Bank ishi” yo’nalishi mavzu: “Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi va uni takomillashtirish” mavzusidagi kurs ishi guruh: sbi55
Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanishi
Download 152.56 Kb.
|
13TAYYOR
Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanishi
Iqtisodiy adabiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar tushunchasining mazmuni xususidagi qarashlar bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi. A.S.Neshitoy, Ye.F. Jukov, V.P.Polyakov va boshqa yana bir qator iqtisodchi olimlarning asarlarida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘lovlarni banklardagi hisobraqamlari orqali pul ko‘chirish yo‘li bilan hamda o‘zaro talablarni voz kechish asosida o‘tkazish tushuniladi. Masalan, Ye.Jukovning ta'rifiga ko‘ra, “naqd pulsiz hisob-kitoblar – bu naqd pullardan foydalanmasdan, pul mablag‘larini kredit muassasalaridagi hisobraqamlari bo‘yicha pul ko‘chirish va o‘zaro talablarni voz kechish vositasida amalga oshiriladigan hisob-kitoblardir”. Keltirilgan ushbu ta'rifdan ko‘rinadiki, Ye.Jukov naqd pulsiz hisob-kitoblarning ikki jihatini ajratib ko‘rsatadi: pul mablag‘larini kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlari orqali pul mablag‘larini ko‘chirish va o‘zaro talablarni voz kechish. Fikrimizcha, ushbu ta'rif hozirga qadar o‘zaro talablarni voz kechish tartibi mavjud bo‘lgan o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari (Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ukraina va h.k.) amaliyoti uchun xos. Taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyotida esa o‘zaro talab va majburiyatlarni voz kechishga asoslangan hisob-kitoblar mavjud emas. O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida esa, iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta'minlanganlik darajasi past bo‘lganligi sababli xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar o‘rtasida debitor-kreditor qarzdorlik miqdori katta. Bunday sharoitda debitor-kreditor qarzdorlik miqdorini qisqartirish, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning Davlat byudjeti oldidagi qarzdorligini kamaytirish maqsadida o‘zaro talab va majburiyatlarni voz kechish usulidan foydalanishga majbur bo‘lishadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida 2009 yilning 1 yanvar holatiga monetizatsiya koeffitsiyentining amaldagi darajasi 18,8 foizni tashkil qildi. Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining tavsiyasiga ko‘ra, monetizatsiya koeffitsiyentining eng past darajasi 30-33 % bo‘lishi kerak. Prof O.I.Lavrushin tahriri ostida chop etilgan “Bankovskoye delo” darsligida naqd pulsiz hisob-kitoblarga quyidagi uch shaklda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar kiritiladi: – to‘lovchilar va pul mablag‘larini oluvchilarning kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlariga yozish yo‘li bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar; – o‘zaro talablarni voz kechish yo‘li bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar; – muomaladagi to‘lov instrumentlari (veksellar, varrantlar va h.k.) ni uzatish orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning yuqorida keltirilgan ta'rifidan farqli ravishda, O.I. Lavrushin ta'rifida to‘lov instrumentlari vositasida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar ham naqd pulsiz hisobkitoblarga kiritiladi. Fikrimizcha, O.I.Lavrushin tomonidan berilgan ta'rif naqd pulsiz hisob-kitoblarning mazmunini to‘laroq ochib berishga xizmat qiladi. Buning sababi shundaki, mazkur ta'rifda birinchidan, o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining xo‘jalik amaliyoti uchun xos bo‘lgan o‘zaro talablarni voz kechishga asoslangan hisob-kitoblar o‘z ifodasini topgan; ikkinchidan, banklardagi hisobraqamlariga yozish orqali amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar e'tirof etilgan; uchinchidan, to‘lov instrumentlari orqali yuzaga keladigan naqd pulsiz hisob- kitoblarning mavjudligi ta'kidlangan. Tovarlar va xizmatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lov instrumentlarining ikki turidan, ya'ni oddiy va o‘tkazma tijorat veksellaridan keng foydalaniladi. Shunisi xarakterliki, tijorat vesksellari pulning to‘lov vositasi funktsiyasini bajara oladi. Shu sababli, naqd pulsiz to‘lov aylanmasida ishtirok etadigan pul mablag‘larining ma'lum qismining o‘rnini bosa oladi. Masalaning ikkinchi jihati ham bor. Ushbu jihatning mazmuni shundan iboratki, o‘tkazma tijorat veksellari indossament orqali bir necha marta aylanish xususiyatiga ega bo‘lib, xo‘jalik sub'ektlari o‘rtasidagi debitorkreditor qarzdorlik hajmini keskin qisqartirish imkonini beradi. Demak, oddiy va o‘tkazma tijorat veksellari muomalasi orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar ham naqd pulsiz hisob-kitoblarga kiradi. Iqtisodchi olimlar o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish xususida xilma-xil qarashlar mavjud. Masalan, taniqli iqtisodchi olim O.Xershi tomonidan yaratilgan “ochiq ofertalar” nazariyasiga ko‘ra, akkreditivda ko‘rsatilgan benefitsiarga to‘lanishi va'da qilingan summa oferta hisoblanadi va u aktseptlangungaqadar ochiq qoladi. A. Shamrayevning fikriga ko‘ra, ushbu nazariyada akkreditivlarning chaqirib olinmaslik printsipi o‘z ifodasini topmagan. Bizning fikrimizcha, “ochiq ofertalar” nazariyasi O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining hozirgi holat uchun amaliy ahamiyatga ega emas. Chunki respublikamizda asosan ta'minlangan hujjatlashtirilgan akkreditivlardan foydalanilmoqda. Bunda benefitsiarga to‘lov summasini va'da qilishga zaruriyat yo‘q. Buning sababi shundaki, ta'minlangan akkreditivlarda to‘lov summasi alohida hisobraqamida deponent qilinadi. S.Moiseyevning fikricha, mamlakatda dollarlashuvning joriy etilishi inflyatsiyaning pasayishiga, naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasini keskin qisqartirishga olib keladi. U qator mamlakatlarning dollarlashuvga o‘tish borasidagi tajribalaridan misol keltiradi va quyidagi xulosalarni shakllantiradi: -kichik davlatlarda dollarlashuvga o‘tish, ya'ni milliy valyutani muomaladan olib, uning o‘rniga AQSh dollari va boshqa yetakchi valyutalardan muomala vositasi sifatida foydalanish inflyatsiyani jilovlash, pul muomalasini sog‘lomlashtirish, naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasini keskin qisqartirish imkonini beradi; -norasmiy, ya'ni xufyona dollarlashuv soliqdan qochish, tovarlarni noqonuniy savdosini amalga oshirish maqsadida qo‘llaniladi va pul muomalasining holatini yomonlashuviga olib keladi; -dollarlashuv mamlakat Markaziy bankiga mustaqil pul-kredit siyosatini amalga oshirish imkonini bermaydi; -dollarlashuv valyutaviy boshqaruvga o‘tishni taqozo qiladi; -dollarlashuv natijasida AQSh Federal zaxira tizimi kata miqdorda daromad, ya'ni sarmoya olish imkoniga ega bo‘ladi. Pullarning banklardan tashqari aylanmasi masalasining alohida nazariy va amaliy jihatlari o‘zbekistonlik iqtisodchi olimlardan A.Vaxabov, D.G‘ozibekov, O.Olimjonov, O.Namozov, T.Malikov, Sh.Shodmonov, N.Jumayevlarning ilmiy izlanishlarida o‘z ifodasini topgan. A.Yurov Rossiya Federatsiyasi amaliyoti misolida naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasini tahlil qilgan va quyidagi ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqqan: 1. Naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasini qisqartirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar, yakka tadbirkorlar va tijorat bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslarning naqd pul bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarini tartibga solishning me'yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish lozim. 2. Rossiya Markaziy bankining naqd pullarni emissiya qilish xarajatlarini kamaytirish lozim. Buning uchun, birinchidan, past nominalli monetalarni muomaladan chiqarib tashlash lozim; ikkinchidan, monetalarga sarflanayotgan metall sarfini kamaytirish zarur. A.Yurovning hisob-kitoblariga ko‘ra, 1,5 va 10 nominalga ega bo‘lgan monetalarning bank kassalariga qaytib kelishi 3 foizni tashkil etmoqda. Shuning uchun 1 va 5 nominalga ega bo‘lgan monetalarni muomalagachiqarmaslik maqsadga muvofiqdir. Akademik Ye.Jukov tahriri ostida chop etilgan “tenge kredit, banki” mavzusidagi darslikda naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasini qisqartirishda naqd pul tushumlarini prognoz qilishni takomillashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub'ekt va tijorat banki o‘rtasida naqd pullarni bank kassasiga topshirish vaqtini aniqlashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish kabi tadbirlardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi e'tirof etilgan. Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy adabiyotda naqd pulsiz hisob-kitob shakllarini tasniflash, ulardan foydaalnish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha xilma-xil qarashlar, fikr va mulohazalar mavjud. Hozirgi kunda respublikamiz bank tizimi o’z ichiga bir necha turdagi banklarni oladi. Bular aksiyador, xususiy, qo’shma, ipoteka va davlat banklaridir. Bu tijorat banklarining har biri turli mulkchilik shakillariga tegishli bo’lgan korxona, tashkilot, muassasalarga hamda yuridik maqomga ega bo’lmagan tadbirkor va jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatadi. Banklar tomonidan xalq xo’jaligiga xizmat ko’rsatish jarayonida banklararo munosabatlarvujudga keladi. Banklararo munosabatlar banklararo hisob-kitoblar (oborotlar) orqali olib boriladi. Banklararo oborotlarning mazmuni shundan iboratki, bir bank tizimidan foydalanuvchi korxonaning talab qiluvchiga saqlanadigan hisob varag’idan boshqa hisobvarag’iga hujjatda ko’rsatilgan summa buxgalteriya yozuvlari orqali o’tkaziladi. Demak, bir-birlari bilan hisob kitoblarni yurituvchi korxonalarning hisobvaraqlari turli banklarda joylashganligi ikkita bank o’rtasidagi hisob- kitoblarni yuzaga keltiradi. Agar o’zaro aloqada bo’lgan korxonalarning har ikkisi bitta bank xismatidan foydalansalar , u holda banklararo oborotlar vujudga kelmaydi. Unda pul o’tkazish operatsiyalari bir bankning o’zida amalga oshiriladi. Operatsiyalarni boshlagan banklardagi oborotlar boshlang’ich bank oborotlari deyiladi. Operatsiyalarni tugallangan bankdagi oborotlar yakuniy oborotlar deyiladi. Har bir boshlang’ich oborotga yakuniy oborot mos kelishi shart. Respublikamiz banklari o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblarni o’tkazish tartibi bir necha marta o’zgartirilgan. O’tkan asr 80-yillarining oxiri 90-yillarining boshlarigacha barcha banklar davlat mulki bo’lib bir pog’onali davlat tizimi mavjud edi. Banklararo hisob-kitoblarni olib boorish bevosita to’g’ridan-to’g’ri bir bankdan ikkinchi bankka to’lov hujjatalarini jo’natish orqali olib boriladi. Hujjatlarni jo’natish pochta yoki telegraf orqali amalga oshirilar edi. Buning uchun boshqa bankka jo’natilishi lozim bo’lgan hujjatlar asosida “avizo”, ya’ni ogohnoma tuzilib kerakli bankka jo’natilar edi. Avizolar debet va kredit avizolarga bo’linardi. Banklararo hisob-kitoblar hisoblash markazida nazorat qilinar edi. 90 yillarning boshlaridan banklararo hisob-kitoblarni olib boorish uchun hisob markazlari (raschetniy tsentr) ochildi. Bir yil o’tgandan so’ng ularning o’rnida kliring markazlari tashkil etildi. Lekin ularning nomi o’zgargani bilan funksiyalari bir xil edi, ya’ni ular banklar o’rtasidagi hisob kitoblarni tashkil qilar edilar. Bir shahardagi hisob kitoblarni, olib boorish uchun bir shahar ichidagi banklararo o’zaro hisob-kitoblardan foydallanar edilar. Turli shaharlarda joylashgan banklar bir-birlariga vakillik hisobvarag’i ochib o’zaro munosabatlari shu hisobvaraqlari orqali olib borilar edi. 1995- yilda Markaziy bank tomonidan xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida barcha hududiy Markaziy bank boshqarmalari qoshida hisob-markazlari tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Kliring markazlari tugatildi. Pochta orqali jo’natiladigan ogohnomalar ham bekor qilindi. Yangi hisob-kitob tizimi “elektron pochta” to’lov tizimi joriy etildi. Download 152.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling