omonat summasini va sertifikatda shartlashilgan foizlarni olish huquqini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir. Jamg‘arma (depozit) sertifikatlari taqdim etiladigan yoki egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.Jamg‘arma (depozit) sertifikati muddatidan oldin to‘lash uchun taqdim etilgan hollarda, agar depozit shartlariga ko‘ra foizlarning boshqa miqdori belgilanmagan bo‘lsa, bank ushbu serifikat bo‘yicha talab qilib olinguncha depozitlar uchun to‘lanadigan omonat summasini va foizni to‘laydi. 2012 yilda pul-kredit siyosati “Monetar siyosatning 2012 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari” asosida amalga oshirilib, iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifalari, xususan belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga qaratildi. Bunda, yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlariga muvofiq iqtisodiyotning pulga bo‘lgan oshib borayotgan talabini to‘liq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish orqali inflyasiya darajasini belgilangan maqsadli parametridan oshirmaslik maqsadida Markaziy bank o‘z tasarrufidagi pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalandi. Download 215 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling