Юридик мажбуриятларни рўйхатга олиш ва баҳолар мониторинги
Download 162 Kb.
|
G’aznachilik tizimida to’lovlarni amalga oshirish
2. Bank-mijoz to’lov tizimi.
Byudjet mablag’larini oluvchilarning xarajatlarini G’aznachilik bo’limlari tomonidan to’lash bo’yicha elektron to’lov xujjatlari byudjet mablag’larini oluvchilarning ikki nusxada taqdim etiluvchi to’lovlarni amalga oshirish to’g’risidagi arizasi va to’lov topshiriqnomasi asosida shakllantiriladi. Tegishli tartibda to’ldirilgan to’lov topshiriqnomasi byudjet mablag’larini oluvchilari tomonidan G’aznachilik bo’limlariga taqdim etiladi. Bunda to’lov topshiriqnomasining summasi tegishli xarajat guruhlari va xarajatlarni amalga oshirishga ruxsatnomalar doirasida bo’lishi ta’minlanadi. To’lov topshiriqnomasining “To’lovchi” grafasida G’aznachilik bo’limi, “To’lovchi scheti” grafasida g’aznachilik scheti, “To’lov tafsilotlari” grafasida byudjet mablag’ini oluvchining G’aznachilikdagi shaxsiy scheti hamda to’lov maqsadi, to’lovni amalga oshirish uchun asos bo’lib hisoblanuvchi yuridik hujjat, byudjet tasnifi bo’yicha mos kodlar ko’rsatiladi. Arizada va to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan ma’lumotlar G’aznachilik bo’limlarining moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va to’lovlar bo’limi mas’ul xodimlari tomonidan elektron to’lov topshiriqnomasini shakllantirish va tizimli nazoratni amalga oshirish uchun “G’aznachilik” Dasturiga kiritiladi. “G’aznachilik” Dasturi ma’lumotlarni kiritish jarayonida quyidagi talablarga mos ekanligini tizimli ravishda tekshiriladi: “G’aznachilik” Dasturida xarajtalr smetasi, kalkulyatsiyalar, shuningdek, xarajatlarni amalga oshirishga ruxsatnomalar bo’yicha byudjet assignovaniyalar mavjudligi; Resupblika G’aznachilik schetida muayyan byudjet mablag’ini oluvchi uchun tegishli xarajatlar guruhi bo’yicha etarli byudjet mablag’lari qolidig’i mavjudligi; To’lov topshiriqnomasi summasining G’aznachilikda ro’yxatga olingan shartnoma va to’lovlar jadvali summasidan ko’p emasligi; Schet-fakturalar va byudjet mablag’ini oluvchilarga mahsulot etkazib berilganligi (ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko’rsatilganligi) hamda byudjet mablag’ari oluvchilarining mahsulot etkazib beruvchilardan qarzi borligini isbotlovchi boshqa hujjatlar, shuningdek byudjet mablag’larini oluvchilarni mahsulot etkazib beruvchilarga avans to’lovi to’lash majburiyati mavjudligini isbotlovchi hujjatlar mavjudligi; To’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan mahsulot etkazib beruvchining nomi va rekvizitlari ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomada ko’rsatilgan nom va rekvizitlar bilan mosligini. Mazkur talablar barchasi qondirilgan holda, moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va to’lovlar bo’limining mas’ul xodimi to’lov topshiriqnomasini “G’aznachilik” Dasturiga kiritadi va «SOXRANIT» tugmachasini bosish orqali saqlaydi. Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va to’lovlar bo’limining vakolatli mas’ul xodimi arizadagi ma’lumotlarning to’lov topshiriqnomasidagi ma’lumotlarga mos ekanligini tekshiradi, arizaga “tekshirildi” deb yozib, tekshirish sanasini ko’rsatgan holda imzo qo’yadi. Shundan so’ng, moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va to’lovlar bo’limining mas’ul xodimi to’lov topshiriqnomasi va arizani moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va to’lovlar bo’limi boshlig’iga taqdim etadi, u esa bu hujjatlari tekshirib, “G’aznachilik” Dasturida shakllantirilgan elektron to’lov topshiriqnomasini o’zining elektron imzosi bilan tasdiqlaydi va G’aznachilik bo’limi boshlig’iga taqdim etadi. G’aznachilik bo’limi boshlig’i ham o’z navbatida taqdim etilgan hujjatlarni ko’rib chiqadi, to’lov topshiriqnomasi va arizaning elektron to’lov topshiriqnomasi bilan mosligini tekshiradi, xato va kamchiliklar aniqlanmagan holda, elektron to’lov topshiriqnomasini o’zining elektron imzosi bilan tasdiqlaydi va ijro uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka jo’natadi. Vakolatli bank bo’limidan to’lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatni qabul qilib olganidan so’ng, “G’aznachilik” Dasturi avtomatik ravishda elektron to’lov topshiriqnomasini “to’landi” deb belgilaydi. Bundan so’ng, , moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va to’lovlar bo’limining mas’ul xodimi to’lov topshiriqnomasi va arizani tegishli yozuvlarni kiritib, sanani ko’rsatgan holda o’z imzosi bilan tasdiqlab byudjet mablag’larini oluvchisiga topshiradi. Download 162 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling