Bank-moliya xizmatlari


Download 116.74 Kb.
bet12/17
Sana30.04.2023
Hajmi116.74 Kb.
#1414834
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
DILSHODBEK 872hbs

Faktoring
Jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanmaganda, muddatini o‘tgan holda biznesda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun to‘lovchi va debitorlik qarzlarining aylanuvchanligini tezlashtirishdan manfaatdor bo‘lgan kompaniyalarga Ipoteka-bank aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun eng maqbul va foydali yechimni — faktoringni taklif etadi.
Faktoring mijoz uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • yuklarni yetkazib berilganligini tasdiqlovchi xujjatlardagi summaning 90% gacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirishga ega bo‘lish;

  • garovsiz moliyalashtirishga ega bo‘lish;

  • aylanma mablag‘larni uzoq muddatli to‘ldirishni ta’minlash;

  • sotuv hajmining o‘sib borishi bilan moliyalashtirishni orttirish;

  • pul oqimlarini qulay tarzda rejalashtirish;

  • debitorlik qarzlarini samarali nazorat qilish va boshqarish.

So‘mdagi faktoring xizmatlari – muddatini uzaytirish huquqisiz 90 kungacha bo‘lgan muddatga ko‘rsatiladi.
Faktoring to‘g‘risidagi shartnoma tomonlar tomonidan imzolangandan keyin bank xo‘jalik yurituvchi sub’ektning talab qilib olinguncha saqlanuvchi asosiy depozit hisobvarag‘iga mablag‘larni shartnomada aytib o‘tilgan, biroq uning to‘lov talabnomalari bo‘yicha to‘lovi summasining 90 foizidan ko‘p bo‘lmagan summada o‘tkazishni amalga oshiradi.
Shartnoma tuzish uchun ta’minotchi mijoz tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • qarzdor-korxonaning faktoring operatsiyasini o‘tkazishga rozilik xati

  • tegishli tarzda rasmiylashtirilgan va ta’minotchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma;

  • moddiy qimmatliklarning ajratilganligi, ishlarning bajarilganligi, xizmatlarning ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (tovar-transport nakladnoylari, ishonchnomalarning nusxalari, ishni qabul qilish dalolatnomalari va boshqalar);

  • to‘lovchiga qo‘yilgan to‘lov talabnomasining nusxasi va to‘lovchining ushbu talabnomani to‘lashga roziligi (aktsept) to‘g‘risidagi xati;

  • debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari tavsiflab berilgan va muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarining butun summasiga solishtirish dalolatnomalari ilova qilingan so‘nggi hisobot sanasidagi buxgalteriya balansi ;

  • foydalar va zararlar to‘g‘risidagi hisobot;

  • boshqa kreditorlardan qarzga olingan mablag‘lar va boshqa banklarda saqlanuvchi bo‘sh mablag‘larning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

  • boshqa banklarda ochilgan hisobraqamlar ro‘yxati.


Download 116.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling