Bank ishi va audit
Download 192.45 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqBank hisobi tahlili oraliq 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol
- Sintetik hisob (bosh kitob)
- Rafiqova G.
Kredit shakllari:
• Bank krediti; • Davlat krediti; • Ipoteka krediti; • Xalqaro kredit; • Iste’mol krediti; • Tijorat krediti. Kredit operatsiyalarini bajarish uchun alohida ssuda hisobvaraqlari ochilgan bo’lishi kerak. Banklarda kredit operatsiyalari O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining №594 (1435) sonli “Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish to’g’risi”dagi nizomi asosida amlga oshiriladi. 2-savol: Bosh kitob va uning tavsifi. Javob: Banklarda buxgalteriya ikki yo’nalishda olib boriladi. Ulardan biri analitik, ikkinchisi sintetik hisobdir. Har ikkala yo’nalishda buxgalteriya hisobining yuritilishi va umuman banklarda buxgalteriya ishining tashkil etilishi kompyuter texnikasi qo’llaniladigan sharoitni hisobga olgan holda olib boriladi. Buxgalteriya hisobi jaxon amaliyotida va xisob yuritishning xalqaro andozalarida sintetik hisob o’rniga Bosh kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlari qo’llanadi. Shuningdek, analitik hisob o’rniga yordamchi kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlaridan foydalaniladi. Sintetik hisob (bosh kitob) – ma’lum iqtisodiy xususiyatlarga ko’ra mulk, majburiyatlar va xo’jalik operatsiyalari turlari bo’yicha umumlashtirilgan buxgalteriya ma’lumotlarini hisobga olish, sintetik hisobvaraqlarda olib boriladi. Bosh kitobdagi hisobvaraqlar umumiy ma'lumotni aks ettiradi, lekin batafsil ma'Iumot bilan ta'minlamaydi. Chunki birlamchi buxgalteriya operatsiyalari hisobvaraqlari guruhida batafsil ma'Iumot beradigan yordamchi kitoblar qo’llaniladi. Bosh kitobda esa, birinchi navbatda balans hisobvaraqlari bo‘yicha jamlama ma'lumotlar qayd etiladi. Yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan olganda Bosh kitob hisobvaraqlari nazorat hisobvaraqlari hisoblanadi. Yordamchi kitobdagi yakuniy summalar har kundagi va oy oxiridagi ma'lumotlarni keyingi oyning birinchi kuni holatiga, Bosh kitob ma'lumotlari summasi bilan bir xil bolishini ta'minlaydi. Shu boisdan, yordamchi kitob ma'lumotlari asosiy o‘rinni egallab, ular dastlabki hisob ma'lumotlarining tegishli hisobvaraqlarga qanchalik to‘g‘ri kiritilishi natijasida hosil bo’ladi. Bosh kitobning nazorat hisobvaraqlaridagi ma'lumotlari yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlaming yakuniy summalari bilan taqqoslanadi va dastlabki yozuvlarda xato bo’lmasa, summalar teng chiqishini ta'minlaydi. Xorijiy valyutadagi operatsiyalar bo‘yicha Bosh va yordamchi kitoblar har bir valyutaning turi bo‘yicha alohida-alohida, mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalaming hisobi har bir turdagi mablag’lar va qimmatliklar bo'yicha ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlarda (kartochkalar, kitoblar, jumallarda) yuritilishi lozim. Bosh kitob balans hisobvaraqlari bo‘yicha yordamchi kitob hisobvaraqlaridagi ma'lumotlar to'plami hisoblanadi va ular quyidagi: • hisobvaraqlar qoldiqlarining kundalik balanslarini; • balans hisobvaraqlari bo'yicha aylanmalap va qoldiqlar haqidagi jamlama ma'lumotlarni; • oylik, ehoraklik va yillik qoldiq aylanma qaydnomalarini; • kassaning kirim va chiqimi bo‘yicha kassa jumallari ma'lumotlarini; • mahalliy byudjetlarga ajratmalar qaydnomasi bo'yicha ma'lumotlarni o ‘zida mujassamlashtiradi. Rafiqova G. Download 192.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling