“Talabalar malakaviy amaliyotini tashkil qilish, nazorat etish va baholash metodikasi”
mavzusidagi yozgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………………….. 3
I BOB. PEDAGOGIK AMALIYOTNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Pedagogik amaliyot haqida tushuncha. Pedagogik amaliyot modeli…………..7
1.2 Pedagogik amaliyot davridagi o‘quv-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish………15
1.3 Pedagogik amaliyot mezonlari tasnifi, talabalar pedagogik faoliyatini nazorat
qilish va baholash……………………………………………………………..21
II BOB. PEDAGOGIK AMALIYOT DAVRIDA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH
2.1 Dars va unga qo‘yiladigan talablar Dars tiplari. O‘qituvchi (amaliyotchi
talaba)ning darsga tayyorgarlik ko‘rishining asosiy bosqichlari………….26
2.2 Amaliyotchi – talaba tomonidan sinov darslarini rejalashtirish va o‘tkazish...31
2.3 Darsni kuzatish, tahlil qilish turlarining qisqacha tavsifnomasi…………….35
III BOB. MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISHGA QO‘YILADIGAN PEDAGOGIK TALABLAR
3.1 Pedagogik amaliyot jarayonida tarbiyaviy ishlarni o‘rganish, rejalashtirish va tashkil etishga qo‘yiladigan pedagogik talablar ………………………………42
3.2 Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amaliyotchi-talabalarga qo‘yiladigan ilmiy- metodik talablar…………………………………………..… 45
3.3 Sinf, guruh tarbiyaviy soatlarini tashkil etish uslubiyati, tarbiyaviy tadbirlarni tahlil qilish dasturi………………………………………………………………...48
XULOSA………………………..……………………………………………….52
ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………………………………….54
KIRISH
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da bayon etilganidek, hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri o‘qituvchi tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, oliy ta’lim muassasasi talabalarini muallimlik ishiga nazariy va amaliy tayyorlashning zaruriy bo‘g‘ini va tugallovchi bosqichi hisoblangan malakaviy amaliyotga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishdir. Chunki, malakaviy amaliyot jarayonida talabalar o‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos tomonlarini, bu kasbga bo‘lgan o‘zidagi mehr-muhabbat, layoqat, ishtiyoq, qobiliyat, mahorat qay darajada ekanligini tushunib yetadilar.
Universitet talabalarining malakaviy pedagogik amaliyoti oliy o‘quv yurtida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining izchil davomi sanalib, bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va mazkur bilim, ko‘nikma va malakalarni bevosita ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘llash imkonini beradi.
Malakaviy amaliyot ta’lim muassasasida o‘qituvchilarning tashkiliy, konstruktivlash, rejalashtirish, kommunikativ, tadqiq qilish kabi pedagogik mahoratini shakllashtirishgagina emas, balki o‘qituvchining kasbiy xususiyati va o‘qituvchi shaxsi qo‘ygan talabidan kelib chiqqan holda individual va insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirishga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |