Bank-moliya xizmatlari
Nobank kredit tashkilotlarining majburiyatlari va kapitali
Download 116.74 Kb.
|
DILSHODBEK 872hbs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nobank kredit tashkilotlari daromadliligi
Nobank kredit tashkilotlarining majburiyatlari va kapitalia) nobank kredit tashkilotlarining jami majburiyatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobarga oshib, 2,3 trln so‘mni tashkil etgan. Xususan, mikrokredit tashkilotlarida 80 foizga oshib, 750 mlrd so‘mni, lombardlarda 8 foizga ko‘payib, 25 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotida qariyb 4 barobarga ortgani holda, 1 498 mlrd so‘mga yetgan. Majburiyatlar o‘sishida jalb etilgan mablag‘larning 3 barobarga (1 435 mlrd so‘mga) oshishi asosiy omil bo‘lgan. Ma’lumot uchun: banklardan jalb etilgan kreditlar mikrokredit tashkilotlarida 1,6 barobarga ortib, 389 mlrd so‘mni, lombardlarda 1,4 barobarga oshib, 6 mlrd so‘mni, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotida 4,4 barobarga ko‘payib, 1 428 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, mikrokredit tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilingan mablag‘lar 5 barobarga oshib, 57 mlrd so‘mni tashkil qilgan. b) mikrokredit tashkilotlarining jami kapitali 41 foizga va lombardlarda 40 foizga oshib, mos ravishda 770 mlrd so‘m hamda 207 mlrd so‘mga yetgan bo‘lsa, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotida 15 foizga ko‘payib, 121 mlrd so‘mni tashkil etgan. Nobank kredit tashkilotlari jami kapitalining ko‘payishi asosan ustav kapitalining 75 mlrd so‘mga va taqsimlanmagan foydasining 161 mlrd so‘mga oshishi hisobiga to‘g‘ri kelgan. Ma’lumot uchun: nobank kredit tashkilotlari tarkibida chet el mablag‘lari ishtirokidagi tashkilotlar soni 4 taga ko‘payib, 8 taga yetgan. Nobank kredit tashkilotlari daromadliligiNobank kredit tashkilotlari tomonidan olingan jami daromadlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128 mlrd so‘mga (45 foizga) oshib, 411 mlrd so‘mni tashkil qildi. Xususan, jami daromadlar tarkibida foizli daromadlar 87 foiz yoki 359 mlrd so‘mni tashkil etib, foizli daromadlar ajratilgan kredit va lizinglardan olingan daromadlar (353 mlrd so‘m) hamda banklarga joylashtirilgan depozitlardan olingan daromadlar (6 mlrd so‘m) hisobiga shakllangan. Nobank kredit tashkilotlarining jami xarajatlari 74 mlrd so‘mga (43 foizga) ko‘payib, 246 mlrd so‘mni tashkil etgan. Jami xarajatlarning 42 foizi yoki 104 mlrd so‘mi foizli xarajatlar, ularning asosiy qismi (77 mlrd so‘m) banklardan jalb etilgan kreditlar bo‘yicha xarajatlardan iborat bo‘lgan. Mikrokredit tashkilotlarining sof foydasi o‘tgan yilga nisbatan 56 foizga ortib, ularning aktivlari hamda kapitalining rentabellik darajasi mos ravishda 8 va 16 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, lombardlar aktivlari rentabelligi darajasi 2021-yilning mos davriga nisbatan 1 foiz bandga kamayib, 16 foizni, kapital rentabellik darajasining esa 1,6 foiz bandga kamayib, qariyb 18 foizni tashkil etgan. Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining sof foydasi o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga ortgan bo‘lsa-da, aktivlar rentabelligi 2 barobarga kamayib, 0,4 foiz, kapitalning rentabellik darajasi esa 2,1 foiz bandga oshib, 5,3 foiz doirasida shakllangan. Aktivlar daromadlilik darajasining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamayishi tashkilot aktivlarining yuqori sur’atlarda (4 barobarga) o‘sishi hisobiga yuz bergan. Avvalroq Markaziy bank oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot bergan edi. Jahon tajribasidan malumki, tadbirkorlik kredit tashkilotlari subyektlarining kreditlarga bolgan ehtiyojini qondirish uchun tijorat banklariga muqobil ravishda nobank kredit muassasalarining ham ahamiyati katta boladi. Shu munosabat bilan respublikamizda tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari orqali moliyaviy ko‘mak berish bilan bir qatorda, nobank kredit tashkilotlarini rivojlantirish, qollab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, nobank kredit muassasalarining (mikrokredit tashkilotlari va lombardlar) qonunchilik bazasini takomillashtirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlari natijasida nobank kredit muassasalari tarmog`ini kengayib, bank-lar va nobank kredit muassasalarini o‘rtasidagi raqobat muhitini kuchayishiga zamin yaratgan. Mikrokredit tashkilotlari mikromoliyaviy xizmatlar bozorining eng yosh ishtirokchiloridan biridir. Ular respublikamizda 2006-yil 20-sentabrdagi № O ‘RQ-53 sonli «Mikrokredit tashkilotlari to‘g ‘risida»gi qonunni qabul qilingandan so‘ng faoliyat yuritmoqdalar. Download 116.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling