Юридик мажбуриятларни рўйхатга олиш ва баҳолар мониторинги


Download 162 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi162 Kb.
#1585835
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
G’aznachilik tizimida to’lovlarni amalga oshirish

3. To’lovlar reestri

Moliya organi belgilar qayd etilgan to’lov topshiriqnomalari asosida ikki nusxada Byudjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalarining reestrini (bundan keyin - Reestr) tuzib, unda Vaqtinchalik nizomga 3-son ilovaga binoan shaklda byudjetdan mablag’ oluvchilarning nomlari, ular bank hisobraqamlarining raqamlari, shuningdek to’lanadigan to’lov topshiriqnomalari raqamlari, sana va summalarini ko’rsatadi.


Bunda Reestrlarni moliya organi byudjetdan mablag’ oluvchilarga xizmat ko’rsatadigan har bir bank bo’yicha alohida tuzadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalarining barcha nusxalari va Byudjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalari reestrining ikki nusxasini moliya organi byudjetdan mablag’ oluvchilarga xizmat ko’rsatadigan tegishli bankka topshiradi.
Xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan to’lov topshiriqnomalari Reestrlar ma’lumotlari bilan solishtirilganidan va moliya organining byudjetdan mablag’ oluvchilarning to’lov topshiriqnomalarida belgisi mavjudligini tekshirganidan so’ng, Reestrning birinchi nusxasi tegishli to’lov topshiriqnomalari bilan birga bankda qoladi, Reestrning bank shtampi va bank mas’ul xodimining imzosi qo’yilgan ikkinchi nusxasi esa moliya organiga qaytariladi.
To’lov topshiriqnomasi ijrosidan keyin xizmat ko’rsatuvchi bank to’lov topshiriqnomalarining hamma nusxalariga va Reestrning tegishli satrlarida ijro etilgan to’lov topshiriqnomalari qarshisiga to’lov to’g’risida shtamp qo’yadi.
To’lovdan so’ng:
a) xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lov topshiriqnomalarining to’rt nusxasi taqdim etilgan taqdirda:

  • birinchi nusxasi Reestr bilan birga bankning kun hujjatlariga tikiladi;

  • ikkinchi nusxasi etkazib beruvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi;

  • uchinchi nusxasi byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va keyin byudjetdan mablag’ oluvchiga topshirish uchun moliya organiga topshiriladi;

  • to’rtinchi nusxasi moliya organiga topshiriladi.

Byudjetdan mablag’ oluvchining bank hisobraqamidan bank ko’chirmasi, shuningdek to’lov topshiriqnomasining uchinchi va to’rtinchi nusxalari olinganidan keyin moliya organi byudjetdan mablag’ oluvchiga unga to’lov topshiriqnomasining uchinchi nusxasini ilova qilgan holda bank ko’chirmasini topshiradi. Bank ko’chirmasi nusxasi va to’lov topshiriqnomasining to’rtinchi nusxasi moliya organida qoladi;
b) xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lov topshiriqnomasining uch nusxasi taqdim etilgan taqdirda:

  • birinchi nusxasi Reestr bilan birga bankning kun hujjatlariga tikiladi;

  • ikkinchi nusxasi byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobraqamidan ko’chirmaga ilova qilinadi va keyin byudjetdan mablag’ oluvchiga topshirish uchun moliya organiga topshiriladi;

  • topshiriqnomaning uchinchi nusxasi moliya organiga topshiriladi.

Byudjetdan mablag’ oluvchining bank hisobraqamidan bank ko’chirmasi, shuningdek to’lov topshiriqnomasining ikkinchi va uchinchi nusxalari olinganidan ke-yin moliya organi byudjetdan mablag’ oluvchiga unga to’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasini ilova qilgan holda bank ko’chirmasini topshiradi. Bank ko’chirmasi nusxasi va to’lov topshiriqnomasining uchinchi nusxasi moliya organida qoladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar xizmat ko’rsatuvchi banklardan ish haqi va ularga tenglashtirilgan to’lovlar, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar, xizmat safari xarajatlari va donorlarga to’lovlarni to’lashga naqd pullarni olgandan so’ng keyingi kunda moliya organiga Vaqtinchalik nizomga 4-son ilovaga binoan shaklda ana shu maqsadlarga va xarajatlarning birinchi va ikkinchi guruhlari bo’yicha amalga oshirilgan boshqa xarajatlarga olingan naqd pul mablag’larining summalari to’g’risida axborot taqdim etadilar.




    1. Download 162 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling