Bank krediti xususida to’xtalishdan oldin, avvalo kreditning o’zi nima


Download 17.83 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi17.83 Kb.
#1550422
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)


Kirish
Bank krediti xususida to’xtalishdan oldin, avvalo kreditning o’zi nima ekanligini bilish kerak bo’ladi. Kredit so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib, pul mablag’lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama haqi to’lab qaytarib berish sharti bilan ma’lum bir muddatga qarzga berishni bildiradi. Qarzga mablag’ beruvchi tomon kreditor deb nomlanadi, ya’ni bank, davlat, turli shakldagi korxonalar va xususiy shaxs bo’lishi mumkin. Ssuda oluvchi tomon esa debitor deb atalib, boshqacha aytganda, qarzdor deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari qayd etilgan shartnoma rasmiylashtiriladi va unga asosan kredit mexanizmi amalga oshiriladi.
Aksariyat mualliflarning fikrlariga ko’ra, banklar tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan bog’liq ravishda emas, balki keng ko’lamdagi kredit operastiyalarini amalga oshirish zaruriyati tufayli paydo bo’lgan. Rus itqisodchi olimi I.Traxtenberg fikriga ko’ra, kapitalistik korxonalarning faoliyati kreditsiz rivojlana olmay qolgan davrda banklar, tarixiy zaruriyat sifatida yuzaga keldi va bjsqichma-bosqich shakllanib bordi.4
Kreditga iqtisodiy kategoriya sifatida M.Sharifxo’jaev, A.O’lmasovlar quyidagcha ta’rif berishgan - “Kredit deganda vaqtincha o’z egalari qo’lida bo’sh turgan pul mablag’larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarni tushinish kerak.”5
Umimiy qilib aytganda, kredit munosabatlari deb ssuda foizini hosil qilish va undan foydalanish vaqtida, ya’ni mablag’larni jamg’arish ularni qaytarish hamda foiz to’lash sharti bilan ma’lum muddatga berish vaqtida jamiyat, mehnat kollektivini va alohida fuqarolar o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.
Qisqa qilib aytganda, kreditor – bu kredit munosabatlarining bir tomoni bo’lib, u ssuda beradi. Boshqacha aytganda ssuda beruvchi yoki real mavjud narsani vaqtincha foydalanish uchun berib turuvchi har qanday sub’ekt kreditor bo’la oladi.
Ssuda berish uchun esa kreditor ma’lum mablag’larga ega bo’lishi lozim.
Bu mablag’larning manbalari xilma-xil bo’lishi mumkin. Jumladan,

  • o’z mablag’lari

  • resurslari,

  • jalb qilingan mablag’lar.

Hozirgi kunda kelib bank - kreditor ssuda berishda nafaqat o’z moliyaviy resurslaridan balki undan tashqari hisobraqamlarda saqlanayotgan hamda aksiya va obligatsiyalarni chiqarish orali jalb etilgan mablag’lardan ham ssuda sifatida foydalanmoqda.
Umuman olganda, qarz oluvchi – bu kredit munosabatlarining bir tomoni bo’lib, u kredit oladi va olgan ssuda qaytarib berish majburiyatiga ega bo’ladi.
Kichik biznes sohasida kredit bilan ta’minlash keng shakllarda tasavvur etiladi. Bu yerda quyidagi kreditlar ishlatiladi: tijorat, bank, davlat, iste’molchi, xalqaro. Ularning hammasi kredit berilish muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), va uzoq muddatli (uch yildan ortiq) bo’lishi mumkin.
Jamiyatning integrallashuvi va bozor iqtisodiyoti sharoitida nurli mulk shaklidagi korxonalar to’la xo’jalik hisobiga o’tishi munosabati bilan, hamda mavjud iqtisodiy raqobat kurashining ta’siri ostida yerga, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyani joriy etishni talab etadi. Bu esa korxonalarning qo’shimcha pul mablag’lariga bo’lgan talabni oshiradi. Bu mablag’lariga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojlar asosan kredit munosabatlari doirasida qondiriladi.
Bozor iqtisodiyoti o`tilishi tufayli mamlakatda yangi moliyaviy siyosat ishlab chiqildi va hukumat tomonidan real hayotda amalga oshirilmoqda. Jamiyatdagi har bir iqtisodiy faoliyatning boshla-nishi davlatning yaqindan turib bergan moliyaviy yordami tufayli rivojlanib, takomillashib boradi. Jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashda banklarning rolini oshirib borishga alohida e’tibor beriladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas bog`liq bo`lib, ular olib borayotgan faoliyat – xom ashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, ko`rsatiladigan xizmatlarga haq to`lash, ishlovchilarni ish haqi bilan ta’minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar va boshqalar yuridik shaxslar bilan bo`ladigan iqtisodiy munosabat-lar, ya’ni olingan foydadan, daromaddan soliq to`lash, transport, kommunal xizmatlar uchun to`lovlarning barcha turlari banklar orqali, o`z navbatida, olinadigan kreditlar va boshqa hisob-kitoblar ham banklar orqali amalga oshadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar bank va banklar bilan bo`ladigan turli iqtisodiy munosabatlar unchalik oshkora etilmas edi. Jahon xo`jaligining muhim xo`jalik yuritish qismi bo`lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini barcha faoliyati banklar bilan bog`langanligi bugungi kunda hammaga ma’lumdir. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda, masalan, AQSHda bank tizimining faoliyati nihoyatda rivojlangan bo`lib, tadbirkorlikning aktiv iqtisodiy faoliyat ko`rsatishida banklar barcha mulk shaklidagi korxonalarga kompleks ravishda xizmat ko`rsatadi.
Download 17.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling