Bank ishi fanining predmeti va vazifalari
sof xolding - faqat maxsus nazorat va boshqaruv maqsadlarida tuziladi; aralash xolding
Download 43.17 Kb.
|
sof xolding - faqat maxsus nazorat va boshqaruv maqsadlarida tuziladi; aralash xolding - nazorat va boshqaruv vazifalari bilan birga sanoat, savdo, transport, kredit-moliya va boshqa sohalarda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‘ullanadi.
Amaldagi qonunchilikka asosan, ta’sischilar yangi bank ochish uchun Markaziy bankdan dastlabki ruxsatnomani olganlaridan keyin, ta’sis shartnomasini tasdiqlaydilar. SHundan so‘ng, bir oy muddat ichida bank ochishga ruxsat so‘rab Markaziy bankka quyidagi hujjatlar to‘plamini taqdim qiladilar: · muassislar tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlangan uch nusxadagi ta’sis shartnomasi (asli va ikki nusxasi). Muassislar imzosi va ta’sis shartnomasi notarius tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim; · muassislar majlisida tasdiqlanib, ular tomonidan imzolangan bank Ustavi-uch nusxada; · bankni tashkil etish to‘g‘risida, Ustav sarmoyasi hajmi haqida, bank Ustavini tasdiqlash haqida hamda bank kengashi, taftish komissiyasi va bank Boshqaruvini saylash to‘g‘risidagi qaror qayd etilgan muassislar majlisi bayonnomasi. Bu hujjat nusxalari bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Muassislar haqida quyidagi ma’lumotlar keltiradi: · muassislar ro‘yxati; ularning to‘liq nomi, manzili, telefon raqami, to‘lov rekvizitlari, ustav kapitaliga ulushi, shu jumladan, foiz hisobida. Bankni tashkil qilishda ovoz berish huquqiga ega aksiyalarning 5 foiziga ega muassislardan quyidagi ma’lumotlar talab qilinadi: · jismoniy shaxslar bo‘yicha: mutaxassisligi va kasbi to‘g‘risida to‘liq axborot, shu jumladan, yashash joyi, telefon raqami, mazkur vaqtgacha ishlagan yoki aksiyador bo‘lgan korxona va muassasalar nomi, so‘nggi ikki yil uchun soliq deklaratsiyasi (jismoniy shaxs - rezidentlar bundan mustasno), shaxsiy balans qaydnomasi; · yuridik shaxslar bo‘yicha: nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat, manzili, telefon raqami, to‘lov rekvizitlari, agar o‘z aksiyasiga ega bo‘lsa, ularning soni, shuningdek, foiz hisobida, soliq nazorati va auditor firmasi tomonidan tasdiqlangan so‘nggi ikki yillik balans hisoboti. YAngi tashkil etilayotgan bank Kengashi a’zolari, uning raisi va o‘rinbosarlarining ismi-shariflari, yashash joylari, egallaydigan lavozimlariga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bitilgan ro‘yxat. Download 43.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling