Bank-moliya xizmatlari fakulteti


Download 34.63 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi34.63 Kb.
#1641829
  1   2   3   4
Bog'liq
elshod kurs ishi 3



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI


BANK-MOLIYA XIZMATLARI FAKULTETI
KURS ISHI
MAVZU: Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar auditi
Bajardi: Ismoilov Elshod
Ilmiy rahbar: Ergashev X

Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar auditi



Reja:
Kirish:

I- bob: Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobi:
1.1 Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olish.
1.2 Korxonalarning dvident ko'rinishidagi daromadlari auditi
1.3 Valyuta kurslari farqidan olingan daromadlari auditi.
II- bob: "O'ztemiryo'l yo'lovchi" AJ ning asosiy faoliyatidan olingan boshqa daromadlari auditi.
2.1 "O'zbektemiryo'l yo'lovchi " AJ faoliyatining boshqa daromadlari auditi
2.2 " O'ztemiryo'l yo'lovchi" AJ faoliyatining moliyaviy va boshqa hisobotlari va auditi.

Xulosa:

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
Kirish
Mavzuning dolzarbliligi. iqtisodning rivojlanish jarayonida bank faoliyatining barqarorligi, va istiqbollari ko‘p jihatdan o‘tgan davrda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlashga bog‘liq. Istiqbolni belgilash tahlilga asoslanmog‘i lozim. Ushbu fan bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni uzluksiz ravishda o‘rganadi. Tahlil natijasida erishilgan yutuqlarning sabablari, faoliyatning samarali va samarasiz qirralari o‘rganiladi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatlari yaratiladi. Tahlil jarayoni faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi, va u bankning likvidliligi, daromadliligini oshirish va mijozlar ishonchini qozonishga asos bo‘ladi. Asosiy maqsad yuqori foyda olishdan iboratligini inobatga olgan holda bank daromadlari va xarajatlari tarkibini o‘rganadi. Foydani tashkil etish va unga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Keyingi yillarda banklar tomonidan to‘lanadigan soliqlarning turlari, ularning faoliyat samaradorligiga ta’siri chuqur talqin qilindi. Banklarning raqobatbardoshligini aniqlashda ularning likvidliligi va to‘lov qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Tahlil davomida banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatiga ta’sir etuv chi omillar to‘liq o‘rganiladi. Har qanday tahlildan maqsad kamchiliklarni aniqlash va ularni tugatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir.Oliy o‘quv yurtlari talabalari, auditorlar, bank xodimlari va boshqa qiziquvchilar uchun ham foyda keltiradi degan umiddamiz. Rivojlangan mamlakatlarda buxgalterlarning bosh vazifasi Tijorat bankining davlat oldidagi axborot majburiyatlarini hal etishga emas balki birinchi navbatda mulk egasi va menedjerlarning samarali boshqaruvini ta'minlashga qaratilgan vazifalarni hal etib berishga qaratilgan.
Korxonalar moliyaviy faoliyatdan ham daromad oladi ushbu korxona kapitalini boshqa xo’jalik yurituvchi sub'еkt faoliyatiga jalb qilish tufayli olingan daromadlar, foizlar ko’rinishidagi daromadlar, lizing opеratsiyalaridan olingan daromadlar, qimmatbaho qog’ozlarga jalb qilingan mablag’larning qayta baholanishidan olingan daromadlar, valyuta schyotidagi mablag’larning ijobiy kursidan olingan daromadlar va boshqa moliyaviy faoliyatning daromadlari kiradi.

Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olish
Korxonalarda mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foydadan tashqari asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar ham bo’lishi mumkin. Bunday daromadlar kelib tushish manbalariga qarab quyidagi: 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishdan foyda», 9320 «Boshqa aktivlarnining chiqib ketishdan foyda», 9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar», 9340-«O’tgan yillar foydalari», 9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar», 9360- «Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar», 9370-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari», 9380-«Тekin moliyaviy yordam», 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyotlarda hisobga olinadi. Bular tranzit schyotlar bo’lib, passiv schyotlarga mansub.
Yuqoridagi schyotlarning kredit oboroti tegishli manbalar hisobidan foyda (daromad) ning ko’payishi, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig’i qolmaydi.
Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarning shakllanishi milliy standat bilan tartibga keltiriladi.38
9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotida asosiy vositalarni sotish va boshqa ko’rinishdagi hisobdan chiqarishlardan olingan foyda hisobga olinadi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi», Kt 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyoti.
9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotida nomoddiy aktivlar, qimmatli qog’ozlar va shunga o’xshagan boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda summasi quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi», Kt 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti.
9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar» schyotida shartnoma shartlarini buzganligi uchun undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, boqimandalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va boshqa hil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar aks ettiriladi.
Bunday jarima va boqimandalar undirib olinsa 5110 yoki pul mablag’larini hisobga oladigan boshqa schyotlar debetlanib, 9330 schyoti kreditlanadi. Lekin bunday jarima va boqimandalar aybdor tomonidan tan olinib hali puli o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib 9330- schyot kreditlanadi.
9340-«O’tgan yillar foydalari» schyotida hisobot yilida aniqlangan oldingi yillarga tegishli foyda aks ettiriladi. Bunga xususan, oldingi yillarda olinib sarflab yuborilgan materiallar bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida mol yuboruvchilardan olingan summa, xaridorlarga oldingi yillarda jo’natilgan mahsulot, ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot yilida olingan summa va shunga o’xshaganlar kiradi.
Bunday foyda o’tkazib berilsa, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 9340-«O’tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. Agar bunday foyda hali o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4010-«Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib, 9340-«O’tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi.
9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar» schyotining kreditida 4820-«Qisqa muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar» schyoti bilan korrespondentlangan holda mulklarni qisqa muddatli ijaraga berishdan olinadigan daromadlar aks ettiriladi. Qisqa muddatli ijara haqi olinganda pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4820-«Qisqa muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar» schyoti kreditlanadi.
9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schyotida da’vo qilib olish muddati o’tgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlara ks ettiriladi. Bunday hollarda quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt-6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 6990-«Boshqa majburiyatlar», Kt 9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schyotlari.
9370-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari» schyotida korxonaning asosiy faoliyati bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga korxona balansida turadigan sog’liqni saqlash, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari obyektlari, turar-joy-kommunal xo’jaligi, madaniyat, sport obyektlari kiradi.
Yuqorida keltirilgan obyektlarning daromadlari xarajatlaridan ko’p bo’lsa, farqi quyidagicha daromadga o’tkaziladi: Dt 2710-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar» schyotining tegishli analitik schyoti, Kt 9370-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari» schyoti.
9380-«Тekin moliyaviy yordam» schyotining kreditida pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda qaytib olmaslik sharti bilan pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari ko’rinishida olingan daromadlar aks ettiriladi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 5110-5530-schyotlar, Kt 9380«Тekin moliyaviy yordam» schyoti.
9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyotida boshqa operatsion faoliyatidan daromadlar hisobga olinadi. Bu schyotining kreditida, xususan, quyidagilar hisobga olinadi:
-asosiy, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda ortiqcha chiqqan tugallanmagan ishlab chiqarishlar, umumxo’jalik omborlarida ortiqcha chiqqan materiallarning kirimga olinishi, Dt 2010, 2310, 2510, 2710-schyotlar, Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti».
- oldin hisobdan chiqarilgan debitor qarzlarni undirib olishdan olingan daromadlar, Dt 4010- «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti».
Shu bilan birga balansdan tashqari 007- «Тo’lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o’tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi» schyotidan chiqim qilinadi;
- mulk sug’urtasi bo’yicha sug’urta organlaridan tushgan to’lovlarga, Dt 4510- «Sug’urta bo’yicha bo’nak to’lovlari», Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti;
- zaxira tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha dargumon qarzlar zaxiraidan foydalanilmagan qismini daromadga o’tkazilishiga, Dt 4910-«Dargumon qarzlar bo’yicha zaxira», Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
- ortiqcha chiqqan mahsulot va tovarlarning kirimga olinishi, Dt 2810-2890, 2910-2990-schyotlari, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
- tugallanmagan qurilishda aniqlangan ortiqcha chiqishlarni daromadga olinishiga, Dt 0810-0890-schyotlar, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
-xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’nak summalarni talab qilib olinmaganligi uchun hisobdan chiqarilishiga, Dt 6310-6390-schyotlar, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
Bu xil daromadlar hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi: Dt-9310, 9320, 9330, 9340,9350, 9360 ,9370 ,9380, 9390-schyotlari, Kt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari tarkibiga Xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan daromadlarni ham kiritishimiz mumkin.
Xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq faoliyat turlarida daromadlarni tan olish shu faoliyat turi bo’yicha bitim bilan bog’liq daromad yillik moliyaviy hisobot tuzish vaqtida bitimning bajarilish bosqichiga qarab tan olinadi. Ushbu bitimning yakunlanish bosqichiga qarab daromadlarning tan olinishi bitim necha foiz bajarilishi nuqtai nazaridan qarab chiqiladi. Ya’ni bu usulga ko’ra xizmatlar ko’rsatilgan hisobot davridagi daromadlar aynan shu hisobot davrining daromadlari hisoblanadi va tan olinadi. Bunga muvofiq bajarilgan ishlar hajmi va hisobot davridagi faoliyat natijalari xususida foydali axborot olish mumkin. Xizmatlar ko’rsatish bo’yicha bitim imzolanayotganida quyidagi shartlar bo’yicha kelishuvga erishilishi lozim:
Xizmatlarni ko’rsatish va qabul qilish bilan bog’liq tomonlarning da’vo qilish kuchiga ega bo’lgan huquqlari
Ko’zda tutilayotgan o’zaro to’lovlar
O’zaro hisob-kitob qilish usullari va shartlari Xizmatlar ko'rsatish(ishlar bajarish) bilan bog'liq daromadlarni tan olish
Ko'rsatkichlar Xizmatlar bo'yicha daromadlarni tan olish mezonlari
1 O’rnatish uchun to’lov O’rnatish ya’ni montaj uchun to’lov o’rnatishning yakunlanish bosqichi ko’rsatilganda tan olinadi
2 Sotishdan keyingi xizmatlar Bunda mahsulotlar bahosi o’z ichiga sotishdan keyingi xizmatlarni olganda, ushbu summa kelgusi davrga o’tkaziladi va xizmatlar ko’rsatilgan hisobot davrida daromad sifatida tan olinadi.
3 Reklama xizmatlari Ommaviy axborot vositalari tomonidan vositachilik haqi reklama yoki reklama tasmasi omma oldida namoyish etilganda tan olinadi. Ishlab chiqarish vositachilik haqi esa loyihani yakunlanish bosqichi ko’rsatilganda tan olinadi.
4 Sug’urta agentliklarining Bunda sug’urta agentligi tomonidan olingan yoki olinishi lozim bo’lgan vositachilik haqi sug’urta xizmatlari agentlikning keyinchalik xizmat ko’rsatish talab etilmasa, agent tomonidan sug’urta polisi kuchga kirgan yoki tiklangan kundan keyin daromad sifatida tan olinadi. Ammo polis amalda bo’lgan davrdan keyin xizmat ko’rsatish talab qilinsa, komission haq va uning qismi kechiktiriladi va shu davr mobaynida daromad tan olinadi
5 Moliyaviy xizmatlar Moliyaviy xizmatlarni ko'rsatganlik uchun daromadni tan olishda moliyaviy xizmatlarni ko'rsatish maqsadiga va u bilan bog'liq bo'lgan har bir moliyaviy instrumentni hisobga olish asoslariga e'tibor qaratiladi.
6 Abonement yig'imlari Bu san'atkorlarning chiqishlari, banketlar va boshqa alohida hollardan tushum hisoblanib, bunda daromad ushbu hollar ro'y berganda tan olinadi.
7 O'qitish xizmatlari Bunda daromad o'qitish davri mobaynida tan olinadi.
8 A'zolikka qabul qilish va a'zolik xizmatlari Bunda daromadni tan olish ko'rsatiladigan xizmatlar tavsifiga bog'liq bo'lib, badallar faqat a'zolikni nazarda tutsa daromad sifatida tan olinadi.
9 Franshiza uchun to'lov Franshiza uchun to'lovlar uni undirilish maqsadini aks ettirgan holda daromad sifatida tan olinadi.




Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi boshqa daromadlarni hisobga oluvchi 9300 schyoti bo’yicha tegishli subschyotlar
9310 "Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda"
9320 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda"
9330 "Undirilgan jarima, penya va neustoykalar"
9340"O'tgan yillarning foydalari"
9350 "Operativ ijaradan daromadlar"
9370 "Xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklar daromadlari"
9360 "Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar"
9380 "Tekin moliyaviy yordam"
9390 "Boshqa operatsion daromadlar"
Moliyaviy faoliyat bo’yicha moliyaviy natijani aniqlash xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy daromadlaridan moliyaviy xarajatlarini ayirib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobini yuritish uchun 9500 schyotlaridan foydalaniladi. 9500 schyoti moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyot bo’lib, u quyidagi subschyotlardan tarkib topadi:
-9510-“Royalti ko’rinishidagi daromadlar”

-9520-“Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar”
-9530-“Foizlar ko’rinishidagi daromadlar”
-9540-“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”
-9550-“Moliyaviy ijaradan daromadlar”
-9560-“Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar”
-9590-“Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” Yuqorida qayd etilgan daromadlar hisobot davri davomida ushbu schyotlarning kreditida hisobga olib boriladi hamda ular debitorlik qarzi, pul mablag’lari, majburiyatlar va hokazolar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.


Korxonaning dividend ko’rinishidagi daromadlari yoki uni taqsimlash;
Taqsimlanmagan foyda kelajakda daromad olish uchun korxonani rivojlantirishga investitsiya qilish uchun ishlatiladi. Bu o‘z navbatida dividendlar va riskning pasayishi bilan bog‘liq. Aksiyador uchun taqsimlanmagan foydadan qo‘shimcha dividendlar to‘lash:
birinchidan real daromadni anglatadi;
ikkinchidan shu korxonaning qo‘shimcha aksiyalarini sotib olish yoki ularni boshqa moliyaviy investitsiyalarga sarflash hisoblanadiki, u kelgusida umumiy daromad o‘sishiga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan, korxona uchun to‘langan dividendlar qo‘shimcha daromad keltiradigan va natijada har bir aksiyadorning daromadlarini oshirishga yordam beradigan moliyaviy resurslarni anglatadi. Aksiyadorlik jamiyatining foydasini taqsimlash mexanizmi muayyan harakatlar ketma-ketligini ta’minlaydi.
ustavda nazarda tutilgan zaxira va boshqa majburiy fondlarga ajratmalar sof foyda summasidan amalga oshiriladi. Sof foydaning qolgan qismi dividendlar koridori deb ataladi, unda tanlangan dividend siyosati amalga oshiriladi;
qolgan sof foyda qayta investitsiyalangan (kapitalizatsiya qilingan) va iste’mol qilinadigan (iste’mol jamg‘armasi) qismlarga bo‘linadi;
sof foyda hisobidan shakllantirilgan iste’mol jamg‘armasi dividend to‘lovlari jamg‘armasiga taqsimlanadi va jamoa mehnat shartnomasiga muvofiq tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyati xodimlarini iste’mol qilish jamg‘armasiga hisoblanadi. Agar kompaniya dividend siyosati turini va dividendlarini to‘lash shaklini tanlash masalasi to‘liq mustaqil bo‘lsa, dividend to‘lovlari tartibi va mexanizmi amaldagi Qonunchilik bilan tartibga solinadi. Dividendlarni to‘lash uchun mablag‘ manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
oddiy aksiyalar bo‘yicha jamiyatning sof foydasi;
imtiyozli aksiyalar bo‘yicha
– sof foyda, shuningdek, buning uchun maxsus tuzilgan fondlar mablag‘lari.
Ushbu maqsadlar uchun zaxira fondidan foydalanish taqiqlanadi. Dividendlarni to‘lash to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan direktorlar kengashi tavsiyasiga binoan qabul qilinadi. Shu bilan birga, yillik dividendlar miqdori direktorlar kengashi tomonidan tavsiya etilgan va kamroq to‘langan oraliqlardan ko‘p bo‘lmasligi mumkin. Agar dividend to‘lash umumiy yig‘ilish tomonidan e’lon qilingan bo‘lsa, uni to‘lash majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom” qabul qilingan38 . Mazkur Nizom xo‘jalik yurituvchi subyektlar-yuridik shaxslarning, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi. Hujjatda keltirilgan xarajatlar tasnifi eng avvalo korxona boshqaruvida xarajatlarni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishga, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tuzish uchun uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) aniqlashga yo‘naltirilgandir. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi: 1. Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi: YaF=SST – IT Bu yerda, YaF – yalpi foyda; SST – sotishdan olingan sof tushum; IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi. 2. Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: AFF=YaF-DX+BD-BZ Bu yerda, AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda; DX – davr xarajatlari
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar. 3. Xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: UF=AFF+MD-MX (3) Bu yerda, UF – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari. 4. Soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi: STF=UF+FP-FZ Bu yerda, STF – soliq to‘langungacha olingan foyda; FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; FZ – favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar. 5. Yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o‘zida foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi: SF=STF-DS-BS Bu yerda, SF – sof foyda; DS – foydadan to‘lanadigan soliq; BS – boshqa soliqlar va to‘lovlar. Jamiyatning sof foydasini dividendlar shaklida aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash, foydaning qayta investitsiyalash masalalari bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Sobit dividend to‘lovlari (yoki barqaror dividend to‘lovlari miqdori) usuli qimmatli qog‘ozlar qiymati o‘zgarishidan qat’i nazar, uzoq vaqt davomida oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lashga yo‘naltirilgan sof foydaning barqaror foizini nazarda tutadi. Inflatsiyaning yuqori sur’atlari bo‘lgan davrda dividend to‘lovlari miqdori inflatsiya indeksiga korrektirovka qilinadi. Agar korxona muvaffaqiyatli rivojlanayotgan bo‘lsa va yillik daromad miqdori dividendlarni barqaror darajada to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar miqdoridan oshib ketsa, u holda kompaniya har bir aksiya uchun belgilangan dividend to‘lovi miqdori oshirishi mumkin. Ushbu texnikadan foydalanib dividend siyosatini amalga oshirishda korxonalar kelajakda qat’iy dividend miqdorini belgilashda foydalaniladigan ko‘rsatkichiga asoslanadilar. Ushbu texnikaning afzalligi shundaki, turli vaziyatlarda aksiyadorlarda joriy daromad miqdori o‘zgarmasligiga ishonch hissi yaratadi, fond bozorida esa aksiyalarning kurs qiymatini o‘zgaruvchanlikdan qochish imkonini beradi. Ushbu siyosatning salbiy tomoni korxona faoliyatining moliyaviy natijalari bilan zaif aloqada bo‘ladi. Shuning uchun salbiy konyunktura va joriy yilning daromadining pasayishi davrida korxona investitsiya, moliyaviy va hatto asosiy faoliyat uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lmasligi mumkin. Salbiy oqibatlardan qochish uchun dividendlarning qat’iy belgilangan miqdori, odatda kapitalning o‘sishining yetarli emasligi vajidan korxonaning moliyaviy barqarorligini pasayishi riskini kamaytirish uchun nisbatan past darajada belgilanadi. Qulay bozor sharoitlari va joriy yilgi foydaning miqdori katta bo‘lsa, aksiyadorlarga qo‘shimcha (ekstra) dividendlar to‘lanadi. Shunday qilib, aksiyadorlarning daromadlari har yili eng kam dividendlar darajasida olinadigan va moliyaviy natijalariga qarab vaqti-vaqti bilan to‘lanadigan qo‘shimcha dividendlar summasidan shakllanadi. Kafolatlangan minimum va qo‘shimcha dividendlarni to‘lash usuli sobit dividendlar miqdorini muntazam ravishda to‘lashni nazarda tutadi. Bu usulning afzalliklaridan biri bo‘lib, minimal belgilangan miqdorda dividendlarning barqaror kafolatlangan to‘lovining mavjudligi, shuningdek, investitsiya faoliyatini kamaytirmagan holda dividendlar miqdorini oshirishi imkonini beradigan moliyaviy natijalar bilan o‘zaro aloqada ekanligi hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy vaziyat va korxona tomonidan olinadigan foyda miqdorining o‘zgarishi sezilarli darajada bo‘lgani vaqtida bu usul eng samarali usul hisoblanadi. Uning asosiy kamchiligi shundaki, uzoq muddatli miniml sobit dividendlar to‘lash (ayrim davrlarda hech qanday qo‘shimcha haq) kompaniya aksiyalarining investitsion jozibadorligini kamaytiradi, boshqa tomondan ekstra dividendlarni muntazam to‘lab borilishi o‘z navbatida aksiyadorlarga bo‘lgan rag‘batlantiruvchi ta’siri kamayadi va bu siyosatning muntazam dividend to‘lovlari siyosatidan farqi qolmay qoladi. Qoldiq tamoyil bo‘yicha dividendlarni to‘lash usuli. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, dividendlar kompaniyaning barcha asosli investitsiya ehtiyojlari qondirilganidan so‘ng oxirida to‘laniladi. Bu usul bo‘yicha harakatlar ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi: kapital qo‘yilmalarning optima budjeti tuziladi; budjetni ijro etish uchun zarur bo‘lgan kapitalning qiymatini aniqlaydigan moliyalashtirish manbalarining optimal tuzilmasi aniqlanadi; dividendlar faqat investitsiyalarni moliyalashtirish zarur bo‘lmagan holatda qoldiq foydadan to‘lanadi.

Download 34.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling