Юридик мажбуриятларни рўйхатга олиш ва баҳолар мониторинги


Download 162 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi162 Kb.
#1585835
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
G’aznachilik tizimida to’lovlarni amalga oshirish




Mavzu. G’aznachilik tizimida to’lovlarni amalga oshirish


Reja:



  1. To’lovlarni amalga oshirishning yangi tartibi

  2. Bank-Mijoz to’lov tizimi

  3. To’lovlar reestri

  4. G’aznachilik sharoitida naqd pul to’lovlarini amalga oshirish tartibi

To’lovlarni amalga oshirishning yangi tartibi

Byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan pul mablag’lari o’tkazilishi quyidagi talablarga asoslangan to’lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladi:



  • moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilgan xarajatlar smetalari asosida va byudjet mablag’lari bo’yicha byudjetdan mablag’ oluvchilarning bank hisobraqamlarida mavjud bo’lgan, xarajatlarning tegishli guruhlari bo’yicha byudjet mablag’lari qoldiqlarining summalari doirasida;

  • agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa moliya organida ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomaga ko’ra to’lanadigan pul mablag’lari summasidan oshmasa;

  • tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilishini va byudjetdan mablag’ oluvchining etkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiqlaydigan hisobvaraq-fakturalar yoki boshqa hujjatlar, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlar bo’lganida;

  • etkazib beruvchining to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan nomi va rekvizitlari etkazib beruvchining shartnomada ko’rsatilgan nomi va rekvizitlariga muvofiq bo’lsa;

  • to’lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari to’g’ri ko’rsatilgan bo’lsa.

Etkazib beriladigan tovar (ishlar, xizmatlar) uchun xarajatlarni to’lash bo’yicha to’lovlarni, shu jumladan bo’nak to’lovlarini amalga oshirish uchun byudjetdan mablag’ oluvchilar moliya organiga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to’lov topshiriqnomalarini quyidagi tarzda taqdim etadilar:
a) byudjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga bitta bank muassasasida xizmat ko’rsatilsa, to’rt nusxada. To’lov topshiriqnomalarining birinchi va to’rtinchi nusxalari byudjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi va byudjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan tasdiqlanadi;
b) byudjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga turli bank muassasalarida xizmat ko’rsatilsa, uch nusxada. To’lov topshiriqnomalarining birinchi va uchinchi nusxalari byudjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi va byudjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan tasdiqlanadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar o’z xarajatlarini to’lash uchun moliya organiga mablag’larni o’z bank hisobraqamlaridan o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalari, hisobvaraq-fakturalar yoki tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilganligini va byudjetdan mablag’ oluvchining etkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarni taqdim etadilar. Bo’nak to’lovi hisobiga mablag’larni to’lash uchun byudjetdan mablag’ oluvchi byudjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarga binoan to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim etilgan to’lov hujjatlari va ularga ilova qilingan hujjatlarni tekshirish, shuningdek to’lov topshiriqnomalarini ijro uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka topshirishni moliya organlari, qoidaga ko’ra ular taqdim etilgan kunda amalga oshiradilar.
Moliya organlari byudjetdan mablag’ oluvchi taqdim etgan, Vaqtinchalik nizomning 11-bandida ko’rsatilgan hujjatlarni ularning Vaqtinchalik nizom 9-bandining talablariga muvofiqligi masalasida tekshiradilar.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar taqdim etgan hujjatlar Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq kelsa, moliya organi to’lov topshiriqnomasi birinchi va to’rtinchi (agar to’lov topshiriqnomalari mazkur Vaqtinchalik nizom 10-bandining “b” kichik bandiga muvofiq taqdim etilsa, uchinchi) nusxalarining orqa tomoniga “Tekshirildi” yozuvini qo’yish yo’li bilan to’lov topshiriqnomalariga tegishli belgilarni qayd etadi, ularni moliya organining mansabdor shaxsi o’z imzosi va moliya organi muhri izi bilan tasdiqlaydi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar taqdim etgan to’lov va boshqa hujjatlar Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq kelmasa, moliya organi ularni byudjetdan mablag’ oluvchiga qaytarib, to’lov topshiriqnomalarining orqa tomoniga ularga belgi qo’ymasdan, muvofiq emaslik sabablarini ko’rsatadi.
Молиявий мажбуриятлар – бу юридик (жисмоний) шахсларда уларга товар (хизмат, ишлар) етказиб берилганлигини, шу жумладан бюджет ташкилотини кредитор қарздорликга маълум суммани тўлаш учун Ғазначиликка тақдим этиладиган топшириқнома.
Тўлов топшириқномасини (тузиш) тайёрлаш бюджет ташкилоти вазифасига киради. Бюдjet tashkiloti schet – fakturani qabul qilgan paytning o’zida 2 nusxada to’lov topshiriqnomasini tegishli G’aznachilik bo’limlariga qonunchilikda nazarda tutilgan vaqtda taqdim etishi lozim. To’lov topshiriqnomasiga qonunchilikka asosan majburiy xujjatlar (masalan, schyot – faktura, bajarilgan ishlar to’g’risidagi dalolatnoma va boshqalar) ilova qilinadi. Byudjet tashkiloti schyot fakturada uni qabul qilgan sanasini aks ettirishi shart.
Maxalliy byudjetlarning xududiy g’azna xisob varaqlaridan foydalanilgan xoldagi g’azna ijrosiga o’tilishi munosabati bilan xizmat ko’rsatuvchi banklarda ochilgan maxalliy byudjetlardan moliyalashtiriluvchi byudjetdan mablag’ oluvchilarning qo’yidagi talab qilib olinguncha depozit xisob varaqlari yopiladi:
tuman va shaxar byudjetlaridan moliyalashtiriluvchi (23426 xisob varag’i);
viloyat byudjetidan moliyalashtiriluvchi (23430 xisob varag’i);
Toshkent shaxrining shaxar byudjetidan moliyalashtiriluvchi (23426 xisob varag’i);
Qoraqalpog’iston Respublikasi maxalliy byudjetidan moliyalashtiriluvchi (23432 xisob varag’i);
nobyudjet tashkilotlarining 23427, 23431, 23433-sonli xisobvaraqlarida (maxalla qo’mitalari bundan mustasno) ochilgan xisobvaraqlari;
kapital quyilmalari (23424 xisobvarag’i).
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning to’lov talabnomalariga muvofiq maxalliy byudjetlardan moliyalashtiriluvchi byudjetdan mablag’ oluvchilarning talab qilib olinguncha depozit xisobvaraqlaridagi qoldiq mablag’lar xizmat ko’rsatuvchi banklar tomonidan 23426, 23430, 23427, 23431 (maxalla qo’mitalari bundan mustasno), 23424 xisobvaraqlaridan g’azna xisobvaraqlariga o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan moliya organlarining talab qilib olinguncha depozit xisobvaraqlari tegishli g’azna xisobvaraqlari deb qayta nomlanadi:
Moliya organlari arizalariga asosan belgilangan tartibda maxalliy byudjet mablag’lari xisobini yuritish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligiga 23432 “Qoraqalpog’iston Respublikasi maxalliy byudjeti mablag’lari”, viloyat moliya boshqarmasiga 23430 "Maxalliy byudjet mablag’lari - viloyat", Toshkent shaqar moliya Bosh boshqarmasiga 23426 "Maxalliy byudjet mablag’lari - shaxar" va tuman (shaxar) moliya organlariga 23426 "Maxalliy byudjet mablag’lari – tumanG’shaxar" (bundan buyon matnda G’azna xisobvaraqlari deb yuritiladi).
Maxalliy byudjetlar g’azna ijrosi xisobotini tuzish va yuritish amaldagi qonunchilikka asosan amalga oshiriladi



Download 162 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling