Bank ishi” yo’nalishi mavzu: “Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi va uni takomillashtirish” mavzusidagi kurs ishi guruh: sbi55
Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi, vakillik hisobvaraqalari orqali banklarning munosabati
Download 152.56 Kb.
|
13TAYYOR
Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi, vakillik hisobvaraqalari orqali banklarning munosabati.
Hozirgi paytda tijorat banklari o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblar Markaziy bank orqali o’tkaziladi. Buning uchun Markaziy bank qoshidagi Hisob-kitob markazlarida alohida transit hisobvaraqlari ochilgan. Bunday transit hisobvaraqlari tijorat banklarining hech birida yuttirilmaydi. Lekin tijorat banklari o’zlarining banklararo munosabatlarini olib boorish uchun Hisob-kitob markazlarida vakillik hisob-varag’ini ochishlari lozim. Tijorat banklarining vakillik hisobvarag’i ikki xil ochilishi mumkin: Hududiy boshqarma tijorat banklarining barcha bo’limlari uchun markaziy bank hududiy bosh boshqarmasida mintaqa bo’yicha yagona vakillik hisobvarag’i ochadi. Har bir bo’limga esa alohida hisobvaraqlari ochiladi; Tijorat banklarining har bir bo’limi uchun alohida Markaziy nakning hududiy bosh boshqarmasida vakillik varag’i ochiladi. Vakillik hisobvarag’i ochilayotganda Markaziy bankning xududiy bosh boshqarmasi o’rtasida vakillik munosabatlari to’g’risida shartnoma tuziladi. Tijorat banki vakillik hisobvarag’i ochilishini rasmiylashtirish uchun hududiy boshqarmaga hisobvaraq ochish to’g’risidagi ariza, bank ustavining notarial tasdiqlangan nusxasi, imzolar va muxr izi tushirilgan varaqlarining notarial tasdiqlangan nusxasi va bosh bank arizasi yoki iltimosnomasi taqdim etiladi. Vakillik hisobvarag’i Markaziy bank farmoyishiga ko’ra ochiladi. Vakillik hisobvaraqlari nomerini va bank kodini Bank Depozitlari Milliy Axborot Bazasi (BDMAB) belgilaydi. Vakillik hisobvarag’i ochish to’g’risidagi farmoyish tijorat banki hududiy boshqarmasi va bo’limiga, uning nusxasi Respublika Markaziy bankning tegishli xududiy bosh boshqarmasiga jo’natiladi. Shunday qilib, bankning vakillik hisobvarag’i bu- tijorat bankiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hududiy bosh boshqarmalarining hisob-kitob markazlarida ochilgan hisobvaraq bo’lib, u banklararo hisob-kitoblarini o’tkazishga mo’ljallangandir. Vakillik hisobvarag’i ham boshqa hisobvaraqlar singari 20 razryaddan iborat. Hisob-kitob markazlarida vakillik hisobvaraqlari tijorat banklariga hamda hisob-kassa markazlariga ochiladi. Boshqa banklarga ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21302- balans hisobraqami bo’yicha, hisob-kassa markazlariga ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21304- balans hisob raqamiorqali olib boriladi. Masalan: Parvina bankining Toshkent shahar bo’limi Toshkent hisob-kitoblar Markazida asosiy vakillik hisobvarag’ini ochgan. Uning BDMAB tomonidan berilgan kodi 00410. Parvina banki Toshkent shahar bo’limining vakillik hisobvarag’i nomeri quyidagicha bo’ladi. Bunda: 1.21302 – “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlariga to’lashga” deb nomlangan balans hisobvarag’i nomeri. 2.000 – valyuta kodi, bu 3 ta nol vakillik hisobvarag’ining “som” da yuritilishini bildiradi. 3.K – nazorat kaliti 4.00000410 – bankning unikal kodi. Parvina banki bo’limining Toshkent shahar kodi 00410. Lekin har bir hisobvaraqda unikal kod uchun 8 ta raqam ajratilgani sababli, bu kod nollar bilan to’ldiriladi. 5. 001 – ushbu bank hisobvarag’ining tartib nomeri. Yuqorida ko’rsatilgan vakillik hisobvarag’i Hiosb-kitoblar markazida yuritilib HKM uchun passiv hisobvaraqlardir. Mablag’larning kelib tushishi va hisobvarag’ qoldig’i hisobvaraqining kredit qismida, mablag’larning kamayishi esa uning debet qismida aks ettiriladi. Barcha to’lovlar vakillik hisobvarag’I qoldig’I chegarasida amalga oshiriladi. Har bir bankning o’zi ham vakillik hisobvarag’ini yuritadi. Bu hisobvaraq bank bolansining aktiv qismida yuritilib, bankning ichki vakillik hisobvarag’i deb nomlanadi. Ichki vakillik hisobvarag’I 10301 balans hisob varag’ida yuritiladi. Tijorat bankining Hisob- kitob markazida ochilgan vakillik hisobvarag’i tashqi vakillik hisobvarag’i deb yuritiladi. To’lovni amalga oshirish uchun asosiy mezon operatsion kunning boshida ichki va tashqi vakillik hisobvaraqlaridagi oborotlarning va qoldiq mablag’larining bir-biriga mos kelishi hisoblanadi. To’lovning eng katta summasi cheklanmagan. Har kuni ertalab hisob markazi tomonidan berilgan tijorat banki hisobvarag’idan ko’chirmasi tijorat banki tomonidan tasdiqlangandan so’ng, ushbu hisobvaraq bo’yicha yangi kun operatsiyalari boshlanadi. Shunday qilib, banklararo hisob-kitoblar Hisob-kitob markazi orqali tashkil etiladi. Hisob-kitoblar markazi – bu O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki xududiy bosh boshqarmalarining buxgalteriya hisobi, hisob va hisob-kitoblar boshqarmasining bo’limi bo’lib, uning funksiyasiga banklarning vakillik hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish va banklararo hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash kiradi. Hisob-kitob markazlari ma’kumotlarini qabul qilish, nazorat va uzatishning avtomatlashgan tartibiga ega bo’lgan to’lov tizimining ishonchliligi va xafsizligini mustaxkamlash maqsadida tashkil etilgan edi. Hozirgi kunda bu markazlar elektron to’lovlar tizimi asosida banklararo hisob-kitoblarni olib bormoqdalar. “Mikrokreditbank” ochiq aktsiyadorlik – tijorat bankining «Buxgalteriya hisobi va hisoboti siyosati» O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy bank to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida »gi, “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunlari, va Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Hisob siyosati moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish, operatsiyalarni balans hisobvaraqlarida aks ettirish hamda nazoratini ta'minlashda bank tomonidan qabul qilingan aniq tamoyillar, asoslar,shartlar, tartib va amaliyotlar majmuasidir. Buxgalteriya hisobining Xalqaro standartlari (BXXS) dan bank buxgalteriya hisobining asoslari sifatida foydalaniladi, BXXS O‘zbekiston Respublikasining me'yoriy-xuquqiy xujjatlariga zid kelgan joylari bundan mustasno. Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axborotlari bilan ta'minlashdan iboratdir. Buxgalteriya hisobining maqsadi mazkur hisobning uch asosiy xususiyatlarini ta'riflash orqali belgilanishi mumkin, bular: xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar haqidagi moliyaviy axborotni solishtirma tenglashtirish (identifikatsiya); baxolash; manfaatdor tomonlarga berishdan iborat. Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: a) buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq va aniq ma'lumotlarni shakllantirish; b) samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini umumlashtirish; c) moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish; g) qarorlar qabul qilish uchun foydali bo‘lgan moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlash va keng foydalanuvchilar doirasining umumiy axborotlarga bo‘lgan extiyojlarini belgilangan tartibda qondirish. Xalqaro andozalariga muvofiq Bankda buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishda quyidagi asosiy tamoyillariga tayaniladi: a) ikki yoqlama yozuv usuli - buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida barcha operatsiyalar ikki yoqlama yozuv, ya'ni bir hisobvaraq debeti bo‘yicha va boshqa hisobvaraq kreditida bir xil summada aks ettiriladi; b) baholash - bank operatsiyalari, aktivlari va passivlari pul o‘lchovida ifoda etiladi; c) aniqlik - axborotning haqqoniyligi, aniqligi dastlabki buxgalteriya xujjatlaridan to buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllari takdim etilishiga qadar asosiy qoida hisoblanadi; g) hisoblash - xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan daromadlar yoki xarajatlar, mablag‘ o‘tkazilishidan qat'iy nazar, tovarlar yetkazilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan hisobot davriga kiritiladi. d) uzluksizlik - barcha bank operatsiyalari ular amalga oshirilishidan kelib chiqqan holda bank faoliyatining butun davri uchun ro‘yxatdan o‘tkaziladi; e) oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik) – hisobotlarda aktivlarni baholashni oshirib ko‘rsatish va majburiyatlarni kamaytirib ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi; j) mazmunning shakldan ustunligi - axborot xujjat va hisobotlarda operatsiyalarni aks ettirilishida nafaqat yuridik shakliga, balki ularning iqtisodiy mazmuniga e'tibor qaratiladi; z) ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi - bank faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlar bir necha hisobot davrlari ma'lumotlari bilan taqqoslab chiqiladi; i) moliyaviy hisobotning betarafligi – shuni bildiradiki, bu narsa chetga chiqishlardan xoli bo‘lishi lozim; k) hisobot davri daromad va xarajatlarining muvofiqligi-hisobotda mazkur hisobot davrida daromad olish imkoniyatini yaratgan xarajatlargina aks ettiriladi; l) aktivlar va majburiyatlarning xaqiqiy baxolanishi – aktivlar va majburiyatlarni baxolashning asosi ularning tannarxidan yoki sotib olish qiymatidan iborat bo‘ladi. Moliyaviy hisobotlar buxgalteriya balansini, foyda va zararlar hamda pul oqimlari haqidagi hisobotlarni, izohlar va grafiklarni o‘z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi sub'ektning aktivlari, o‘z sarmoyasi, majburiyatlari, daromad va xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, ro‘yxatga olish va umumlashtirish tizimidir. Bank buxgalteriya hisobi xar qanday holda xam quyidagilarni ta'minlashi shart: a) xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini; b) buxgalteriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini; c) hisob-kitob xujjatlarining saqlanishini; g) tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini; d) soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy xujjatlar tayyorlanishini; e) hisob - kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini. Bankning buxgalteriya tizimi O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2008 yil 11 iyulda 1834-son bilan ro‘yxatga olingan «O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida»gi Yo‘riqnoma va unga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq hisob-kitob pul xujjatlarini rasmiylashtirish, nazorat qilish hamda buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari bo‘yicha bank operatsiyalarini aks ettirish bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni o‘z ichiga oladi. Bosh buxgalter tomonidan buxgalteriya tizimi boshqariladi hamda hodimlarining orasida lavozim majburiyatlari taqsimlanadi. Buxgalteriya hodimlarining ish kunini tashkil etish shunday hisobkitob bilan belgilanadiki, bunda kelib tushayotgan hisob-kitob pul xujjatlarining o‘z vaqtida ijrosi va ularni hisobvaraqlar bo‘yicha buxgalteriya hisobida aks ettirilishi kundalik balansni tuzish bilan ta'minlanadi. Operatsion kun buxgalteriya hodimlari tomonidan xujjatlarni qabul qilish, ularni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari bo‘yicha aks ettirish davrini o‘z ichiga oladi. Elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004 yil 12 maydagi 10-A/3- sonli qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi banklari O‘rtasida elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha hisob-kitoblar yuritish to‘g‘risida” gi Nizom (yangi tahriri) hamda unga kiritiladigan o‘zgartirishlardan kelib chiqib amalga oshiriladi. ”Mikrokreditbank” OATB filiallarida buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2004 yil 17 iyuldagi 15/3-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi»ga muvofiq yuritiladi. Barcha operatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 11 iyulda tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida»gi 1834-sonli Yo‘riqnomaga asosan milliy valyutada, shuningdek xorijiy valyutada hamda milliy valyutadagi ekvivalentida xam yuritiladi. Amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalar Bosh va yordamchi kitoblarda hisobga olinadi. Bosh kitob – bu, bankning moliyaviy hisobotlarida (balans hisoboti, daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi hisobot hamda boshqalar) ko‘rsatiladigan hisobvaraqlar guruhidir, ya'ni bosh kitobdagi hisobvaraqlar umumiy ma'lumotni aks ettiradi, lekin batafsil ma'lumot bilan ta'minlamaydi. Bosh kitob hisobvaraqlari qo‘shimcha daftar hisobvaraqlariga nisbatan nazorat hisobvaraqlari vazifasini bajaradi. Yordamchi kitob - xar bir buxgalteriya ob'ektlari va sub'ektlari uchun ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar, kartochkalar, daftarlar hamda jurnallardan iborat bo‘lib, dastlabki xujjatlarga tayanadi. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari balansga nisbatan balans hamda ko‘zda tutilmagan xolatlar hisobvaraqlariga bo‘linadi. Balans hisobvaraqlari aktiv, passiv, kontr-aktiv va kontr-passiv hisobvaraqlarga bo‘linadi. Xorijiy valyutadagi operatsiyalar bo‘yicha, xar bir valyuta turi yuzasidan alohida bosh va yordamchi kitoblar yuritiladi. Ko‘zda tutilmagan xolatlar hisobvaraqlarida amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligini qo‘shimcha nazorat qilish maqsadida kontr hisobvaraqlar yuritiladi. Ko‘p valyutali buxgalteriya hisobi tizimida asosiy vositalar, daromad va xarajatlar hisobi milliy valyutada yuritiladi hamda aks ettiriladi. Bank operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan to‘lov xujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bank xujjatlari o‘zida operatsiyalarni aks ettirishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: a) kassa xujjatlari; b) hisob-kitob xujjatlari; c) memorial xujjatlar (orderlar); g) ko‘zda tutilmagan holatlar kirim-chiqim orderlari. Kassa xujjatlari - ushbularga nakd pullarni topshirish e'lonnomasi, cheklar, chiqim va kirim kassa orderlari kiradi. Ushbu xujjatlarning vazifasi so‘mda, shuningdek xorijiy valyutada nakd pullarni qabul qilish va berishdan iborat. Hisob-kitob xujjatlari - bularga to‘lov talabnomalari, to‘lov topshiriqnomalari, inkasso topshiriqnomalari, hisob-kitob cheklari, akkreditiv uchun arizalar kiradi. Shuningdek, hisob-kitoblar plastik kartochkalar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Mazkur xujjatlardan ta'minotchilar tomonidan maxsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan to‘lovlarni undirish yoki byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalar va boshqa kreditorlar oldidagi majburiyatlarni to‘lash uchun foydalaniladi. Memorial xujjatlar (orderlar) – bank tomonidan amalga oshiriladigan ichki bank operatsiyalari, ya'ni hisoblangan foizlar, asosiy vositalarni kelib tushishi, hisobdan chiqarilishi, eskirish hisoblanishi, ish xaqi va unga nisbatan hisoblangan turli chegirmalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda, olingan daromadlar hamda foydani hisob-kitob qilish bilan bog‘liq bo‘lgan buxgalteriya o‘tkazmalari, mijozlarning 2-sonli kartotekasidagi 90963 «Muddatida to‘lanmagan to‘lov xujjatlari» hisobvaraqlaridagi muddatida to‘lanmagan to‘lov xujjatlaridan qisman to‘lovlarni o‘tkazish va fuqarolarning yozma topshiriqlari yuzasidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan pul mablag‘larini nakd pulsiz o‘tkazishda foydalaniladi. Ko‘zda tutilmagan xolatlar kirim va chiqim xujjatlari (orderlari) - kafolatlar, kafilliklar, kreditlar bo‘yicha ta'minot turlari, akkreditivlar, lizing va faktoring operatsiyalari, qat'iy hisobda turuvchi blankalar hamda boshqa hisobvaraqlar yuzasidan hisob-kitoblarda foydalaniladi. Dastlabki buxgalteriya axboroti kompьyuter texnikasida qayta ishlab chiqiladi va dasturiy yo‘l orqali jamlanadi. Natijada buxgalteriya xodimlari kerakli bo‘lgan taxliliy xarakterdagi barcha zaruriy shakllar (shaxsiy hisob-varaqlar) va asosiy daftarning barcha shakllari (balans, to‘lov qaydnomasi, kassa jurnallari)ni oladilar. Yuqoridagi hisob-kitob pul to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirishda imzolar mas'ul shaxslarning o‘z qo‘li bilan qo‘yilgan bo‘lishi shart. Barcha hisob-kitob pul xujjatlarida imzo namunasi tushirilgan shtamplarni (faksimile) qo‘yish ta'qiqlanadi. Buxgalteriya axboroti sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq belgilanadi. Buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi. Buxgalteriya hisobi registrlarining mazmuni bilan tanishishga Qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollarda bank ma'muriyatining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat etilgan shaxslar ularning maxfiyligini saqlashlari shart. Ichki ma'lumotlar bilan tanishishga ruxsat etilgan shaxslar ularning maxfiyligini saqlashlari lozim. O‘z majburiyatlarini bajarish jarayonida buxgalteriya hisobi ma'lumotlari bilan tanishuvchi auditorlar, soliq nazoratchilari va boshqa shaxslar Qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollardan tashqari, ularning maxfiyligini saqlashlari shart. Bank siriga mansub deb topilgan ma'lumotlarni oshkor etgan hodim O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Download 152.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling