Bank ishi” yo’nalishi sbi 55 guruh talabasi Maxmudov Elmurod Atabaevich mavzu: “Banklararo kreditlar va ularning buxgalteriya hisobi.” mavzusidagi kurs ishi tekshirdi: toshkent 2023 Mavzu


Download 199.5 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi199.5 Kb.
#1620254
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Banklararo kredit resurslari
Banklararo bozorning rivojlanishi vaqtinchalik boʻsh turgan pul mablagʻlarini banklar oʻrtasida qayta taqsimlanishiga imkoniyat tugʻdiradi. Undan bank oʻzining likvidligini taʻminlashi uchun turli xil muddatda mablagʻlarni jalb etishlari mumkin, xususan, bir kundan bir necha oygacha boʻlgan muddatni tashkil etadi. Bu mablagʻlarni banklararo kredit resurslari bozoridan qay darajada jalb qilishi iqtisodiy konyunkturaga, bank nufuziga va banklararo bozordagi boshqa tijorat banklarining faoliyati bilan bogʻliq. Banklararo kredit resurslari bozori mamlakatimizda oʻz faoliyatini yuritmoqda, unda bank resurslarini sotish va sotib olish indikatorlari eʻlon qilinadi va qatnashish huquqini olgan banklar boʻsh turgan bankning resurslarini sotadi, oʻzining majburiyatlarini bajarish uchun yetishmagan mablagʻlarini boshqa banklarning mablagʻlari hisobidan jalb qiladi. Banklar resurslarni sotishlari natijasida oʻziga foizli daromad oladi, bank resurslarga zaruriy ehtiyojlar sezganda bank ularni sotib olishi ham mumkin. Bu jarayon banklararo bozordagi eng arzon va qulay usullardan biri hisoblanadi. Bunda bank oʻzining resurslarini mijozlar uchun joylashtirmasdan, balki boshqa banklarga oʻzining boʻsh turgan resurslarini joylashtirish siyosatini olib boradi. Bu siyosat ularning xatarlilik darajasini kamaytirish siyosatining yuritilayotganligini koʻrsatadi. Buning sababi, banklar tomonidan boshqa banklarga berilgan resurslarning xatari mijozlarga berilgan kreditlarning xataridan pastroq boʻlishi shuhbasiz.
Banklararo bozorning rivojlanish omili Markaziy bankning qayta moliyalash tizimi bilan oʻzaro bogʻliq. Banklarda likvidli aktivlar bilan taʻminlash manbai
Markaziy bankning maqsadli kreditlash resurslari bilan shakllanishidadir. Markaziy bank tijorat banklarining likvidliligiga qayta moliyalash siyosati orqali taʻsir koʻrsatishi maʻlum. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kuzatilayotganda koʻpgina davlatlar Markaziy bankning hisob stavkasini ancha pasaytirishgan va ular arzon pullar siyosatini yuritganlar. Masalan, bu sharoitda AQSH Federal Zahira Tizimi tomonidan hisob stavkasini 5,25 foizdan 1 foizgacha tushirgan. Bunday choralar mamlakatning moliyaviy inqirozdan chiqib ketishiga va banklarning likvidliligini taʻminlashga oʻz samarasini bermay qolmaydi.
Banklararo kredit resurslari bozori – bu kredit resurslarini oldi-sotdi qilish maqsadida tashkil etilgan maxsus markazlardir. Banklararo kredit resurslari bozori ssuda kapitallari bozori ham deb ataladi.
Banklararo kredit resurslari bozorida tijorat banklarining birinchi qismi kredit resursi sotuvchi sifatida, ikkinchi qismi esa, kredit resursini sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi.
Banklararo kredit resurslari bozori ikki segmentdan iborat:
pul bozori;
kapital bozori.
Pul bozorida qisqa muddatli, yaʻni muddati 12 oygacha boʻlgan depozitlar va kreditlarning foiz stavkalari shakllanadi.
Kapital bozorida oʻrta va uzoq muddatli depozitlar va kreditlarning foiz stavkalari shakllanadi.
Banklar resurslarini boshqa banklardan ssuda olish, yaʻni banklararo kredit hisobiga ham kengaytirish mumkin. Ortiqcha kredit resurslarini sotish bilan moliyaviy barqaror tijorat banklari shugʻullanadi. Bu resurslar daromad keltirishi uchun banklar bu resurslarni boshqa banklarga joylashtirishga harakat qiladilar. Banklar resurslarini joylashtirib, daromad olishdan tashqari, bank-kreditor uchun bankning boshqa faoliyatlari boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlariga ega boʻladi. Banklar uchun oʻz kredit resurslarini xoʻjaliklarga joylashtirishdan koʻra, banklarga joylashtirish foydaliroqdir. Ayniqsa, hozirgi sharoitda kreditning qaytishi uchun kafolat xoʻjalik korxonalaridan koʻra banklarda kattaroqdir.
Banklararo kreditning muddatlari har xil. Rivojlangan davlatlar tijorat banklari amaliyotida bir, uch, olti oy muddatli banklararo kredit berish koʻprok ishlatiladi. Yana shuni aytib oʻtish joizki, 1 kundan tortib bir necha yil muddatga beriladigan banklararo kredit berish ham rivojlanmokda.
Hozirgi paytda MDH davlatlarida 3 oydan 6 oy muddatgacha banklararo kreditdan foydalanish banklar faoliyatida keng tarqalgan. Banklararo kreditning foiz stavkasi, odatda, xoʻjaliklarga beriladigan kreditlar foiz stavkasidan past boʻladi va Markaziy bank tomonidan bu stavkalar nazorat qilinadi. Resurslarni jalb qilish nuqtayi nazaridan esa bank uchun banklararo kredit boshqa depozitlarni jalb qilishdan koʻra qimmatroqqa tushadi. Banklar resurslarini banklararo kreditlar hisobiga shakllantirishdan maqsadi shuki, banklar oʻz mijozlarini kreditga boʻlgan ehtiyojini qondirishdir va kredit qoʻyilmalarini yanada kengaytirib foyda olishdir.
Banklararo bozor moliya bozorining segmentlaridan biri hisoblanib, bank investitsiyalarini real iqtisodiyotga bank tizimida jamlangan mablagʻlarni tez va samarali qayta taqsimlash orqali joylashtirishni taʻminlaydi. Banklararo bozorning faoliyat yuritishi iqtisodiyot uchun investitsiya boʻyicha maʻlum qarorlarini qabul qilish nuqtayi nazaridan ularning umumiy hajmi va samaradorligiga taʻsir koʻrsatadi va pirovard natijada, iqtisodiy oʻsishga erishishni taʻminlashda muhim rol oʻynaydi. Banklararo bozor faoliyatida tartibga solingan tizimning mavjudligi har qanday zamonaviy bank tiziminining asosini tashkil etib, banklarning zaruriy mablagʻlardan foydalanishlarini yengillashtiradi, bank bitimlari hajmini koʻpayishini taʻminlaydi, qoʻshimcha mablagʻlarni ushlab turish zaruriyatini pasaytiradi. Shuningdek, banklarning ham harajatlar evaziga yanada samarali ishlashlariga imkoniyat yaratib beradi. Yaxshi ishlaydigan banklararo bozor nafaqat banklar faoliyatini yengillashtiradi, balki bozor nomutanosibliklarining vujudga kelishini kamaytiradi. Har qanday bank tizimiga likvidlilikning tebranishi xos. Lekin yaxshi faoliyat yuritayotgan banklararo bozor likvidli mablagʻlarning nazarda tutilmagan isteʻmoli natijasida vujudga kelgan nobarqarorlikni kamaytiradi va kutilmagan holatlarga nisbatan bank sektori barqarorligini taʻminlaydi.
Tor ma‘noda, ssuda kapitalining jahon bozori (SKJB) deganda – xalqaro kredit operatsiyalari roʻy beradigan bozor yoki ssuda kapitalining xalqaro bozori tushuniladi. U oʻz ichiga chet el kreditlari va zayomlar bozorini oladi. Bu bozor, oʻz navbatida, ssuda kapitali (SK) milliy bozoridagi xalqaro operatsiyalarini keltirib chiqaradi. Yevrovalyuta bozori yoki yevrobozor bu chet el valyutasida mamlakat tashqarisida naqd pulsiz depozit – ssuda operatsiyalari roʻy beradigan bozordir. Yevrovalyuta operatsiyalari SKJ bozorini deyarli qamrab olganligi tufayli baʻzi adabiyotlarda SKJB sinonimi sifatida yevrobozor tushunchasi ham ishlatiladi. (Baʻzi bir maʻlumotlarga qaraganda SKJBdagi 70-90% operatsiyalar yevrovalyuta operatsiyalariga toʻgʻri keladi).
Keng manoda, SKJB deganda ssuda kapitalining jahon miqyosida taqsimlanishi va kayta taqsimlanishining iqtisodiy mexanizmi tushuniladi. Yaʻni, bu jarayon ssuda kapitali milliy bozorini va yevrobozorni muvofiqlashtirishga asos boʻladi.
SKJB evolyutsiyasi jahon iqtisodiyotining baynalminallashuv jarayoni dinamikasida oʻz aksini topadi. Bu rivojlanish bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
Birinchi bosqich, rivojlanishining monopol darajasi, SKJB koʻp tarqalgan SK milliy bozorlarining muvofiqlashuvi sifatida koʻringan.
Ikkinchi bosqich, yuqori rivojlanish davrida xoʻjalik aloqalarining baynalminallashuvi va xalqaro kreditning rivojlanishi asosida SKJB shakllanadi.

Dastlab xalqaro kreditning rivojlanishi milliy bozorlarda faqat xalqaro operatsiyalar shaklida namoyon boʻlgan. Asta-sekin yirik bozorlar (London, Parij, Nyu-Yorkda) jahon moliya markazlariga aylanadi. Bu moliya markazlarida oʻtkazilgan operatsiyalar jahon bozorining ikkinchi sektorini shakllantirdi. Bu markazlar offshoring. Off-shove – mamlakat tashqarisida maʻlum bir masofada joylashgan. Jahon moliya markazlariga banklar va kredit-moliya institutlari jamlangan. Xalqaro kredit oltin va chet el valyutasida operatsiyalar olib boradigan bu muassasalar SKJBning tashkiliy markazlari boʻlib qoldi. 1929-1933-yillarda jahon iqtisodiy tanazzuli, undan keyin depressiya va II Jahon urushi davrida tashqi.


savdo hajmi, shuningdek, jahon markazlarida ham, milliy bozorda ham xalqaro operatsiyalarning soni qisqarib bordi. Keyingi bosqichlarda SKJBning rivojlanishining 50-yillardagi yevrobozorning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Valyuta munosabatlarini olib borishda valyuta cheklovlarining yuzaga kelishi va SK milliy bozorlari orasidagi farqlanish mavjudligi sharoitida xalqaro moliya kapitalining harakati va rivojlanishi yagona, milliy davlat boshqaruvidan uctunroq boshqariluvchi bozorni talab qildi. Yevrobozor shunday bozor sifatida vujudga keldi. U milliy bozorlar oʻrtasida oʻziga xos faoliyat olib boruvchi vositachi hisoblanadi. Chunki bunda operatsiyalar milliy davlat tashkilotlari tomonidan boshqarilmaydi. Yevrobozorlar dastlab yevrodollar bozori shaklida rivojlana bordi. Yevrodollarning paydo boʻlishi dollarning chet el banklarida jamgʻarilishiga va ularning kredit operatsiyalarda ishlatilishiga olib keldi. 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab yevrobozor operatsiyalari yevromarka, yevrosterling, yevrofranklar kabi boshqa valyutalarda olib borila boshlandi. Yevrobozor taʻsirida Yevropada yirik jahon moliya markazlari vujudga keldi. Londonda, Syurixda, Parijda va boshqa rivojlangan davlatlarda moliyaviy markazlar paydo boʻlib bordi. ―Yevrobozor‖ terminidagi yevro qoʻshimchasi shu bilan izohlanadi. 60-yillar iqtisodiyotining yana bir xususiyati shundaki, bu davrda Amerika dollar bozori paydo boʻldi.
Ma’lumki, jamiyat faoliyatining asosini ishlab chiqarish tashkil etadi. Ishlab chiqarishni o’zluksizligini ta’minlashda esa kreditning o’rni muhim hisoblanadi.
Boshqacha aytganda korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida ishlab chiqarish jarayonining o’zluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy va aylanma fondlarining aylanishini to’xtab kolishiga yo’l qo’ymaslik, korxonalarni moliyaviy resurslari bilan ta’minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda, sotilgan tovar uchun to’lov summmasini olish va boshqa obyektiv va subyektiv sabablar kreditning zarurligiga olib keladi.
Kredit (lotincha – ishonish – verit, doveryatsya) deganda o’z egalari qo’lida vaqtincha bo’sh turgan ayrim qiymat yoki pul mablag’larining boshqalar tomonidan ma’lum muddatga xaq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kredit qadimdan ma’lum bo’lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo bo’lgan bo’lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan boђliq. Bunga sabab haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo’lmaydi, u tovar sotilsa tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda tovarning qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin.). Shu va boshqa xolatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar muomilasining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan boђliq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo bo’ldi.
Keyinchalik kredit berish mustaqil faoliyatga aylanib, uning asosiy funksiyasi bo’lib pul egalari va unga vaqtincha muxtoj bo’lganlar o’rtasidagi vositachilikdir. Ќozir bu faoliyat maxsus malaka va texnikaga ega bo’lgan maxsus ixtisoslashgan muassasalar-banklar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog’liqki korxonalar mahsulot sotishda, xodimlarga mehnat xaki hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o’z pullarini banklarda saklashi va boshqa xollarda vaqtinchalik bo’sh bo’lgan pul mablag’lari bo’lgani xolda boshqa korxona va tashkilotlarda o’z faoliyatlarini o’zluksizligini ta’minlash uchun tegishli pul mablag’iga ehtiyoj sezadi. Bu xolat qishloq xo’jalik korxonalariga ham tegishli bo’lib, bu ishlab chiqarishni mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish xajmini ko’pchilik mahsulotlar bo’yicha mos kelmasligi, sotilgan mahsulotlarga pulni o’z vaqtida kelib tushmasligi va boshqa xolatlar ularni kreditdan foydalanishni takozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyatini oshishi quyidagilar bilan bog’liq:

  1. Naqd puldan foydalanishni kamaytirib, muomila harajatlarini, pul emissiyasini kamayishini ta’minlaydi.

  2. Korxonalar va axolining vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari kredit muassasalarida saqlanishi tufayli ulardan unumli foydalanish ta’minlanadi.

  3. Bank muassasalariga tuplangan pullar xalq xujaligi tarmoqlari, korxonalarning asosiy va aylanma mablaglarining tuldirishning qarzga olingan manbai sifatida muhim ahamiyatga ega.

  4. Kredit tufayli xujaliklar urtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi ta’minlanadi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining o’zluksizligi ta’minlanadi va boshqalar.

Ijtimoiy iqtisodiy tizimda kreditning o’rni va roli u bajarayotgan funksiyalar bilan aniqlanadi. Kreditning funksiyasi – bu kreditning iqtisodiyotdagi faoliyatining muayyan ravishda namoyon bo’lishidir.
Kreditning funksiyalari:
1. Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish. Bunda kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu resurslarni ishlatadi va bunda qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o’rtasida aylanadi.
2. Qayta taqsimlash. Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlariga – ta’minot, ishlab chiqarish, taksimlash, muomila va iste’molga xizmat kiladi.
Ushbu funksiya yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va shaxsiy sektorning bo’sh pul mablag’lari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga, muayyan to’lov asosida beriladi. Bu funksiya yordamida ishlab chiqarishdagi proporsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi.
3. Muomila harajatlarini tejash. Bu funksiya yordamida nakt pulsiz hisob-kitoblar rivojlantirilib, hisob-kitoblarni tezligini va kam harajatliligi ta’minlanadi. Kapitalning muomilada bo’lish vaqtini tejalishi uning ishlab chiqarishda bo’lish vaqtini oshiradi va ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydani ortishiga olib keladi.
4. Kapital to’planishining jadallashuvi va markazlashuvi. Kapital to’planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo’jalik yurituvchi subyektning o’z maqsadiga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kredit yordamida katta xajmdagi mablag’ga ega bo’lishga imkon yaratadi. Ushbu funksiya xozirgi sharoitda rejali iqtisodiyot davrida rivojlanmagan va mablag’lar bilan ta’minlanmagan faoliyat jabhalarini moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash jarayonini sezilarli tezlashtiradi.
5. Muomilaga to’lov vositalarini chiqarish. Bu funksiyani amalga oshirish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomilasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to’lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kredit tufayli pul muomilasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni, naqd pulsiz hisob-kitoblarga almashtiradi. Bu esa ichki va tashki bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinishining kerakli elementi sifatida muhim o’rin tutadi.
Kreditning obyekti - bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga beriladigan qiymatdir. Boshqacha aytganda kredit aynan qaysi maqsad uchun berilsa, shu kredit obyekti hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik harajatlari - mineral o’g’it, yoqilg’i va moylash materiallari va boshqa harajatlar kreditlanadi. Kredit munosabatlarining subyektlari bo’lib (qarz beruvchi) va qarzdor (qarz oluvchi)lar hisoblanadi.
Boshqacha aytganda kreditlash subyektlari bo’lib davlat korxona va tashkilotlari, qurilish tashkilotlari, savdo tashkilotlari, fermer va shirkat xo’jaliklari, yakka mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar, qo’shma korxonalar, mikro firmalar, birlashmalar, tijorat banklar va boshqalar hisoblanadi.
Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faoliyat ko’rsatsa, tijorat banklari yoki boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida namoyon bo’ladi.


Download 199.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling