Talabalar malakaviy amaliyotini tashkil qilish, nazorat etish va baholash metodikasi


Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi


Download 356.48 Kb.
bet2/29
Sana18.06.2023
Hajmi356.48 Kb.
#1576181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
pedagogik amaliyot darslarini tashkil etish

Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi: Oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan malakaviy pedagogik amaliyotga oid Nizomda universitet faoliyatining asosiy tamoyili bo‘lgan o‘qishni amaliyot bilan qo‘shib olib borilishiga urg‘u berilgan. Bu esa ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarga yangicha yondashish asosida pedagogik jarayonni tashkil etishni taqozo etadi.
Pedagogik amaliyotning asosiy maqsadi bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-tarbiyaviy ishlarga kasbiy pedagogik va psixologik tayyorlash, ijodiy fikrlash, kasbiy mahorat va qobiliyatlarni rivojlantirishdan iborat.
Pedagogik amaliyot- asosiy ijtimoiy vazifa, ya’ni bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlarga kasbiy pedagogik va psixologik tayyorlash,ijodiy fikrlash, kasbiy mahorat va qobiliyatlarni rivojlantirish asosida har tomonlama yetuk insonni shakllantirish, yosh avlodni hayotga va faol mehnatga tayyorlash –dolzarb ilmiy- metodik muammo ekanligi asoslandi.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti va obe’kti: Pedagogik amaliyot tizimi va mezonlari, amaliyot jarayonida amaliyotchilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan malakalar, pedagogik faoliyatni nazorat qilish va baholash tizimining hozirgi ahvoli tahlili, uni takomillashtirish metodikasi.
Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus ta’lim tizimida pedagogik amaliyotni tashkil etish va boshqarishning nazariy va pedagogik asoslariga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari: Hozirgi zamon o`qitish nazariyasi va amaliyotining uzviyligini ta’minlashning asosiy omili- Pedagogik amaliyot tizimi va mezonlarini tavsiflash, pedagogik amaliyot jarayonida amaliyotchilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan malakalar, talabalar pedagogik faoliyatini nazorat qilish va baholash tizimi haqida ilmiy-metodik tavsiyalar tayyorlash.

  • Bitiruv malakaviy ish mavzusiga doir ilmiy-metodik, pedagogik, didaktik manbalarni o‘rganish, tahlil qilish;

  • Pedagogik amaliyotning vazifalari, bo‘lajak o‘qituvchilarda amaliy ko‘nikmalar, psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo‘llash malakalarini va barqaror pedagogik qarashlarni shakllantirish tamoyillarini asoslash;

  • Pedagogik amaliyot jarayonida talabalar pedagogik faoliyatini nazorat qilish va baholash tizimi haqida ma’lumot berish;

  • Pedagogik amaliyot davrida o‘quv jarayonini tashkil etish, Dars va unga qo‘yiladigan talablar (didaktik talablar, psixologik talablar, axloqiy-etik talablar, gigiyenik talablar,texnik talablar) va darsga tayyorgarlik ko‘rishining asosiy bosqichlari haqida ilmiy-metodik tavsiyalar tayyorlash; Darslarni kuzatish, tahlil qilish turlari (Ilmiy tahlil, Uslubiy tahlil,Didaktik (ta’limiy) tahlil,Umumiy pedagogik tahlil va O‘z darsini o‘zi tahlil qilish ya’ni Audio tahlil) hamda Dars tahlilining tiplari (To‘la tahlil –Qisqa tahlil –Kompleks tahlil –Aspektli tahlil) ning qisqacha tavsifnomasini tavsiya etish;

Taklif qilinayotgan metodika ilmiy-metodik tadqiqotlarga asoslangan, bo`lg`usi fizika o`qituvchilari uchun ham zarur ilmiy-metodik tavsiya vazifasini bajaradi.

Download 356.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling