«bank-moliya xizmatlari» fakulteti «bank ishi» kafedrasi
TANISHUV AMALIYOTI O‘TKAZILADIGAN JOYLAR
Download 115.92 Kb.
|
1 kurslar uchun amaliyot kursatmasi
1.3. TANISHUV AMALIYOTI O‘TKAZILADIGAN JOYLARTalaba tanishuv amaliyoti bazasi tijorat banklari va/yoki uning filiallari tizimida tashkil etiladi. Tanishuv amaliyotini o‘tishda aniq tijorat banki yoki uning filiali bilan tegishli shartnoma tuziladi. Shartnomada ko‘zda tutilgan tartibda tijorat banklari yoki uning filiallari talabalarga tegishli bank bo‘limlarida amaliyotni o‘tishni tashkil etadi. Talaba tanishuv amaliyoti davrida tijorat banki va/yoki uning filialining tashkiliy tuzilmasidan qat’iy nazar Dasturda ko‘zda tutilgan masalalarni to‘liq o‘rganib chiqishi shart. 2. TANISHUV AMALIYOTINI TASHKIL QILISHO‘quv rejasiga asosan tanishuv amaliyotigacha bank ishini tashkil etishning metodologik asoslari bo‘yicha nazariy bilimlari berilgan bo‘ladi. Mazkur bilimlarni mustahkamlash uchun tanishuv amaliyotini tijorat banklari va\yoki uning filiallarining tegishli bo‘limlarida o‘tkazilishi rejalashtirildi. Amaliyot yakuniga ko‘ra talabalar Dasturda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar va topshiriqlar bo‘yicha yozma hisobot yozib topshiradilar va uni himoya qiladilar. 2.1. ILMIY RAHBARNING VAZIFALARITalabaning tanishuv amaliyotiga «Bank ishi» kafedrasining qarori bilan tasdiqlangan yuqori malakali professor-o‘qituvchisi rahbarlik qiladi. Ilmiy rahbar talabani tanishuv amaliyotini o‘tkazish qoida tartiblari bilan tanishtiradi, unga kerakli ko‘rsatmalar va maslahatlarni amaliyot davrida berib boradi. Ilmiy rahbar talabani amaliyot o‘tishi mo‘ljallangan banklari bilan amaliyot o‘tish shartnomalarini oldindan tuzadi va undan kelib chiqqan holda talabaning samarali amaliyotni o‘tish sharoitini yaratib berishda bosh-qosh bo‘ladi. Ilmiy rahbar talaba bilan tanishuv amaliyotining boshlanishidan oldin tanishuv amaliyoti taqvimi, mavzu ish rejasini birgalikda tuzadi va bir tomonlama tasdiqlaydi. Uni tasdiqlovchi ikkinchi tomon tanishuv amaliyoti o‘tiladigan bankdan tayinlangan amaliyot rahbari bo‘lib hisoblanadi. Ilmiy rahbar taqvim ish rejasida bajarilishi shart bo‘lgan vazifalarni talabaga aniq ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Rejada vazifalar qaysi bo‘limda necha kun davomida bajarilishi ko‘rsatiladi. Shuningdek tanishuv amaliyoti bo‘yicha rahbar javobgar shaxs sifatida talaba bilan hafta davomida banklarda uchrashib turishi tanishuv amaliyotini konkret vaziyatlardan kelib chiqqan holda, o‘tish va amaliyotni tashkil etish, yig‘ilib qolgan muammolarni joyida hal etish borasida talabaga yaqindan turib yo‘llanmalar berish vazifasini bajarishi shart. Tanishuv amaliyoti davomida ilmiy rahbar taqvim ish rejasi asosida talaba tomonidan amaliyotning sifatli o‘tilishini nazorat qilib turishi shart. Tanishuv amaliyoti o‘tiladigan joyning ichki tartiblarini e’tiborga olgan holda, talaba tomonidan bosqichma-bosqich bajariladigan ishlarini taqsimlab berishi va unga hisobotni dastur asosida yozilishiga yordam berishi muhimdir. Shuningdek, uning vazifalariga quyidagilar ham kiradi: - talabaning amaliyot joyidan belgilangan rahbari bilan bog‘lanib, talaba tomonidan taqvim ish rejasini bajarilishini nazorat qilish; - talaba tomonidan amaliyotda to‘plangan ma’lumotlarini tartibga keltirib berish; - yozib borilayotgan hisobotning to‘g‘ri tuzilishiga va yozilishiga ko‘rsatmalar berib borish; - kafedra mudirining yoki kafedraga shu masalaga qaratilgan majlisida qabul qilingan qarorlari asosida qo‘shimcha ko‘rsatmalarni bajarish va hokazo. Download 115.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling