Bank-moliya xizmatlari
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir cheklovlar
Download 116.74 Kb.
|
DILSHODBEK 872hbs
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistondagi mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning moliyaviy holati ma’lum bo‘ldi
- Nobank kredit tashkilotlari soni
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir cheklovlar.
Nobank kredit tashkilotlari quyidagilarga haqli emas:bevosita ishlab chiqarish, sug‘urta, shuningdek savdo faoliyatini amalga oshirishga, bundan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatuvchi mikromoliya tashkilotlari mustasno va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishga; jismoniy va yuridik shaxslardan omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga; Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir talablar. Nobank kredit tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida:nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;ustav fondini (ustav kapitalini) ushbu Qonun 17-moddasining uchinchi qismida belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligini ta’minlash;Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir talablar.rahbar xodimlarning ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishini ta’minlashi shart.Lombard ushbumoddaning birinchi qismida belgilangan talablardan tashqari kassa xonasining Markaziy banktalablariga muvofiqligini ta’minlashi kerak. O`zbekiston respublikasidagi mikrokredit tashkilotlarining bugungi kundagi faoliyati, holati va ularning vujudga kelishi tarixi. O‘zbekistondagi mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning moliyaviy holati ma’lum bo‘ldi“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonun bilan ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar belgilab berilgan. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.Xususan, lombardlarning faoliyatni o‘z mablag‘lari, bank kreditlari va o‘z aksiyadorlaridan olingan qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshiruvchi mikromoliya tashkilotlarining prudensial talablarga rioya qilishi talab etilmasligi; Ularning faoliyatini tartibga soluvchi normalarni xalqaro standartlardan kelib chiqib takomillashtirish hamda yo‘nalishini kengaytirish ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchilar soni va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini sezilarli darajada oshirishda asosiy omillardan bo‘ladi. Nobank kredit tashkilotlari soniSo‘nggi besh yil davomida mikrokredit tashkilotlari soni 41 taga, lombardlar soni esa 30 taga ortib, hozir 71 ta mikrokredit tashkilotlari hamda 76 ta lombard aholi va tadbirkorlarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatmoqda. Hududlar kesimida nobank kredit tashkilotlari Toshkent shahrida 2 barobarga (jami 64 ta), Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida 3 barobarga (mos ravishda 19 ta va 14 ta) hamda Toshkent viloyatida 1,4 barobarga (soni 14 ta) o‘sgan. Shuningdek, o‘tgan bir yil mobaynida nobank kredit tashkilotlari bozorida yangi ishtirokchilarning – 8 ta mikrokredit tashkiloti hamda ularning 32 ta filial va chakana xizmatlar markazlari, 11 ta lombard faoliyat boshlashi natijasida ularning umumiy soni 148 tani tashkil qilgan. Nobank kredit tashkilotlarining aktivlari Nobank kredit tashkilotlari aktivlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga ortib, 2022-yil 1-may holatiga ko‘ra 3,4 trln so‘mni tashkil etgan. Aktivlar o‘sishida kreditlash operatsiyalarining 2,2 barobarga oshishi asosiy omil bo‘lgan. Xususan, mikrokredit tashkilotlari aktivlari 58 foizga (557 mlrd so‘mga) o‘sib, 1 520 mlrd so‘mga va lombardlar aktivlari 35 foizga yoki 60 mlrd so‘mga ko‘payib, umumiy 231 mlrd so‘mga yetgan. Aktivlar hajmining o‘sishi asosan mikrokredit tashkilotlarida kreditlarning 501 mlrd so‘mga va lombardlarda 47 mlrd so‘mga oshishi hisobiga yuzaga kelgan. Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti jami aktivlari 4 barobarga (1 173 mlrd so‘mga) o‘sgan holda 1 618 mlrd so‘mni tashkil etgan (bunda kreditlash sur’ati 1 105 mlrd so‘mga ortgan). Download 116.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling