Mavzuning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili: Mamlakatimizning yirik pedagog olimlari R.Hasanov, R.Yarkulov, R.Isyanov. Mirzaaxmedov B.M., Y.Maxmudov va boshqalar tomonidan umumiy didaktik va metodik aspektda o‘tkazilgan tadqiqotlarda ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim muassasasida Pedagogik amaliyotni tashkil etish mezonlari, Pedagogik amaliyotning vazifalari, bo‘lajak o‘qituvchilarda amaliy ko‘nikmalar, psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo‘llash malakalarini va barqaror pedagogik qarashlarni shakllantirish tamoyillari O‘.Gadayboyev, M.Yuldasheva va B. Hasanovaning ilmiy tadqiqot ishlarida, Pedagogik amaliyot jarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish masalasi B.Xoldorov, P.Po‘latova, M.Yuldashova ishlarida, Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari mavzusi M.Mirqosimovning ilmiy-tadqiqot ishlarida ilmiy-metodik jixatdan tadqiq etilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi: Hozirgi zamon o`qitish nazariyasi va amaliyotining uzviyligini ta’minlashning asosiy omili- Pedagogik amaliyot tizimi va mezonlari tavsiflandi;
Pedagogik amaliyot jarayonida amaliyotchilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan malakalar haqida ilmiy-metodik tavsiyalar tayyorlandi.
Pedagogik amaliyot jarayonida talabalar pedagogik faoliyatini nazorat qilish va baholash tizimini to‘g‘ri shakllantirishning fizika ta’limi samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatib berildi;
Darslarni kuzatish va tahlil qilish turlari (Ilmiy tahlil, Uslubiy tahlil, Didaktik (ta’limiy) tahlil,Umumiy pedagogik tahlil va O‘z darsini o‘zi tahlil qilish ya’ni Audio tahlil) tasniflandi
Dars tahlilining tiplari (To‘la tahlil –Qisqa tahlil –Kompleks tahlil –Aspektli tahlil) tasnifining nazariya va amaliyotdagi holati o‘rganildi;
Pedagogik amaliyot davrida o‘quv jarayonini tashkil etish, Dars va unga qo‘yiladigan talablar(didaktik talablar, psixologik talablar, axloqiy-etik talablar, gigiyenik talablar,texnik talablar) va darsga tayyorgarlik ko‘rish bosqichlari haqida zarur metodik tavsiyalar ishlab chiqildi;
Do'stlaringiz bilan baham: |