Bank ishi tayyorladi; Suyunov Azizbek, Axrorqulov Akram, Bahromov Sunnat, Olimjonov Jamshid, Norpo’latov Jonibek
Download 1.15 Mb.
|
PQ-54 MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat!
BANK ISHITayyorladi; Suyunov Azizbek, Axrorqulov Akram, Bahromov Sunnat, Olimjonov Jamshid, Norpo’latov Jonibek.Tomorqa xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish orqali aholi daromadini oshirish, ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish tizimini yaratish, shuningdek, har bir tumanda tomorqa yer egalari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish maqsadida: 1. Tomorqada mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi qarz mablag‘lari quyidagi bosqichlarda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) milliy valyutada 4 yillik imtiyozli davr bilan 9 yil muddatga yillik 2 foiz stavkada yo‘naltirilsin: 1-bosqichda — 50 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar 2022-yil 1-yanvarga qadar; 2-bosqichda — 50 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar 1-bosqich mablag‘laridan foydalanish samaradorligi natijalariga ko‘ra 2022-yil 1-iyunga qadar. poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik uchun kredit ajratiladi; kichik intensiv bog‘dorchilik, limonchilik va uzumchilik; qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5 — 10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo‘y va echki, 5 ta asalari uyasi, intensiv usulda baliq boqishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ixcham issiqxonalar, “dala do‘konlari” qurish, artezian quduqlarini qazish; tomorqa yer egalariga: Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra “Tomorqa xizmati” MChJlarga urug‘lik va ko‘chat, motokultivator va minitraktor, inkubator xarid qilish hamda aylanma mablag‘ uchun 300 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi. Yetakchi tadbirkorlik subyektlariga aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratiladi. tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish maqsadida tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan hajmda subsidiya beriladi; 3. Jamg‘arma tomonidan 2026-yil 1-yanvarga qadar: suv ta’minoti og‘ir tomorqa yerlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi amal qiladi. 2022-yilda Jamg‘armaga Davlat budjetidan 50 milliard so‘m, bundan tashqari suv ta’minoti og‘ir mahallalarda quduq qazish va nasos o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 50 milliard so‘m ajratiladi; suv ta’minoti og‘ir tomorqa yerlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 2026-yil 1-yanvarga qadar har yili Davlat budjetidan Jamg‘armaga mablag‘ yo‘naltiriladi; 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlariga hokim yordamchilari bilan birgalikda quyidagi yangi vazifalar yuklatilsin: tomorqa xo‘jaliklari bilan agrosanoat klasterlari, tayyorlov, qayta ishlash va eksportyor korxonalarni jalb etgan holda kooperatsiya aloqalarini tashkil etishga ko‘maklashish; aholi xonadonlarida, qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5 — 10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo‘y va echki, 5 ta asalari uyasi boqishni tashkil etish; mahsulot yetkazib beruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirgan holda, joylarda “tarqatish va mahsulotlarni yig‘ib olish bo‘yicha mobil xizmatlar” faoliyatini yo‘lga qo‘yish; “xonadonbay” ishlash asosida hududlarning tuproq-iqlim sharoiti va hudud aholisining tajribasidan kelib chiqqan holda tomorqa xo‘jaliklarini “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirish; 6. Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarining mavjud shtatlari doirasida aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha bittadan agronom shtati tashkil etilsin. 7. “Agrobank” ATB shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida 2022-yil 1-aprelga qadar jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan, aholi tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini marketpleys usulida sotishni yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha onlayn maslahatlar ko‘rsatuvchi maxsus platformani ishga tushirsin. 8. Belgilansinki, har bir tumanda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor idoralarning mas’ul xodimlaridan iborat (ish haqi saqlangan holda) xonadonlarda parrandachilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan doimiy loyiha ofisi tashkil etiladi. 2022-yilda joylardagi ehtiyojni o‘rganib va hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlardan xonaki parranda tuxumlarini olib kelish hamda aholiga tarqatish choralarini ko‘rsin. 9. Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Kudbiyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) hokim yordamchilari bilan birgalikda mazkur qaror doirasida ajratilgan kredit resurslari hisobiga doimiy va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lgan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlariga ko‘maklashsin. E’tiboringiz uchun rahmat!Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling