«bank-moliya xizmatlari» fakulteti «bank ishi» kafedrasi
TANISHUV AMALIYOTINI O‘TASH JOYIDA BANK XODIMLARI TOMONIDAN BAJARILADIGAN VAZIFALAR
Download 115.92 Kb.
|
1 kurslar uchun amaliyot kursatmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. TANISHUV AMALIYOTI BO‘YICHA HISOBOTNI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
2.3. TANISHUV AMALIYOTINI O‘TASH JOYIDA BANK XODIMLARI TOMONIDAN BAJARILADIGAN VAZIFALARTalaba tanishuv amaliyotini bosqichma-bosqich qaysi bank muassasida o‘tamasin, shu tuzilmaning xodimlari bu boradagi mas’uliyatni his etgan holda quyidagi vazifalarni bajarishlari muhimdir: - talabalarni kutib olish va ichki ish intizomi bilan tanishtirish; - talabalarni ish joylarini ko‘rsatish; - talabaga amaliyot rahbarini buyruq orqali tayinlash; - talabaga kerakli amaliy ma’lumotlarning berilishini ta’minlash va bu boradagi barcha to‘siqlarning oldini olishga yordam berish; - talabaga amaliy maslahatlarni berish; - talaba bilan amaliyotda to‘planib qolgan muammolar, ularni echish yo‘llari bo‘yicha fikr almashib olishga yordam berish; - talaba tomonidan taqvim ish rejasini ko‘zdan kechirib va uning bajarilishini nazorat qilib, tekshirib, kundalikka yozib xulosa qilish; - talabaga tanishuv amaliyotini o‘tib bo‘lganidan so‘ng tavsifnoma berish. Talabaga beriladigan tasifnomada talaba tomonidan tanishuv amaliyotining qanday o‘tganligi, o‘ziga berilgan vazifalarni qanday mas’uliyatni his etgan holda bajarganligi, ichki mehnat intizomiga rioya etganligi va shu kabi ma’lumotlarni mujassamlagan holda fikrlar o‘z aksini topishi. 3. TANISHUV AMALIYOTI BO‘YICHA HISOBOTNI RASMIYLASHTIRISH TARTIBITanishuv amaliyoti tugashi bilan talaba 3 kun ichida amaliyot davrida o‘rgangan mavzular bo‘yicha umumiy xususiyatga ega bo‘lgan va o‘zida barcha bajarilgan ishlarni qamrab oladigan hisobotni «Bank ishi» kafedrasiga taqdim etadi. Hisobot A4 formadagi oq varaqning bir tomoniga qo‘lyozma shaklida (kamida 1 betda 25 satr bo‘lgan holda 30-40 bet) husnixat bilan yoki kompyuterda (Times New Roman, 14 shriftida, 1,5 interval bilan 15-20 bet) bosma holda yozilishi talab etiladi. Tegishli hujjatlarining nusxalari hisobot oxirida ilova qilinadi. Hisobot kafedraga hisobot himoyasini o‘tkazish muddatidan 5 kun oldin o‘qituvchi amaliyot rahbariga ro‘yxatdan o‘tkazildirilishi orqali tekshirish va taqriz yozish uchun topshiriladi. Hisobotlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha mas’ul shaxs kafedra kabinet mudirasi hisoblanadi. Hisobotga nisbatan berilgan taqrizda hisobotning yutuq va kamchiliklari ko‘rsatilishi, uni tuzatish muddatlari (agarda shunday muammoga duch kelinsa) ko‘rsatiladi. Taqriz oxirida malakaviy baho berilib himoyaga qo‘yish (yoki qo‘yilmasligi) ko‘rsatib o‘tiladi. Talaba tomonidan tayyorlangan qo‘lyozma hisoboti himoyaga qo‘yilmasin deb baholansa, unda talaba hisobotini kamchiliklari asosida qayta to‘ldiradi va ikkinchi bor taqrizga beradi. Talaba hisobotiga nisbatan ijobiy taqriz berilgan taqdirda talaba tasdiqlangan jadval asosida tanishuv amaliyoti hisobot himoyasiga tayyorgarlik ko‘radi va himoya qiladi. Ilova – 1 Download 115.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling