Bank-moliya xizmatlari
Download 208.76 Kb.
|
MUHAMMADLAZIZ
Iqtisodiyot — bu ishlab chiqarish, taqsimlash va savdo, shuningdek, tovarlar va xizmatlarni iste`mol qilish sohasini oʻrganish sohasi. Umuman olganda, u tanqis resurslarni ishlab chiqarish, ishlatish va boshqarish bilan bogʻliq amaliyotlar, nutqlar va moddiy ifodalarni taʼkidlaydigan ijtimoiy soha sifatida belgilanadi. Muayyan iqtisodiyot — bu asosiy omillar sifatida uning madaniyati, qadriyatlari, taʼlimi, texnologik evolyutsiyasi, tarixi, ijtimoiy tuzilishi, siyosiy tuzilishi, huquqiy tizimlari va tabiiy resurslarini oʻz ichiga olgan jarayonlar toʻplamidir. Bu omillar maʼno-mazmunni beradi va iqtisodiyot sharoit va parametrlarni belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy soha — bu oʻzaro bogʻliq boʻlgan inson amaliyotlari va operatsiyalarining ijtimoiy sohasi boʻlib, u bir necha sohalar bilan chambarchas bogʻliq.
Iqtisodiy agentlar jismoniy shaxslar, korxonalar, tashkilotlar yoki hukumatlar boʻlishi mumkin. Iqtisodiy bitimlar ikki guruh yoki ikki qarama-qarshi tomonlar muomala qilingan tovar yoki xizmatning odatda maʼlum bir valyutada ifodalangan qiymati yoki biror maʼlum narxda kelishishganda yuzaga keladi. Biroq, pul muomalalari iqtisodiy sohaning faqat kichik qismini tashkil qiladi. Iqtisodiy faoliyat tabiiy resurslar, mehnat va kapitaldan foydalanadigan ishlab chiqarish tomonidan ragʻbatlantiriladi. Vaqt oʻtishi bilan u texnologiya, innivatsiyalar (yangi mahsulotlar, xizmatlar, jarayonlar, bozorlarni kengaytirish, bozorlarni diversifikatsiya qilish, bozorlar, daromad funksiyalari darajasini oshiradi), masalan, intellektual mulkni ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarish munosabatlaridagi oʻzgarishlardir. (bunda eng koʻzga koʻrinarlisi, bolalar mehnati dunyoning baʼzi joylarida taʼlimga universal kirish imkoniyati bilan almashtirilganini misol qilib aytsak boʻladi). Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. I. birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar narxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarnm emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq xarid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va boshqa omillar I.ni yuzaga keltiradi. I. jarayoni narxlarning oʻsishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir. "I." termini dastlab 1861—1865-yillarda Shimoliy Amerikada, soʻngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan. __________________________________________________________________________ (1)– Harold Wilson. Buyuk Britaniya bosh vaziri,hukumat tashqi siyosat sohasida AQSH bilan harbiy-siyosiy ittifoqni saqlsh va mustahkamlash, hamda, NATO harbiy blokini kuchaytirish yo`lidan borgan. Iqtisod masalalari bo`yicha bir qancha ilmiy asarlar muallifi. Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) – ma’lum davr mobaynida mamlakatda narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror o’sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq. Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning narxlari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin. “Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo’llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog’oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi holatini izohlangan. . Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. Keynschlar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjet taqchilligi va qo’shimcha pul chiqarish yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi. Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi. Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o’ssa, yoki yalpi talab ko’paygani holda o’zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik narxlar darajasining ko’tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo’shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo’ladi. Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Narxlarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular: Valyuta kururslarining o’zgarishi; Kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o’zgarishi; Kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati narxsining o’sishi. Inflyatsiya narx indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida aniqlanadi. Narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi (narxlarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin: Pt-Pt-1 x = ---------- ; Pt-1 bunda: x– yillik inflyatsiya sur’ati; Pt - joriy yilning narxlar indeksi; Pt-1 - o’tgan yilning narxlar indeksi. Inflyatsiyani miqdoran o’lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor qoidasi» deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror o’sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyatsiya darajasiga bo’lish kifoya: Real YaIM va jamg’armaning necha yildan so’ng ikki marta oshishini hisoblash zarur bo’lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi. Download 208.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling