Bank ishi va auditi


Download 1.35 Mb.
bet11/12
Sana17.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1533787
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ББХ амалиёт Дастур 2022-2023 янги

Baholash usullari

Baholash mezonlari

Og‘zaki savol-javob va hisobot sifati.

90-100 ball “a’lo”: talaba hisobotni dastur talablari asosida rasmiylashtirgan, amaliyot ob’ektidan olingan amaliy ma’lumotlar to’liq, mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, amaliyot mavzusining mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda amaliyot mavzusi bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda.

70-89,9 ball “yaxshi”: talaba hisobotni dastur talablari asosida rasmiylashtirgan, amaliyot ob’ektidan olingan amaliy ma’lumotlar mavjud, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, amaliyot mavzusining mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda amaliyot mavzusi bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda.

60-69,9 ball “qoniqarli”: talaba hisobotni dastur talablari asosida qisman rasmiylashtirgan, amaliyot ob’ektidan olingan amaliy ma’lumotlar to’liq emas, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, amaliyot mavzusining mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda amaliyot mavzusi bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda.

0-59,9 ball “qoniqarsiz”: talaba hisobotni dastur talablari asosida rasmiylashtirmagan yoki taqdim etmagan, amaliyot dasturini o‘zlashtirmagan, amaliyot mavzusining mohiyatini tushunmaydi hamda amaliyot mavzusi bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.

Ishlab chiqarish amaliyoti uchun 4 kredit ajratilgan.
Ishlab chiqarish hisobotining natijasi talabaning kursdan kursga o’tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti himoyasiga qo’yilgan baho 0-59,9 ball (qoniqarsiz) bo’lsa, talabaning o’zlashtirish ko’rsatkichi “qoniqarsiz”(akademik qarzdor) deb hisoblanadi.
Talabaning amaliyot ob’yektiga umuman bormaganligi yoki hisoboti talabga mutlaqo javob bermasligi hamda tanishuv amaliyoti bilan bog’liq amaliy ko’nikmalarga ega bo’lmasligi tanishuv amaliyoti hisoboti bo’yicha “qoniqarsiz” baholanishiga sabab bo’ladi.
Akademik qarzdor talabaga hisobotni qayta topshirishi (himoya qilishi) uchun bir oy muhlat beriladi. Shu muddat davomida ham amaliyot hisobotlarini himoya qila olmagan (0-59,9 ball (qoniqarsiz)) talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan kursdan kursga qoldiriladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti himoyasining baholanishidan norozi talabalar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 1 kun davomida fakultet dekanatiga yozma ariza bilan murojaat etishlari mumkin. Bunday hollarda kafedra mudirining taqdimnomasiga ko’ra fakultet farmoyishi bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda appelyatsiya komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya ishtirokida ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti himoyasi qayta tashkil etiladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti o’rnatilgan tartibda kafedrada saqlanadi.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling