Bank Moliya xizmatlari
Download 1.02 Mb.
|
Hamkorbank ATB hisobot 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sho’ba korxonalari
Komplayens faoliyatiBank xizmatlari uchun tariflar miqdori “Hamkorbank” ATB Boshqaruvining qarori bilan tasdiqlangan “Mijozlarga ko'rsatiladigan xizmatlar uchun olinadigan Bank xizmat xaqi tariflari”ga muvofiq belgilanadi. Har bir bank xodimi Sizga xizmat ko'rsatish jarayonida “Korporativ Etika Kodeksi”ga rioya qilishi zarur. Mazkur hujjatga muvofiq: Bank poraxo'rlik va korruptsiyaning har qanday ko'rinishini inkor etadi; Na xodimlar, na Bank bilan hamkorlik qiluvchi uchinchi shaxslar biror harakatni amalga oshirish yoki tezlashtirish uchun bankning mansabdor shaxslarini rag'batlantirishi mumkin emas; Bank mijozlar, kontragentlar va hamkorlar bilan bir tarafga ustunlik beruvchi va/yoki shartnoma shartlarining qonuniyligini buzadigan, shartnomaga asoslanmagan munosabatlar olib borishni taqiqlaydi; Xodimlarning mijozlarga nisbatan harakatlari xolisligiga ularning shaxsiy manfaati yoki boshqa shaxslarning ta'sir qilishiga yo'l qo'yilmaydi; Bank xodimlariga mijozlar yoki uchinchi shaxslardan har qanday ko'rinishdagi sovg'alar, takliflar yoki xizmatlarni qabul qilish taqiqlanadi. Sho’ba korxonalariLizing kompaniyasi: "Hamkor Invest Lizing" MCHJ Raxbari: Ergashev Muxammadxamid Abdulazizovich Lizing kompaniyasi: "Hamkor Maz Lizing" MCHJ Raxbari: Yusubbayev Odil Hamidullaevich Investitsiya kompaniyasi: "HB Capital" MCHJ Raxbari: Sharobidinov Muhammadbobur Mo'minjon o'gli Lizing kompaniyasi: "Partner Business Leasing" MCHJ Raxbari: Oripov Tal'at Sur'atovich JISMONIY SHAXSLARNING XALQARO PUL O'TKAZMALARI TO'G'RISIDA 01 / 04 / 2014 Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining tijorat banklari jismoniy shaxslarning xalqaro pul o'tkazmalarini amalga oshiruvchi ko'plab xorijiy to'lov tizimlari bilan hamkorlik qilmoqda. Ba'zi to'lov tizimlari kapitalining amalga oshirayotgan operatsiyalari hajmiga nisbatan nomutanosibligi hamda reyting ko'rsatkichlarining pastligi ular tomonidan o'z moliyaviy majburiyatlarini bajarmaslik xavfi mavjudligidan dalolat beradi. Shu munosabat bilan, respublika banklari va aholisining ehtimoliy yo'qotishlarini oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslarning xalqaro pul o'tkazmalarini pul mablag'lari butligini kafolatlovchi shartlarda amalga oshirish tartibi joriy qilindi. Jumladan, yuqori kredit reytingiga ega bo'lmagan to'lov tizimi operatorlari avans to'lovlarini amalga oshirishlari yoki sug'urta depozitlarini joylashtirishlari yoxud bank kafolatlarini taqdim qilishlari shart. Respublika banklari bir qator to'lov tizimi operatorlari bilan operatsiyalarni yuqoridagi talablarga muvofiq o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdilar, shu munosabat bilan, jismoniy shaxslarning xalqaro pul o'tkazmalari odatdagi tartibda amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda va bundan keyin ham O'zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarning xalqaro pul o'tkazmalari hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi hamda fuqarolarga pul mablag'lari qaysi valyutada o'tkazilgan bo'lsa, xuddi o'sha valyutada beriladi. XULOSA
Hamkorbank mikromoliyalash, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish, savdoni moliyalashtirish va institutsional rivojlanish uchun texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 15 yildan ortiq davr mobaynida muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi Hamkorbank ishonchliligi va barqarorligining muhim koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borish va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonish xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonchning tobora oʻshib borayotganligining dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC), Gollandiya taraqqiyot banki (FMO) va responsAbility Investitsion kompaniyasi tomonidan xarid qilinishi buning isbotidir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to ‘plami”,2011-yil, 2. O ‘zbekiston Respublikasining Prizidenti Matbuot Xizmati. 3. Wikepediya Hamkorbank to’g’risida axborot Internet saytlari Hamkorbankning rasmiy sayiti. www.hamkorbank.uz . http://www.bank.uz/- O ‘zbekiston Respublikasi banklari portali. htttp://www.cbu.uz/- O ‘zbekiston Respublikasi markaziy banki sayti. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling