Bank kreditlari bo’yicha hisob-kitoblar auditi. Reja
Download 37.48 Kb.
|
AUDIT (2)
*
o’z aylanma mablag’lari va daromadlarining darajasi; * kreditorga vaqti-vaqti bilan ma’lumot taqdim qilib turish. Ayrim qarz shartnomalariga majburiyatlarni bajarmaslik bilan bog’liq bo’lgan, jumlalar kiritilgan bo’lib, majburiyatlar bo’yicha oldingi to’lovlar to’lanmaganligi yoki boshqa kelishuvlarning buzilganligi oqibatida kreditorning to’lov uchun huquqlarini tezlashtirishi mumkin. Kelishuv yoki shartlarning buzilishi qarzdor oldiga qarz majburiyatlarini qisqa muddatli qarz deb tasniflash talablarini, agar kreditor bunday talabni rad qilmasa, keltirib chiqarishi mumkin. Qarzlarning qaytarilishini tekshirishda ularning qimmatli qog’ozlar bilan, ularni nominal qiymatidan yuqori bahoda sotish yo’li bilan qaytarilishiga, shuningdek berilgan veksel bo’yicha qarzni hisobga olishni tekshirishga; xorijiy valyutada berilgan qarzlar bo’yicha kurs tafovutlari va qarzlarni ularning ishlatilish yo’nalishlari bo’yicha hisobda aks ettirishga e’tibor qaratiladi. Auditor qarzlardan foydalanganlik uchun to’lanadigan foizlarning to’g’ri hisoblanganligi va hisobda aks ettirilganligini aniqlaydi. Kredit shartnomasi hamma vaqt foizli bo’lib, qarz shartnomasi esa farqli o’laroq ham foiz to’lanadigan, ham foizsiz (beg’araz) bo’lishi mumkin. SHunday qilib, olingan kreditlar va qarzlar bo’yicha xatolarga yo’l qo’yish xavfiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: * kredit munosabatlarini rasmiylashtiradigan hujjatlar yo’qligi; * kreditlar va qarzlar bo’yicha foizlarning mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shilishi; * mulklarni baholash tamoillarining buzilishi; * kreditlar hisobidan qilingan kapital xarajatlarni mablag’ bilan ta’minlashga foyda solig’i bo’yicha imtiyozlarni noto’g’ri qo’llash; Download 37.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling