Bank-moliya xizmatlari


Nobank kredit tashkilotlarining kreditlash amaliyoti


Download 116.74 Kb.
bet8/17
Sana30.04.2023
Hajmi116.74 Kb.
#1414834
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
DILSHODBEK 872hbs

Nobank kredit tashkilotlarining kreditlash amaliyoti


2022-yil yanvar—aprel oylarida mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 63 foizga oshib,1,4 trln so‘mni tashkil qildi.
2022-yilning 1-may holatiga jami mikromoliyaviy xizmatlar qoldig‘i (1,6 trln so‘m) 52 foizga, xususan, mikrokredit tashkilotlari kredit qo‘yilmalari qoldig‘i (1 404 mlrd so‘m) 55 foizga va lombardlar kredit qoldig‘i (195 mlrd so‘m) 32 foizga o‘sgan.
O‘z navbatida ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti tomonidan aholining uy-joylarga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida tijorat banklariga ajratilgan resurslari qoldig‘i 4 barobarga (1 105 mlrd so‘mga) ortib, 1 428 mlrd so‘mga yetgan.
2022-yil 1-may holatiga barcha nobank kredit tashkilotlarining jami kredit qo‘yilmalari qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobarga ko‘payib, 3 trln so‘mga yoki umumiy kreditlash hajmidagi ulushi 0,9 foizga yetgan.
Bunda so‘nggi bir yil davomida umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari hissasi 2 barobarga oshishi asosan ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti tomonidan kreditlash sur’atlarining yuqori darajada o‘sishi hisobiga shakllangan.
Shu bilan birga, 2021-yil 1-may holatiga nisbatan nobank kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan mikroqarzlar 54 foizga ortib, 1 583 mlrd so‘mga yetgan bo‘lsa, tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokredit qoldig‘i 37 foizga kamayib, 16 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Nobank kredit tashkilotlarining muammoli kreditlari


2022-yil 1-may holatiga nobank kredit tashkilotlari kredit qo‘yilmalarining 92 foizi “standart”, 5 foizi “substandart”, 1 foizi “shubhali” va 2 foizi “umidsiz” kreditlar sifatida tasniflangan.
O‘tgan yillarda koronakrizis oqibatida yuzaga kelgan kredit xatarlarining nobank kredit tashkilotlari moliyaviy holatiga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish yuzasidan ko‘rilgan prudensial choralar hamda ular tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida muammoli kreditlar (NPL 30+) ulushi 8 foiz bandga kamayib, 8 foizni yoki 132 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Xususan, muammoli kreditlar mikrokredit tashkilotlarida 52 foiz yoki 62 mlrd so‘mga kamaygan bo‘lsa (qoldig‘i 57 mlrd so‘m), lombardlarda 41 foiz yoki 22 mlrd so‘mga o‘sgan (qoldig‘i 74 mlrd so‘m).


Download 116.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling