Bank-moliya xizmatlari
Download 116.74 Kb.
|
DILSHODBEK 872hbs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy banki yuridik shaxs
Markaziy bank mazkur tizimning bosh banki bo‘lib, pulkredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi va milliy pulning barqarorligini ta’minlovchi muassasa hisoblanadi. 1995yil 21-dekabrda „O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida“ gi Qonuni qabul qilindi. Markaziy bank ning maqomi va maqsadlari ushbu Qonunning 1-moddasida belgilangan:
„O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo‘lib, faqat davlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki – iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o‘z xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega“. Qonunning 3-moddasida „Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat“, deb qayd qilinadi. Narxlarning barqarorligini ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy valuta bozorlarida ayirboshlash kursining barqaror bo‘lishiga erishishni ko‘zda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy siyosatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rni juda muhim ekanligini belgilaydi. Mamlakatda pul muomalasi samarali bo‘lishi va moliya muassasalari faoliyatining ishonchliligi pul-kredit, valuta siyosati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda uning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash zarurligini taqozo etadi. Mamlakat xalq xo‘jaligini kreditlash ko‘rsatkichlarini tijorat banklarini qayta moliyalashga doir kred it hajmlarini va foiz stavkalarini belgilash yo‘li bilan tartibga sol ish, valuta-kredit siyosatini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqil siyosiy sohasi hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va valuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu holat Qonunning 6-moddasida „Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qaror qabul qilishda mustaqildir“, deb tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi. Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. Download 116.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling