Bank ishi” yo’nalishi mavzu: “Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi va uni takomillashtirish” mavzusidagi kurs ishi guruh: sbi55
Download 152.56 Kb.
|
13TAYYOR
Bir hudud ichida banklararo hisob-kitoblar bu- bir hisob-kitob markazida ochilgan vakillik hisobvarag’iga ega bo’lgan banklar orasidagi hisob-kitoblardir. Hudud ichidagi banklararo hisobkitoblarni o’tkazish uchun 27416 balans hisobvarag’I ajratilgan. 27416 hisobvarag’ining nomi “Bir hisob kitoblar Markazi ichidagi o’zaro hisob-kitoblar” dir. Bu hisob-kitob markazida xizmat ko’rsatadigan banklarning barcha elektron to’lov hujjatlari 27416-balans hisobvarag’ida hamda tijorat banklarining vakillik hisobvarag’ida aks ettiriladi. Tijorat banklaridan elektron hujjatlarni qabul qilib olgan hisob-kitob markazi ularni banklar bo’yicha saralaydi. Bu hujjatlarning o’zi alohida debet va kredit hujjatlariga bo’linadi. Shundan keyin debet jujjatlari bo’yicha alohida, kredit hujjatlari bo’yicha alohida buxgalteriya yozuvlari o’tkaziladi. Debet hujjatlari bo’yicha dastlab quyidagi provodka o’tkaziladi.
Debet 27416 Kredit 21302 TB ‹‹A›› Bir vaqtning o’zida quyidagi javob provodkasi o’tkaziladi. Debet 21302 TB ‹‹B›› Kredit 27416 Bu ikki yozuv orqali biz 27416 hisobvarag’ining transit hisob varaq ekanligini va bir vaqtning o’zida yopilishini ko’rishimiz mumkin. Hisob-ktob Markazlariga tijorat banklariga tushadigan hujjatlarning asosiy qismi kredit hujjatlaridir. Kredit hujjatlari bo’yicha ham hisob-kitob Markazlarida buxgalteriya yozuvlari o’tkazilib ular quyidagilardir. Bir tijorat bankining vakillik hisobvarag’ida pul mablag’larining ko’payishi bo’yicha: Debet 21302 TB ‹‹A›› Kredit 27416 Ikkinchi tijorat bankining vakillik hisobvarag’ida pul mablag’larining kamayishi bo’yicha : Debet 27416 Kredit 21302 ‹‹B›› Tijorat banklarining vakillik hisobvarag’idan mablag’larni hisobdan chiqarish va vakillik hisobvarag’iga mablag’larni o’tkazish har bir kelib tushgan yozuvning qayta ishlash jaaryoni bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, shuning uchun barcha to’lov hujjatlari bir vaqtning o’zida 27416 hisobvarag’ining ham debeti ham krediti bo’yicha aks ettiriladi. Bu hol har bir operatsiya bo’yicha va mos ravishda kun yakunlari bo’yicha 27416- hisobvarag’ining avtomatik ravishda yopilishiga olib keladi, ya’ni hisobvaraq qoldig’i nolga teng bo’ladi 27416- hisob raqamining 0 ga yopilishi bir hisob-kitoblar Markaziga qarashli tijorat banklari o’rtasida hisob kitoblarning muvaffaqiyatli yakunlanganligini ko’rsatadi. Bir hudud ichidagi barcha to’lovlar tijorat banklarining vakillik hisobvarag’I bo’yicha chiqariladigan ko’chirmalarda 27416 – shaxsiy javob varaqda va hudud ichidagi o’tkazmalar jurnalida aks ettiriladi. Ularni kun oxirida majburiy tartibda beriladi. Hudud ichidagi banklararo hisob kitoblar taqqoslanmaydi, lekin ular bo’yicha hisob tuzib boriladi. Markaziy bankka beriladigan hisobot uchun hudud ichidagi to’lovlar bo’yicha 606 – shakldagi tuzilgan hisobot Toshkent shahri axborotlashtirish bosh markaziga topshiriladi. Unda kun bo’yicha hisob-kitob markazidan o’tadigan hudud ichidagi debet va kredit oborotlarining umumiy summasi va soni ko’rsatiladi. Download 152.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling