Bank ishi va auditi


Bankda ishlab chiqarish amaliyotiga biriktirilgan rahbarning vazifalari


Download 1.35 Mb.
bet10/12
Sana17.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1533787
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ББХ амалиёт Дастур 2022-2023 янги

Bankda ishlab chiqarish amaliyotiga biriktirilgan rahbarning vazifalari
Ishlab chiqarish amaliyotini o’tash uchun yuborilgan talabaga amaliyotning dastlabki kuni tegishli bank filiali boshlig’ining buyrug’i asosida amaliyot ob’yektiga qabul qilinib, unga mazkur bankning xodimlaridan biri rahbar etib tayinlanadi. U amaliyot dasturi va kalendar ish rejasiga muvofiq talabaning amaliyot o’tashini, hamda uning natijalarini kundalikda rasmiylashtirilishini nazorat qilib boradi.
Ishlab chiqarish amaliyotiga biriktirilgan rahbar:

  • talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti davrida zaruriy amaliy malaka va mutaxassislik mahoratiga ega bo’lishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;

  • talabalarga mavjud me’yoriy hujjatlar, ofis texnikalari, jihozlari, hamda adabiyotlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi;

  • talabalalarga dasturda ko’rsatilgan ishlarni to’g’ri tashkil qilish va rejalashtirishga, ish yuritish hujjatlarini to’g’ri tuzishga yordam beradi hamda soha va kasbga oid savollari bo’yicha maslahatlar beradi;

  • talabalar bilan mehnat muhofazasi bo’yicha majburiy yo’riqnomani tuzadi;

  • talabalar tomonidan ichki tartib-qoidalar va intizomga rioya qilinishini nazorat qiladi va amaliyotchilar tomonidan intizomni buzish holatlari bo’yicha institutga xabar beradi;

  • amaliyot yakunida talabaga tavsifnoma yozadi, uning tarkibiga dastur bajarilishi to’g’risidagi ma’lumot, talabaning ishga bo’lgan munosabatiga baho beradi.



VI. TALABANING MALAKAVIY AMALIYOTI BO‘YICHA HISOBOTI, UNI HIMOYA QILISH TARTIBI VA BAHOLASH MEZONLARI

Ishlab chiqarish amaliyoti yakunlangach, grafik asosida talabalar ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha kafedraga hisobot topshiradilar.


Kafedrada tuzilgan komissiya talabalarning hisobotlari himoyasini qabul qiladi. Komissiya tarkibiga “Bank hisobi va audit” kafedrasi mudiri, kafedraning yetakchi pedagog-xodimlari kiradi. Komissiya tarkibi va ish grafigi (3 kishidan kam bo’lmagan holda) kafedra majlisi qarori bilan tasdiqlanadi.
Hisobotlarni qabul qilish Bank ishi fakulteti o’quv auditoriyalarida, dekanat bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti hisobotini himoya qilgan talabalar baho tizimida baholanadi. Hisobotni himoya qilishda talabalar quyidagilarni taqdim qiladi: amaliyot dasturi; amaliyot kundaligi; amaliyot ish rejasi; amaliyot joyidan tavsifnoma; amaliyot o’tash to’g’risidagi buyruq (farmoyish) nusxasi; amaliyot dasturiga muvofiq tuzilgan yozma hisobot.
Ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti: kirish; matnning asosiy qismi; xulosa; ilovalardan iborat bo’lishi kerak.
Hisobotda amaliyot o’tashning barcha asosiy bosqichlari, ish turlari bayon etilishi lozim. Hisobotda talaba kelajakda amaliyot o’tash va tashkil etish ishlarini yaxshilashga oid o’z mulohazalarini ham bayon etishi mumkin.
Hisobot standart hajmdagi qog’ozda (A4, 210-297mm), chap tomondan 3 sm, qolgan tomonlari 2 sm dan hoshiyalar qoldirib, qolyozma yoki elektron ko’rinishida yoziladi. Uning betlari ketma-ket sonlar bilan raqamlashtiriladi. Hisobotda jadval va rasmlarni kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 14 o’lchamli shriftida Misrosoft Word matnidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Hisobotning hajmi titul varaq, mundarija va ilovalardan tashqari kamida 30 bet va ko’pi bilan 40 betdan oshmasligi lozim.
Hisobot kafedraga amaliyot tugagan sanadan o’n kun davomida yoki keyingi kurs boshlanishidan 10 kun oldin topshiriladi. Kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari (ayrim hollarda kafedra mudiri tomonidan biriktirilgan pedagog-xodim) hisobotni tekshiradi, o’z mulohazalarini bayon etadi va taqriz yozadi.
Taqrizda hisobotning tayyorlanishi va rasmiylashtirilishidagi yutuqlar va kamchiliklar ko’rsatiladi. Taqriz oxirida hisobotni himoyaga tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik to’g’risida ma’lumot beriladi. Agar taqrizda «Himoyaga tavsiya etilmaydi» deb ko’rsatilgan bo’lsa, hisobot talaba tomonidan taqrizda ko’rsatilgan kamchiliklar asosida qayta ishlanadi, to’ldiriladi va qayta taqrizga beriladi. Ijobiy xulosaga ega hisobotni kafedrada tuzilgan komissiya huzurida himoya qilish mumkin bo’ladi.
“Bank ishi va auditi” ta’lim yo’nalishi talabalarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish jarayoni, hisoboti himoyasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi Nizom”i hamda “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizom” talablari asosida tashkil etiladi.
Talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti hisobotining tayyorgarlik darajasi hamda himoya qilishini baholash tartibi va mezonlari 100 ballik tizim asosida quyidagicha baholanadi:




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling